malakalarga ega bo„lishi kerak.
Qoniqarsiz
Belgilangan talablarni umuman bajara olmasa, aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik,
bilmaslik.
181
6)
Boshqa ma‘lumotlar
Jismoniy tarbiya fanidan Avgust kengashlarini o‘tkazish bo‘yicha
TAVSIYALAR.
―Yoshlarimizni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash
bugungi kunda barchamizningasosiy vazifamiz,
balki insoniy burchimizga aylanishini istardim”
I.A.Karimov
Mustaqillik yillarining ilk kunlaridan boshlab yurtboshimiz tomonidan sportga katta e‘tibor
berilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1992 yil 14
yanvarda ―Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida‖gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 27 mayda 271-sonli ―O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002
yil 24 oktyabrdagi PF-3154-sonli ―O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini
tuzish‖ to‘g‘risidagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi PF-
3481 sonli ―Sport-salomatlik garovi‖ spartakiada va ―O‘zbekiston xotin-qizlar faoliyatini qo‘llab
quvvatlash to‘g‘risida‖gi Farmon va qarorlari O‘zbekistonda sportni rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega. Bu esa biz jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va murabbiylar zimmasiga yanada
ko‘proq ma‘suliyat yuklaydi.
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida jismoniy tarbiya fanining o‘qitilishidan asosiy maqsad,
o‘quvchilarni har tomonlama jismonan baquvvat, sog‘lom, irodali va ruhiy rivojlanishiga, harakat
imkoniyatlarini kengayishiga, tashqi omillarning noqulay ta‘siriga chidamliligini kuchaytirishiga,
shuningdek, bolalar va o‘smirlarga quvnoqlik, tetiklik bag‘ishlab, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini
shakllantirishdan iborat.SHaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi, kun tartibi, chiniqish, ertalabki badan
tarbiya hamda jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlar haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar va
o‘rganganlari asosida jamiyatda ―Sog‘lom turmush tarzini‖ shakllantiradilar. YUgurish, sakrash,
uloqtirish mashqlari va sport turlarining texnik, taktikasini bajarish orqali harakat faoliyati hajmini
kengaytirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish va ruhiy qobiliyatlarini shakllantirishda sport
anjom va uskunalarini mustaqil o‘rnatish, to‘g‘ri foydalanishda qo‘llay bilish ko‘nikmalariga
ega bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy shug‘ullanib borish, xalqaro sport musobaqalari
g‘oliblariga hurmat bilan qarash, sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish, ma‘naviy-ma‘rifiy
qadriyatlarni shakllantiradi. O‘quvchilarni yuksak ahloqiy, ma‘naviy, irodaviy va Vatanga
sadoqat ruhida tarbiyalaydi. Kundalik hayotda uchraydigan va hayotiy faoliyatining havfsizligini
ta‘minlashda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda egallagan bilim ko‘nikma va malakalarini qo‘llay
olishga o‘rgatadi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining oldida turgan yana bir muhim masala bu yangi o‘quv yiliga
tayyorgarlik davrida maktabdagi sport inventarlarini yetarliligi va yaroqliligidir. O‘qituvchi birinchi
navbatda inventarlarini ko‘zdan kechirib, 2015-2016 o‘quv yili uchun tuzgan taqvim mavzular
rejasiga asosan inventarlar kamchiligi yuzasidan murojatnoma tayyorlashi va BSRJ hududiy
bo‘limlariga taqdim etishi lozim. SHunda o‘quv yili davomida o‘qituvchi hamda o‘quvchilar DTS
bajarishda qiyinchiliklarga duch kelmaydilar.
Jismoniy tarbiya darsidan ko‘zlangan maqsadga erishishning asosiy omili uni to‘g‘ri tashkil
etishga bog‘liq. Bunda jismoniy tarbiya fan o‘qituvchilari har bir darslarini uch qismga (tayyorlov,
asosiy, yakuniy) bo‘lishda vaqtni to‘g‘ri hisobga olishlari va uchta asosiy vazifani qo‘yishlari
lozim.
Tayyorlov qism – (10-12 daqiqa) O‘quvchilarni saflash sog‘liklarini bilish. Navbatchining
axborotini tinglash. SHaxsiy gigiyenani tekshirish. Mavzuga oid texnika xavfsizligi qoidalari bilan
182
tanishtirish. Saf mashqlari. YUrish va yugurish mashqlari. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni
bajarish asosida tashkil etiladi.
Asosiy qism – (20-25 daqiqa) sport turining qaysi yo‘nalishi bo‘yicha mavzuni o‘zlashtirish
belgilangan bo‘lsa, aynan shu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha mashqlar olib borish. Boshqa
mavzular yoki o‘yinlar bilan chalg‘imaslik.
YAkuniy qism - (3-5 daqiqa) Saflanish. Nafas rostlash. Diqqatni jamlash. Rag‘batlantirish va
kamchiliklar. Uyga topshiriq berishdan iborat. O‘qituvchini dars vaqtida boshqa narsalar bilan
chalg‘imasligi juda muhim (telefon, gaplashib o‘tirish, chekish).
Do'stlaringiz bilan baham: |