R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


ll50 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994, 9-



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

ll50 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994, 9-
son, 322-modda.
268


b o sh qarish o rganlarining vazifasi, v ak o latlari, fu q aro lar 
yig‘ilishi va raisning vakolatlari, ularning davlat hokimiyati 
organlari bilan munosabati asoslari belgilab qo‘yilgan.
F uqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarishi — fuqarolarning 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan 
kafolatlanadigan, ularning o ‘z manfaatlaridan rivojlanishning 
tarixiy xususiyatlaridan, shunindek, milliy va m a’naviy qadriyat- 
lar hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o ‘zini-o‘zi 
b o sh q arish i so hasidagi m u n o sa b a tla r Q o ra q a lp o g ‘iston 
Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 
Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalarda 
o ‘zini-o‘zi boshqarishga doir o ‘z Konstitutsiyaviy huquqini 
fuqarolarining saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar 
yig‘inlari orqali amalga oshiradilar.
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, 
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan q a t’i nazar, bevosita 
hamda o ‘zlarining saylab qo‘yiladigan vakillari orqali o ‘zini- 
o ‘zi boshqarish ni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir.
F uqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarishga doir huquqlarini 
cheklash taqiqlanadi. Fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish 
organlari faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
— Demokratizm;
— Oshkoralik ;
— Ijtimoiy adolat;
— Insonparvarlik;
— M ahalliy aham iyatga m olik m asalalarn i yechishda 
mustaqillik;
— Jamoatchilik asosidagi o ‘zaro yordam.
Fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarishi 0 ‘zbekiston Respub­
likasining butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, 
qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, shunindek, ularning 
chegaralarini o ‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini 
o ‘zgartirish fuqarolar o ‘zini-o‘zi boshqarishining tegishli organ­
lari fikrini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Mahallani tuzish, qo‘shib yuborish, bo‘lish va tugatish, shu­
ningdek, uning chegaralarini belgilash va o ‘zgartirish fuqarolar 
o ‘zini-o‘zi boshqarish organlarining tashabbusiga ko‘ra mahalliy 
davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolar o ‘zini- 
o ‘zi boshqarish organlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun
269


zarur shart-sharoit yaratadilar, ularning ishlariga aralashishga 
yo‘l q o ‘maydilar, fuqarolarga o ‘zini-o‘zi boshqarishga doir 
huquqlarini amalga oshirishda k o ‘maklashadilar. Quyidagilar 
fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlaridir:
— Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining, shuningdek, 
shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining 
yig‘ini (vakillar yig‘ilishi, bundan buyon m atnda fuqarolar 
yig‘ini deb yuritiladi).
— F u q a ro la r yig‘in in ing kengashi F u q a ro la r y ig ‘ini 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar fuqaro­
lar yig‘inining taftish komissiyasi tuman m arkazidan olisda 
joylashgan va borish qiyin b o ig an shaharchalar, qishloqlar va 
o v u llard a qo nu n h u jja tla rid a n aza rd a tu tilg a n h o llard a 
tuziladigan m a ’m uriy kom issiya (bundan buyon m atn da 
m a’muriy komissiya deb yuritiladi).
Fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari mahalliy 
davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolarning 
o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan 
foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega b o ia d i va 
mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro ‘yxatga olinishi kerak. 
Fuqarolar yig‘ini to ‘g‘risidagi namunaviy nizom 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Fuqarolar yig‘ini organlari va ularning mansabdor shaxs­
larni saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquq­
lari k a fo la tla rin i t a ’m in lag an h o ld a, um um iy, teng va 
to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq 
ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini — fuqarolar o ‘zini-o‘zi boshqarishining 
yuqori organi b o iib , aholi manfaatlarini ifodalash va uning 
nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish 
huquqiga egadir. Fuqarolar yig‘inida o ‘n sakkiz yoshga to ig an
hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalliy hududda doimiy 
yashayotgan shaxslar qatnashadilar.
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini hamda shahardagi 
mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq ovul 
fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining hamda shahardagi 
mahalla fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining vakolat­
lariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib 
chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega.
«Fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari to ‘g‘risi- 
da»gi qonunning 10-moddasiga ko‘ra, shaharcha, qishloq, ovul 
fuqarolar yig‘ini va shaharchadagi mahalla fuqarolar yig‘ini:
270


— Fuqarolar yig‘ini va uning maslahatchilari, fuqarolar 
yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari b o ‘yicha komissiya­
larning raislari va a ’zolarini saylaydi, yilning har choragida u- 
larning hisobotlarini eshitadi;
— Fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasini hamda qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda m a’muriy komissiyani 
saylaydi, ular to ‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
— Belgilangan tartibda raisning maslahatchilari va fuqaro­
lar yig‘ini kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, rais­
ning taqdim nom asiga k o ‘ra fu q aro lar yig‘inining m as’ul 
kotibini tayinlaydi;
— Kengash, taftish komissiyasi va m a’muriy komissiya 
faoliyatining asosiy y o ‘nalishlarini belgilaydi, yilning har 
choragida ularning hisobotlarini eshitadi;
— F u q aro lar o ‘zini-o‘zi boshqarish organining faoliyat 
dasturi va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlan- 
tirishni ta ’minlash, aholli punktlarini obodonlashtirish va u- 
larning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar reja- 
larini tasdiqlaydi;
— Qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek, 
o ‘z qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini 
amalga oshiradi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o ‘tkazuv- 
chi, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi ©liy Majlisiga, xalq 
deputatlari viloyat, tum an va shahar Kengashlariga saylov 
o ‘tkazuvchi uchastka saylov kom issiyalarining a ’zoligiga 
nomzodlarni, tegishli okrug saylov komissiyalarini tavsiya etadi;
— Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga 
nomzod k o ‘rsatish to ‘g‘risida qaror qabul qiladi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga xalq 
d ep u tatlari, viloyat K engashlari deputatligiga nom zodlar 
k o ‘rsatish uchun fuqarolarning nomzodlari, b o ‘yicha hoki­
miyatning tegishli vakillik organlariga takliflar kiritadi;
— T o ‘ylar va boshqa m arosim larni o ‘tkazish b o ‘yicha 
tavsiyalar beradi;
— Yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokim­
liklari rahbarlarining fuqarolar o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari 
faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini 
eshitadi. F u q aro lar yig‘inlarining h isob o tlar to ‘g ‘risidagi 
bayonnomalari tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokim- 
liklariga yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadi- 
lar, fuqarolarning murojaatlari bajarilishini nazorat qiladilar;


— A trof-m uhitni m uhofaza qilish va obodonlashtirish 
masalalari yuzasidan o ‘z vakolati doirasida tegishli hududda 
joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining 
hisobotlarini eshitadi;
— F u q aro lar o ‘zin i-o ‘zi boshqarish organlarining o ‘z 
mablag‘larini shakllantiradi, fuqarolar o ‘zini-o‘zi boshqarish 
organlarining mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni 
tasarruf etadi;
— Obodonlashtirish ishlarini o ‘tkazish, umumiy foydala- 
nishdagi joylarni ta ’mirlash, shuningdek, kam ta ’minlangan 
oilalarning uylari va k v a rtirala rin i t a ’m irlashda yordam
ko‘rsatish uchun aholidan ixtiyoriylik asosida mablag‘ yig‘ish 
to ‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
— Obodonlashtirish, ko‘kalamzoiiashtirish va sanitariya- 
tozalash ishlari o ‘tkazish uchun tegishli hududda joylashgan 
k orxonalar va tashkilotlarning m a b la g ia rid a n shartnom a 
asosida foydalanish to ‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
— 0 ‘z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun 
yuridik va jismoniy shaxslarning m ablag‘larini ixtiyoriyrlik 
asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
— Pul mablag‘lari sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
— Atrof-muhitni muhofaza qilishga k o ‘maklashadi;
— Guzarlar barpo etishga doir masalalarni ko‘rib chiqadi;
— M a’muriy-tmdudiy birliklar va mahallalarning chegara­
larini o ‘zgartirish, mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va boshqa 
obyektlarning nomini o ‘zgartirish to ‘g‘risida tegishli davlat 
organlariga takliflar kiritadi;
— Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini 
ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasiga o ‘z vakilini yuboradi;
— Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga 
oshiradi.
Shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini ushbu modda nazarda 
tutilgan vakolatlardan tashqari, kam ta ’minlangan oilalarga 
moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqa- 
lar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan 
ijtimoiy q o ‘llab-quvvatlash m aqsadlari uchun qonun hujjat­
larida belgilangan tartibda ajratiladigan m a b lag iard an o ‘z 
o ‘rnida va samarali foydalanilishni ta ’minlaydi.
Shaharcha, qishloq, ovul fuqalrolar yig'ini shaharcha, qishloq 
va ovuldagi m ahalla fuqarolar yig‘inlariga k o ‘m aklashadi, 
markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan m ablagiardan qanday 
foydalanilayotganligi to ‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi.
272t


Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolar o ‘zini- 
o ‘zi b o sh qarish organ larin in g fu q aro la r yig‘inlari oraliq 
davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar 
yig‘inining raisi, uning m aslahatchilari, fu q aro lar yig‘ini 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning rais- 
lari va yig‘inning mas’ul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar 
yig‘inining kengashi tuziladi. Fuqarolar yig‘inining kengashi:
— Fuqarolar yig‘inini chaqiradi;
— F u q a ro la r yig‘ini faoliyatining asosiy y o ‘nalishlari 
b o ‘yicha k om issiyalar ishini m u v o fiq lash tirad i, xayriya 
tashkilotlari va boshqa hamkorlikdagi tadbirlarni o ‘tkazadi;
— F u q a ro la r yig‘ini raisining taqdim nom asiga k o ‘ra, 
fuqarolar yig‘ini kengashining devonini shakllantiradi;
—Ommaviy-siyosiy, m a’naviy-m a’rifiy, m adaniy, sport 
tadbirlari va boshqa tadbirlarni o ‘tkazishda mahalliy davlat 
hokimiyati organlariga k o ‘maklashadi;
— Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning 
ijtimoiy hayotdagi, oilada m a’naviy-axloqiy muhitni shakllan- 
tirishdagi, yosh avlodni tarbiyalash ishidagi mavqeini oshirishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;
— R o ‘y x atd an o ‘tm ag an diniy ta s h k ilo tla r fao liy at 
k o ‘rsatishining oldini olish, fu q aro la rn in g diniy e ’tiqod 
erkinligi huquqlariga rioya etilishini ta ’minlash, diniy qarash- 
larni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini 
ko‘radi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to ‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masala­
larni к о ‘rib chiqadi;
— Tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta ’lim muassasalari 
bilan hamkorlik qiladi;
— Ikki yoshga to ‘lmagan bolalari bor, ishlamaydigan ona- 
larga n afaqalarni shu m aqsadda ajratilgan davlat budjeti 
mablag‘laridan ko ‘rsatilgan tartibda tayinlaydi va to ‘laydi;
— Boshqalarning parvarishi va yordamiga muhtoj keksa 
fu q arolarga shafelik (patronajlik) yordam i shu m aqsadda 
ajratilgan davlat budjeti m ablagiari hisobidan ko‘rsatilishiga 
k o ‘maklashadi;
— M azk u r h u d u d d a yashovchi fu q a ro la rn i ish bilan 
ta ’minlashga, shu jum ladan, kasanachilikni tashkil etishga 
k o ‘maklashadi;
— Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxona­
lar, sartaroshxonalar, poyabzal ta ’mirlash va tikish ustaxona- 
lari, xalq hunarmandchiligi sexlari va aholiga maishiy xizmat
273


k o ‘rsatuvchi boshqa korxonalarni tashkil etish va tugatish 
to ‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu qaror keyinchalik fuqarolar 
yig‘inida tasdiqlanadi;
— Aholining uylari, hovlilaridagi binolar, hovlilar va uylar 
atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, 
sport maydonchalarini jihozlash, yo‘llar, ko‘priklar, ko‘chalar, 
yo‘laklar. kommunal tarmoqlarni qurish, ta ’mirlash va yaroqli 
saqlash, tarix va m adaniyat yodgorliklarini, qabristonlarni 
ta ’mirlash ishlarida ixtiyoriylik asosida qatnashishlarini tashkil 
etadi, tuman, shahar hokimligi ajratadigan moddiy va boshqa 
mablag‘lami, ana shu maqsadlarga ishlatadi, jamoatchilik yordami 
(hasharlar)ni uyushtiradi, ko‘riklar va tanlovlar o‘tkazadi;
— Y oqilg‘i, elektr va issiqlik energiyasi ham da suvdan 
tejam li fo y d alan ish va u la rn in g behuda sarflan ish in i 
kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o ‘tkazadi;
— D ehqon va ferm er x o ‘ja lik la rin i riv o jla n tirish g a
ko ‘maklashadi;
— Tegishli hududdagi yerlarning foydalanilishi va muhofaza 
etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
— Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ishi, 
savdo va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish madaniyati qoidalariga 
rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
— Tegishli hududda jam o at tartibini ta ’m inlashda, shu 
jum ladan, fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni 
tashkil etishda, o ‘smirlar va yoshlar o ‘rtasida huquqbuzarlik- 
larning oldini olish ishida, voyaga yetmaganlarning huquqlarini 
him oya qilish d a h u qu qn i m uhofaza qiluvchi organlarga 
k o ‘maklashadi;
— Aholi punktlari, suv ta ’minoti manbalari, turarjoylar, 
m aktablar va boshqa ta ’lim muassasalarining sanitariya va 
ekologk holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga k o ‘mak- 
lashadi;
— Y ong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga, jonivorlarni 
saqlashga oid veterinariya qoidalariga rioya etilishi ustidan 
nazoratni amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
— Imoratlar qurish va uylar atrofidagi hududlarni orasta 
saqlash q o id a la rig a rio y a etilish i u stid an ja m o a tc h ilik
nazoratini amalga oshiradi;
— U y-joy fo n d id an foy dalan ish va uning asralish in i 
ta ’minlashda fuqarolarga ko‘maklashadi;
— A holidan soliqlar va m ajburiy to ‘lovlar o ‘z vaqtida 
tushishiga k o ‘maklashadi;
274


— F u q a ro la r uy-jo y d an fo y d ala n ish x a ra ja tla rin i va 
kommunal xizmatlar haqini bank muassasasi orqali hisob-kitob 
qilib, to i iq va o ‘z vaqtida to ‘lashlarini kommunal xizmat 
ko‘rsatish korxonalari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat 
qiladi.
— Fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning 
oqibatlarini tugatishga jalb etadi;
— Aholini fuqarolik himoyasiga doir tadbirlarni o ‘tkazishga 
jalb etadi, harbiy xizmatga m ajburlar va chaqiriluvchilarni 
mudofaa ishlari boiim lariga chaqirilayotganliklaridan xabardor 
etish tashkil qilishga k o ‘maklashadi, shuningdek, shaharcha- 
lar, qishloqlar va ovullarda ularning shaxsiy-birlamchi hisobini 
yuritadi;
— Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni 
ijtimoiy mehnatga tiklash va jinoyatchilikning oldini olishga 
doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda 
amalga oshiradi;
— Ilgari sudlangan hamda huquqbuzarliklar sodir etishga 
moyil boshqa shaxslarga tarbiyaviy t a ’sir o ‘tkazish uchun 
faxriylar, xotin-qizlar, madaniyat va din vakillaridan komissiya- 
lar tuzadi;
— F u q a ro la r yig'inin ing kengashi qonun h ujjatlarig a 
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
F u q aro lar o ‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini 
muvofiqlashtirish maqsadida Respublika oqsoqollar Kengashi, 
shuningdek, fu q aro la rn in g o ‘z in i-o ‘zi bo sh q arish ishlari 
bo‘yicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari 
tuzilishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inining raisi yig‘in kengashi 
tomonidan zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida 
bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, 
shahar Kengashi, tuman, shahar hokimi yoki o ‘n sakkiz yoshga 
to ‘lgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolarning 
kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. 
Fuqarolarning yig‘ini fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga 
ega b o ‘lgan barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan 
taqdirda vakolatlidir.
Fuqarolar yig‘inini olib borish uchun rayosat saylanadi. 
Yig‘inni fuqarolar yig‘inining raisi yoki raisning maslahatchi- 
laridan biri olib boradi. Barcha masalalar b o ‘yicha qarorlar 
ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan 
qabul qilinadi.
275


^Har bir yig‘inda yig‘in o ‘tkazilgan sana, hozir b o ig a n
fu q a ro la r soni, kun ta rtib i va q ab u l q ilin g an q a ro rla r 
ko‘rsatilgan holda bayonnoma yurtiladi. Fuqarolar yig‘imning 
bayonnomasi va qarorini fuqarolar yig‘inining raisi va mas’ul 
kotibi imzolaydilar. Rais y o ‘qligida, fuqarolar yig‘inining 
bayonnomasini raisning maslahatchilaridan biri va mas’ul kotib 
imzolaydi. Fuqarolar yig‘inini chaqirishning iloji b o ‘lmagan 
taqdirda, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi o‘tkaziladi, mavze- 
lar, dahalardan fuqarolarning namoyondalari vakil qilinish- 
lari mum kin. V akillik norm alari tegishli xalq dep u tatlari 
Kengashi yoki tuman, shahar hokimi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda vakillarning kamida 
uc'hdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir va bunday 
yig‘ilish ushbu Q onunda fu q aro la r yig‘inlarini o ‘tkazish 
tartibiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq o ‘tkaziladi. 
Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi fuqarolar yig‘inining raisi 
tomonidan, zururatga qarab, lekin oyda bir marta o ‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi, agar uning ishida 
kengash a ’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan 
b o ‘lsa, v ak o latli h iso b lan ad i. Q aro rn i fu q a ro la r yig ‘ini 
kengashining hozir b o ‘lgan a ’zolaridan yarmidan k o ‘prog‘i 
yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Fuqaro­
lar yig‘ini kengashining qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan 
qabul qilinadi.
Fuqarolar o ‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini 
tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yig‘inining raisi 
amalga oshiradi. Raisning maslahatchilari o ‘rtasida vazifalarni 
taqsimlash fuqarolar yig‘ini raisining taqdimnomasi bo‘yicha 
yig‘in tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini kengashi o ‘z devoniga ega bo‘lishi mumkin, 
uning xodimlari soni yig‘in tomonidan belgilanadi. Yig‘inning 
mas’ul kotibi va kengash devoni xodimlari yig‘inni, kengash 
majlisini o ‘tkazishga doir materiallarni tayyorlaydilar, yig‘in, 
kengash va raisning q a ro rla ri ijro ch ilarg a o ‘z v aq tid a 
yetkazilishini ta ’minlaydilar, ish yuritilishni amalga oshiradilar.
Fuqarolar yig‘inining raisi, m as’ul kotibi va kengash devoni 
xodimlari fuqarolar yig‘inining m ablag‘lari hisobiga, qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjet m ablagiari 
hisobiga ham ta ’mmlanishi mumkin.
Fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan 
ko‘rilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga 
berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy va boshqa maqsaddagi, shu-
276


ningdek, transport vositalari, xo‘jalik anjomlari va boshqa mulk 
ularning mulki hisoblanadi.
Fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari o ‘z mulki 
b o ig a n obyektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish 
uchun yuridik va jism o niy sh ax slarga berishga, ijarag a 
topshirishga, belgilangan tartibda o ‘z tasarrufidan chiqarishga, 
shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ushbu mol-mulk bilan 
bog‘liq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
F uqarolar o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining 
moliyaviy asosi o ‘z mablag‘laridan, xalq deputatlari tuman va 
shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladi- 
gan budjet m ablag‘laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning 
ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa mablag‘lardan tashkil topadi.
Fuqarolar o ‘zini-o‘zi boshqarish organlarining moliyaviy 
m a b lag ia ri bank muassasasidagi mustaqil hisob varaqada 
saqlanadi hamda belgilangan tartibda ular tomonidan mustaqil 
foydalaniladi va bu m ablag‘larning olib qo‘yilishi mumkin 
emas. Fuqarolar yig'inining kengashi moliyaviy mablag‘lardan 
foydalanilganligi to ‘g‘risida yilning har choragida fuqarolar 
yig‘ini olidida hisob beradi.
Fuqarolarning o ‘zini-o'zi boshqarish organlari o ‘z faoliyati­
ning hisobini yuritadi hamda qonun hujjatlarida organlarga 
hisobot taqdim etadi.
F u qaro lar o ‘zini-o‘zi boshqarish organlarining va ular 
m ansabdor shaxslarining m urojaatlari davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, 
ularning mansabdor shaxslari tomonidan o ‘z vakolatlari doirasida 
qonunda belgilangan muddatda ко‘rib chiqilishi shart.
F uqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlarini qayta 
tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish m a’muriy-hududiy 
birliklar, shuningdek, m ahalla q o ‘shilganda, b o ‘linganda, 
tugatilganda fuqarolar yig‘inining qaroriga binoan qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Fuqarolarning о ‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati bilan 
bog‘liq nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari va ularning 
mansabdor shaxslari o ‘zini-o‘zi boshqarishni amalga oshirishga 
doir fuqarolarning huquqlarini buzgan davlat organlari va 
boshqa organlarning, shuningdek, m ansabdor shaxslarning 
harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
Fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlarining qaror­
lari, shuningdek, ular m ansabdor shaxslarining harakatlari
277


(harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga 
shikoyat qilishi mumkin.
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to ‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan 
tartibda javobgar boladilar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari 0 ‘zbekiston Respub- 
likasida joylardagi xalq hokimiyatchiligi nam oyon b o ‘lishi 
shakllaridan biri bo‘lib, bu organlar orqali aholining iqtisodiy, 
siyosiy va ijtimoiy-madaniy sohalardagi ehtiyojlari amalga 
oshiriladi. Mazkur organlarning tashkil etilishi va faoliyatiga 
tegishli masalalarni o ‘rganish juda muhimdir. Chunki, 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasida xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish yo‘l- 
lari ikkita asosiy shaklda am alga oshiriladigan b o ‘lsa, bu 
bevosita va vakillik d e m o k ra tik asosda b o ‘ladi. Bunda 
demokratiyaning ikkala shakli ham namoyon bo‘lishi bevosita 
mahalliy vakillik organlari bilan b og‘liqdir. Bu organning 
saylash jarayoni bevosita demokratik, ularning faoliyati esa 
vakillik demokratiyadir.
0
‘zbekistonda mahalliy vakillik hokimiyat organlari tizimi xalq 
hokimiyatchiligini amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish