R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


- rasm. Hisob siyosatining umumiy qoidalari



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

15.5- rasm. Hisob siyosatining umumiy qoidalari.
Qibray q.f.y. BUYRUQ №____ 25.12.2020y 
«Nur» f/х «Hisob siyosatini tasdiqlash to‘g‘risida» . 
I. Umumiy qoidalar 
O‘zR Qonuni «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» (13.04.2016 y.) 
O‘zR Soliq Kodeksi (1.01.2020 y. holatiga so‘nggi o‘zgarishlar bilan) va b.
O‘zR BHMS №21 «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya 
hisobi schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma», b. BHMSlar
Buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun rahbar mas’ul. 
Bosh buxgalter tayinlab, buxgalteriya xizmati tashkil etadi
Dastlabki hujjatlar:
а) namunaviy shakllar; b) kompyuterda tuzilgan 


401 
15.6-rasm. Hisob siyosatining uslubiy jihatlari. 
Hisob siyosatini qo‘llashning belgilangan chegaralari korxonada 
to‘liqlik, ehtiyotkorlik, xo‘jalik faktlari iqtisodiy mazmunining ularning 
shaklidan ustuvorligi hamda muvofiqlik va oqilonalik talablari doirasida 
belgilanishi mumkin.
Korxonada belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob 
siyosati yildan-yilga izchil qo‘llaniladi. Buning natijasida har xil hisobot 
davrlarida olingan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanishi 
ta’minlanadi. Shunday qilib, ushbu talabni amalga oshirish maqsadida hisob 
siyosati tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati (buyruq, farmoyish) tasdiqlangan 
yildan keyingi yilning 1-yanvaridan kuchga kiritilishi lozim.
Yangi tashkil etilgan korxona, u qachon yuridik shaxs maqomini 
olganligi (Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi)dan qat’i nazar, hisob siyosatini 
kuchga kiritish bo‘yicha yuqorida belgilangan talablarga rioya qilishi lozim. 
Ushbu talablar korxonaning filiallari, vakolatxonalari va bo‘linmalariga 
(jumladan, alohida balansga chiqarilgan) ham taalluqli, ularning joylashgan 
yeridan qat’i nazar. 
Yangidan tashkil etilgan korxonalarda ishlab chiqilgan hisob siyosatini 
rasmiylashtirish ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqqan holda uning 
moliyaviy hisobotini birinchi marta e’lon qilingunga qadar, ammo yuridik 
II.Buxgalteriya hisobi uslubi 
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usuli (№5-BHMS) 
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olish usuli 
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usuli (№7-BHMS) 
Materiallarni xarid qilish hisobi: а) 1510, 1610-schotlarni qo‘llagan holda; b) 1510 va 1610-
schotlarni qo‘llamasdan, 1010-schotda 
Materiallarni ishlab chiqarishga sarflashda baholash usuli (№4-BHMS) 
Shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv yaratish yoki yaratmaslik 
Tugallanmagan ishlab chiqarishni balansda aks ettirish 
Buxgalteriya hisobining boshqa masalalari 


402 
shaxs huquqiga ega bo‘lgan(davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) kundan boshlab 
90 kundan kechikmasdan amalga oshirilishi lozim. 
Hisob siyosati tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqilishi lozim.
Yangi Soliq Kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan 2008-yildan 
boshlab, korxonalar hisob siyosatini buxgalteriya hisobi uchun tuzish bilan 
birga, unda soliqqa tortish maqsadida alohida bo‘lim ishlab chiqishlari 
maqsadga muvofiq. 
Hisob siyosatini ochib berish ta’sis hujjatlariga muvofiq qonunchilik 
bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan moliyaviy hisobotini to‘liq yoki qisman 
e’lon qilishi majburiy bo‘lgan korxonalarga tegishli. Shu munosabat bilan, 
bunday korxonalar ularning tijorat sirini tashkil etuvchi axborotlarning 
ro‘yxati va mazmunini aniq belgilab olishlari lozim. 
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, 
banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va ko‘rsatilgan 
hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 1-maydan kechikmasdan har yili 
e’lon qilishi lozim bo‘lgan boshqa moliya muassasalari, agar boshqacha 
tartib O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilanmagan bo‘lsa, yillik 
moliyaviy hisobotini, buxgalteriya balansini va moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qilishlari lozim.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
«Buxgalteriya 
hisobi 
to‘g‘risida» 
Qonunining qoidalari buxgalteriya hisobining yagona uslubiy tamoyillari 
asosida rivojlantirilgan buxgalteriya hisobi milliy standartlari qo‘llaniladi. 
Buxgalteriya hisobi milliy standartlari qonunga zid bo‘lmasligi va uning 
uslubiy ta’minotini rivojlantirishi lozim. Hozirgacha 25 tadan oshiq BHMS 
ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanilmoqda. Bizning fikrimizcha, 
BHMSlar keyinchalik ularga buxgalteriya hisobining ayrim murakkab 
qoidalari va normalari qo‘shimcha sharhlar bilan to‘ldirilgan va buxgalteriya 
hisobining texnik jihatlari to‘liqroq aks ettirilgan holda qayta ko‘rib 
chiqilishi zarur. 
Korxona 
darajasida 
buxgalteriya 
hisobini 
uslubiy 
ta’minlash 
quyidagilarni qo‘llash bilan belgilanadi:
­
tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilarni zarur axborotlar 
bilan ta’minlaydigan, sintetik va analitik schotlardan iborat, namunaviy 
schotlar rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi schotlar rejasi; 
­
xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan 
tarmoqlararo va tarmoq dastlabki hujjatlarining namunaviy shakllari. 
Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ko‘zda tutilmagan hodisalar 


403 
hamda ichki buxgalteriya hisoboti uchun dastlabki hujjatlar shakllari 
umumiy talablar va majburiy rekvizitlar ro‘yxatiga mos kelishi lozim; 
­
xo‘jalik operatsiyalarini, ularning mazmunidan kelib chiqqan 
holda joriy nazorat modeli inventarizatsiya o‘tkazish texnologiyalari va 
ayrim turdagi mulklar hamda majburiyatlarni baholash uslublari; 
­
amal qilayotgan hisobni tashkil etish va mavjud texnik vositalar 
negizida hujjatlar aylanishi va hisob axborotlariga ishlov berish 
texnologiyasi. 
Shunday qilib, boshqaruv pog‘onalarining har birida o‘zining vazifalari 
hal etiladi. Shu bilan birga ularning barchasi oxir-oqibatda buxgalteriya 
hisobining metodologik tamoyillariga muvofiq hisob jarayonini tartibga 
solish va maqbullashtirishga qaratilgan. 
Buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillari korxona hisob 
siyosatining tarkibiy qismi sifatida quyidagilarni nazarda tutadi: 

korxona mulklari va majburiyatlarining boshqa korxona va 
mulkdorlardan alohidaligi; 

korxona faoliyatining uzluksizligi, ya’ni kelajakda o‘z faoliyatini 
to‘xtatish niyatining yo‘qligi; 

bir hisobot davridan boshqasiga o‘tishda o‘z faoliyatini izchil 
amalga oshirishi va natijada, o‘z majburiyatlarini to‘lamaslik niyatining 
yo‘qligi (hisob siyosatini izchil qo‘llash tamoyili); 

hisoblash paytiga rioya qilinishi, ya’ni daromadlar va xarajatlar ular 
shakllangan paytda emas, ular tegishli bo‘lgan hisobot davrida aks ettiriladi. 
Korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim:

korxonada sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik operatsiyalarini 
ikkiyoqlama yozuv usuli bilan o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirish (to‘liqlik 
tamoyili); 

o‘z xatti-harakatlarida ehtiyotkorlik, o‘zining xatti-harakatlari bilan 
korxonaning moliyaviy barqarorligiga ataylab zarar yetkazmaslik; 

huquqiy va iqtisodiy yondashuvlarning ayrim amaldagi qoidalarini 
formal tushunishdan ustunligi (mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili); 

analitik schotlar boshlang‘ich va oxirgi qoldiqlari hamda debet va 
kredit oborotlari mos ravishda yig‘indilarining umumlashtiruvchi sintetik 
schotning boshlang‘ich va oxirgi qoldig‘i hamda debet va kredit oborotlariga 
mos ravishda tengligi (muvofiqlik tamoyili); 

buxgalteriya hisobini muayyan korxona faoliyatini inobatga olgan 
holda tejamli va oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili); 


404 

bir tomondan, 
korxonaning 
moliyaviy natijasini hisoblash 
maqsadida, ikkinchi tomondan korxona moliyaviy ahvoli to‘g‘risida tashqi 
foydalanuvchilarga axborotlarni taqdim etish maqsadida, hisob (oy) va 
hisobot (choraklik, yarim yillik, 9 oylik, yillik) davrini chegaralash, ya’ni 
davriylik tamoyili; 

moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili (uning tarkibi 
o‘zgarmasligi, balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 
ko‘rsatkichlarining hisobot yili boshi va oxirida taqqoslanuvchanligi, 
hisobotning e’lon qilinishi). 
Buxgalteriya hisobini uslubiy ta’minlash bo‘yicha yuqorida keltirilgan 
yondashuvlarni yana bitta, bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan, ammo bizning 
mamlakatimizda deklaratsiya qilinmagan yondashuv bilan to‘ldirish 
mumkin. Uning mazmuni: birlamchi yozuv, agar u hujjat bilan 
rasmiylashtirilgan va ishtirokchilar tomonidan boshqacha holat nazarda 
tutilmagan yoki sud orqali isbotlanmagan bo‘lsa, ishonchli deb tan olinadi. 
Mazkur tamoyil qonunning ustunligini belgilab, ijro hokimiyati organlari 
tomonidan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga zid keladigan xatti-
harakatlarni amalga oshirishni bartaraf qiladi.
Buxgalteriya hisobining alohida masalalarini yo‘lga qo‘yish jarayonida 
tegishli usullarning mavjud emasligi korxona oldiga boshqa yondashuvlarni 
tanlash muammosini qo‘yadi. Muhimi, bunday yondashuvlar №1 «Hisob 
siyosati va moliyaviy hisobot» nomli BHMSga zid kelmasligi lozim.
Hisob siyosati korxona rahbarining buyrug‘i yoki farmoyishi bilan 
yillik hisobotni birinchi e’lon qilishdan, ammo yuridik shaxs huquqini olgan 
(davlat ro‘yxatidan o‘tgan) kundan boshlab 90 kundan kechikmasdan 
rasmiylashtiriladi. 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish