R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

15.5. Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti 
 
Buxgalteriya hisobi boshqaruv funksiyasi sifatida o‘zining tash-kiliy 
tuzilmasiga ega (
Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minotini bu yerda hisob 
siyosatining tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqamiz. Buxgalteriya hisobini 
tashkil etish masalalari 16-mavzuda batafsil bayon qilingan
). 
Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti boshqaruv apparatiga 
ishonchli va zarur axborotlarni kam xarajat qilgan holda, o‘z vaqtida taqdim 
etish vazifasiga bo‘ysundirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu vazifani hal etish 
qator omillar bilan ta’minlanib, ulardan har biri qaror topgan an’analar, 
korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlari va hisob ishlarining 
hajmidan kelib chiqadi.


405 
Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti uni boshqaruv hisobi va 
moliyaviy hisob quyi tizimlariga ajratishni nazarda tutadi. Ular o‘rtasida 
keskin chegara bo‘lmasa-da, bunday ishni amalga oshirish zarur. U hisob 
axborotlarining alohida foydalanuvchilar o‘rtasida aniq yo‘nalishini 
belgilaydi. Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini shakllantirish bo‘yicha 
boshqaruv va korxonani strategik rivojlantirish asosini yaratadi. Ushbu 
axborot faqat korxona menejerlariga ruxsat etiladi. Boshqaruv hisobini 
tashkil etish tartiblarini korxona mustaqil belgilaydi. 
Moliyaviy hisob u yoki bu darajada tartibga solinadi. Shuning uchun 
ma’lum talablar va tamoyillar tizimi ishlab chiqiladi.
Korxonada 
buxgalteriya 
hisobini 
tashkil 
etish 
va 
amaldagi 
qonunchilikka rioya qilinishi uchun uning rahbari javobgar. Rahbar hisob 
siyosatini ishchi schotlar rejasini, dastlabki hujjatlar shakllarini (namunaviy 
shakli bo‘lmagan xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun), 
inventarizatsiya o‘tkazish tartibini, hujjatlar aylanish qoidalarini va 
buxgalteriya hisobini tashkil etish maqsadida zarur bo‘ladigan tartib-
qoidalarni tasdiqlashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga 
muvofiq, korxona rahbari buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yuritish 
huquqiga ega. Lekin qaysi holatlarda ushbu funksiyani rahbarning o‘zi 
bajarishi aniq ko‘rsatilmagan, ammo bunday variant kichik biznes 
korxonalari, masalan, dehqon xo‘jaliklari uchun qulay. 
Bosh buxgalter boshqaradigan mustaqil buxgalteriya xizmati tashkil 
etilishi ham mumkin. Bunday xizmat korxonaning boshqa bo‘linmalari kabi 
tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. 
Bosh buxgalter bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi va hisob 
siyosatini tashkil etish, buxgalteriya hisobini yuritish, to‘liq va ishonchli 
moliyaviy hisobotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun javobgar. 
Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlashgan 
buxgalteriya, ixtisoslashgan mustaqil tashkilot yoki tegishli oliy yoki o‘rta 
maxsus ma’lumotga ega buxgalter tomonidan yuritilishi mumkin. 
Har qanday holatda buxgalteriya hisobining u yoki bu tashkiliy shaklini 
tanlash hisob jarayonini oqilona tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. 
Buning ustiga, agar oldin hisob texnologik jarayoniga EHMni keng 
qo‘llashga, markaziy buxgalteriya tashkil etish afzal hisoblansa, hozirgi 
vaqtda vaziyat boshqacha markazlashmagan buxgalteriya hisobi katta 
imkoniyatlarga 
ega. 
Asosiy 
masala 
buxgalterning ish joyini 
avtomatlashtirish. Boshqa omillar: hisob ishlarining hajmi, xodimlar soni, 
ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulotlarning nomenklaturasi, mol 


406 
yetkazib beruvchilar, xaridorlar va shu kabilarning soni katta ahamiyatga ega 
emas. 
Shuning uchun hisob xodimlarining vazifalari ularning ish yuklamasi
boshqaruv tizimidagi pog‘onalar o‘rtasida to‘g‘ri va teskari o‘zaro aloqalar 
hisob ma’lumotlarini uzatish va uzatish vositalari va kanallaridan kelib 
chiqqan holda qayta taqsimlanishi lozim. 
Hisob xodimlarining mehnat taqsimoti 3 turga bo‘linadi: 
­
predmetli; 
­
chiziqli; 
­
funksional. 
Mehnat taqsimotining predmetli varianti hujjatlarni bo‘limlarning 
nomlanishiga muvofiq taqsimlashni nazarda tutadi: 
­
hisob-kitob bo‘limi; 
­
ishlab chiqarish bo‘limi; 
­
hisob bo‘limi; 
­
sotish bo‘limi; 
­
umumiy bo‘lim. 
Albatta, konsolidatsiyalangan hisobotdan asosiy foydalanuvchilar 
aksiyadorlar hisoblanadi. Bosh kompaniyaning aksiyadori uning aksiya 
paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholash imkoniga ega emas. 
Chunki bosh kompaniyaning balansi faqat sho‘ba korxonalariga qo‘yilmalar 
summasidan iborat va ushbu qo‘yilmalarning jami real qiymatini va mos 
ravishda aksiyadorlarning ulushini aks ettirmaydi. Aksiyadorlar uchun 
ularning qo‘yilmalarini obyektiv aks ettiradigan, bosh kompaniyaning barcha 
sho‘ba va tobe korxonalari faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan 
obyektiv axborotlar zarur. 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish