R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


«Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

«Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim
qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda
saqlanishi mumkin emas».
Fuqarolarni erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi Konstitu­
tsiyaviy huquq sifatida insonlarning tu g ‘ilishi bilan q o ‘lga 
kiritilib, o ‘z ixtiyori bo‘yicha harakat qilishi, boshqalarning 
shaxsiy erkinligi va daxlsizligiga ziyon yetmaydigan tarzda 
harak at qilishi lozim. Hech kim insonga qonunda nazarda 
tutilmagan y o ila r orqali ta ’sir ko‘rsatishi mumkin emas. Shaxs­
ning erk in ligi ja m iy a td a g i axloq m e’y o rla ri d o irasid an
chiqmasligi va qonun asosida boiishi kerak. Fuqarolarni erkin­
lik va shaxsiy daxlsizlik huquqi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
jinoyat qonunchiligi va boshqa muhofaza choralari nazarda 
tutilgan qonunlar bilan himoya qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida ham sud-huquq tizimini isloh 
qilish davomida Prezidentimiz ta ’kidlaganlaridek «Sud-huquq 
tizimi qurilishining mutlaqo yangi Konsepsiyasi amalda joriy 
etildi» ham da «Jinoiy va protsessual qonunchiligim izning
99


dastlabki tergov va sudgacha b o ‘lgan jarayon ustidan sud 
nazoratini kuchaytirish bilan bog‘liq ayrim qoidalarini qaytadan 
ko‘rib chiqish zarurati vujudga keldi»40.
Sud-huquq tizim ini liberallashtirish davom ida jin o y at 
qonunchiligimizdagi jinoyatlar tasnifl qaytadan ko‘rib chiqildi 
va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar ko‘lami kengay- 
tirildi. «Natijada jazoni manzil koloniyalarda o‘tayotgan shaxs­
larning ulushi qam oqda saqlanayotganlar soniga nisbatan 
ancha ko‘paydi. Y a’ni, 1990- yilda manzil koloniyalarda jazoni 
o‘tayotgan shaxslar mahbuslarning umumiy soniga nisbatan 7 
foiz bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 21 foizni tashkil 
etmoqda. Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekistonda har 100 ming aholiga 
nisbatan qam oqdagilar soni 158 kishini tashkil etadi. Ayni 
paytda ushbu ko‘rsatkich, masalan, AQShda 715, Rossiyada 
584, U krainada 416, Qozog‘istonda 386, Qirg‘izistonda 390, 
Estoniyada 339 kishidan iborat»41.
Shaxsiy erkinlik va daxlsizlik to ‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy 
normalar jinoyat-protsessual qonunchiligida rivojlantiriladi va 
toldiriladi. M asalan, Jinoyat-protsessual kodeksining 18- 
moddasi 2-qismida: «Hech kim sud qaroriga asoslanmay yoki 
prokuror sanksiyasisiz hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi 
mumkin emas»42, deb belgilangan. Uning 3-qismida esa sudya 
va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etilgan 
yoki qonun yoxud sud hukmida nazarda tutilganidan ortiq 
muddat hibsda ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan har 
qanday shaxsni darhol ozod qilinishi shartligi q a t’iy belgilangan. 
Ushbu moddaning 4-qismida fuqarolarning shaxsiy hayoti, u- 
larning turarjoylari daxlsizligi, o ‘zaro yozishmalari, telegraf 
aloqalari va telefon orqali so‘zlashuvlarining sir saqlanishi 
qonun bilan him oyalanishi haqidagi norm a m ustahkam lab 
q o ‘yilgan.
Jinoyat-protsessual kodeksining 220-moddasiga binoan, 
ushlab turish jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish