Qurilishning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati


Qurilish sanoati – pandemiya sharoitida O`zbekiston iqtisodiyotining lokomotiviga aylanadi



Download 221,73 Kb.
bet3/3
Sana11.06.2022
Hajmi221,73 Kb.
#654779
1   2   3
Bog'liq
Boboev Qurilish AAAA

3.Qurilish sanoati – pandemiya sharoitida O`zbekiston iqtisodiyotining lokomotiviga aylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida20 aprel kuni sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev majlisda ta’kidlaganidek, qurilish sanoati koronavirus pandemiyasi ta’sirini yumshatish, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish borasida katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan “drayver” sohalardan biri hisoblanadi.
Shunday ekan, qurilish sohasining bugungi kundagi tendensiyalari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotida tutgan o‘rni, pandemiya sharoitida sohani qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari va kutilayotgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq.
Qurilish sanoati global iqtisodiyotning muhimsohalaridan biri hisoblanadi. Qurilishga kiritiladigan investitsiyalar qisqa muddatda yangi ish o‘rinlarini ochishga yordam bersa, o‘rta va uzoq muddatda esa qurib foydalanishga topshirilgan infratuzilmaviy ob’yektlar transport harajatlarini qisqartiradi, odamlar hayotini yaxshilaydi va eng muhimi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtiradi.
Virusning keng tarqalishi natijasida joriy yil dunyo iqtisodiyotida faollik pasayib,qurilish sohasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi tahlillarga ko‘ra, 2020 yilda global qurilish sohasidao‘sish yil boshida kutilgan 3,1 foizdan0,5 foizga pasayishi kutilmoqda1.Uzoq muddatda esa qurilish sohasi dunyo iqtisodini harakatga keltiruvchi soha sifatida o‘z o‘rnini saqlab qoladi.PricewaterhouseCoopers kompaniyasi ma’lum qilishicha, 2030 yilga kelib dunyo miqyosida qurilish sanoati umumiy miqdorda 85 foizga o‘sib, uning hajmi 17,5 trln. AQSh dollarga yetadi.
Shuningdek, dunyo bo‘yicha infrastruktura loyihalarini moliyalashtirishda davlatning roli saqlanib qoladi. O‘tgan yillarda jahon mamlakatlaridavlat sektori investitsiyalarining 70-80% aynan qurilish sohasiga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, qurilish normativeResearch and Markets’ tahlil institutining prognozi talablarini bajarilishini nazorat qilish orqali davlat mazkur sohani tartibga solishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Ko‘plab davlatlar misolida o‘tkazilgan epirik tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, qurilish sohasi va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasida kuchli bog‘liqlik mavjud. Mashina yoki ishlab chiqarish vositalariga kiritiladigan investitsiyalar bilan birga, qurilish sohasi orqali amalga oshiriluvchi infratuzilmaviy loyihalar – yo‘llarning qurilishi, elektrenergiya bilan ta’minlash, kommunikatsiya vositalarining barpo etilishi uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Bo‘ yo‘nalishdagi dastlabki tadqiqot 1969 yilda D.Turin tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, unda 87ta davlatning iqtisodiy o‘sishi va mazkur davlatlarda qurilish sohasiga kiritilgan investitsiyalar o‘rtasida kuchli chiziqli bog‘liqliq aniqlangan. Ya’ni, qurilish sohasiga kiritilgan investitsiyalarning ortishi bilan jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi ham kuzatilgan. Mazkur bog‘liqlik, shuningdek, Strassman (1970), Vells (1986) va Jahon bankining (1994) tadqiqotlarida ham o‘z tasdig‘ini topgan.
Qurilish sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida milliy iqtisodiyot tarmoqlari orasida barqaror o‘sish sur’atlarini qayd etayotgan sohalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida bino-inshootlar, yangi sanoat ob’yektlarini barpo etish, temir yo‘l va avtomobil, turar-joylar qurishni jaddalashtirish bo‘yicha qurilish sanoatiga iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch - lokomotivi sifatida alohida urg‘u berilgan.
Turar joy majmualarini, ijtimoiy soha va muhandislik infratuzilmaob’yektlarini qurish va kapital rekonstruksiya qilish, shuningdek, sanoatningbazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yichainvestitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamliishlar natijasida qurilish ishlari hajmi 2018 yil bilan taqqoslaganda 19,0 foizgao‘sdi. Qurilish tarmog‘ining YaIM o‘sishidagi ijobiy hissasi 1,0 foiz bandni tashkilqildi. Shuningdek, uning YaIMdagi ulushi ham 2017 yildagi 5,7%dan 2019 yilda 6,4%ga yetdi (1-rasm). Mazkur holatni ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ham kuzatish mumkin.



1-rasm. Qurilish sanoatining o`sish surati va uning YaIMdagi ulushi dinamikasi2
Qurilish sanoatidagi o‘sish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar uchun kapital qo‘yilmalar hajmining ortishi bilan bog‘liq. Xususan,O‘zbekistonda 2019 yilda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 21,5 mlrd. AQSh doll. yoki 2018 yilga nisbatan 133,9 % asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu esa, o‘z navbatida, qurilish ishlari va qurilishi materiallari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga olib keldi.
2-rasm. Ayrim davlatlarda qurilish sanoatining YaIMdagi ulushi (foizda, 2018-yil)3
Qurilish sohasi - iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish kafolati
Ma’lumki, pandemiyaning tarqalishi ortidan butun dunyo davlatlari iqtisodiy inqirozga yuz tutmoqda. Global hamjamiyatning bir bo‘g‘ini sifatida global inqirozning salbiy ta’siri O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi. Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lum qilishicha,pandemiya natijasida global iqtisodiyot bu yil 3,0 foizga pastlashi kutilmoqda.



3-rasm. O`zbekiston: 2020-2021-yillar uchun iqtisodiy o`sish prognozlari4
Shuningdek, dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlari iqtisodiyotida pasayish sodir bo‘ladi. Mana shunday ko‘lamdagi inqirozning sodir bo‘lishiga qaramay, xalqaro moliyaviy tashkilotlar 2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida past bo‘lsada o‘sish kuzatilishini prognoz qilmoqda (3-rasm). Keyingi yilda esa iqtisodiy o‘sish o‘zining inqirozdan oldingi trendiga qaytadi.
Bunday ijobiy ko‘rsatkichlarga erishishda hukumat tomonidan ishlab chiqilgan inqirozga qarshi choralarningo‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi talab etiladi. Shu maqsadda, hukumat tomonidan qurlish sohasiga inqirozning salbiy ta’sirini yumshatuvchi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi asosiy soha sifatida qaralmoqda.
Qurilish sanoati iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish borasida katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi. Boisi, qurilish sohasi ko‘plab sanoat tarmoqlari uchun talab yaratadi.Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining hisob-kitoblariga ko‘ra, qurilish sohasining iqtisodiyot uchun multiplikator effekti 1,8ga teng. Ya’ni, qurilish sohasiga kiritilgan 1 birlik investitsiya yalpi ishlab chiqarish hajmining 1,8gako‘paytiradi.Shuningdek, bu sohada 1325 ming nafar aholi ish bilan band.
Iqtisodiy faollikning pasayishi qurilish ishlarini kamaytirishi, bu esa, o‘z navbatida, qurilish materiallariga bo‘lgan talabni pasayishiga va ishsizlik miqdorini ko‘payishiga olib keladi. Shu sababli, karantin davrida qurilish hajmlari kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik va sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 5969-sonli farmoni bilan qurilish sohasiga qo‘shimcha 3,6 trillion so‘m mablag‘ ajratildi.5
Shu maqsadda, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qurilish sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirish borasida aniq yechim va yo‘nalishlar ko‘rsatib berildi. Mazkur chora-tadbirlar qurilish sanoatining uchta eng yirik tarmoqlari – qurilish ishlari, qurilish materiallarini ishlab chiqish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishini qamrab oladi.
Qurilish ishlari qanday jadallashtiriladi?
Joriy yilda 86trillion so‘mlik yoki o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga ko‘p qurilish ishlari bajarilishi kerak bo‘lib, shu maqsadda:
karantin qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda, barcha qurilishlarni davom ettirishga ruxsat beriladi;
qurilish korxonalari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning ob’yektlarga borishi uchun to‘siqsiz harakatlanishiga sharoit yaratiladi;
qurilish ishlarida samaradorlik, mablag‘larni optimizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratiladi va 3,6 trillion so‘m hisobidan bajariladigan loyihalarda ortiqcha sarf-xarajatlar qisqartiriladi;
2020 yilda 30 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, o‘z egalariga topshiriladi.
Shuningdek, inqiroz sharoitida uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va aholining uyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida qo‘shimcha chora tadbilar amalga oshirish belgilandi. Xususan:
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga kreditlarning foiz xarajatlarini qisman qoplash va kredit summasining 50 foizigacha kafolat berish mexanizmi joriy etiladi;
yangi tartib asosida berilayotgan ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilga uzaytiriladi va shu orqali ipotekaga olingan uy-joyning oylik to‘lovi miqdori kamaytiriladi;
uy sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditining eng yuqori chegarasini qayta ko‘rib chiqiladi, bozor talablari asosida ko‘paytiriladi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarishqanday o‘zgaradi?
Qurilish ishlarini ko‘paytirish qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini ham oshirishni taqozo etadi. Shu maqsadda, quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilandi:
import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish. Bunda DSP ishlab chiqarish 1,5 baravarga, santexnika va gazobeton bloklarni 2 baravarga, gulqog‘ozni 3 baravarga oshirilsa, keramik plitalar ishlab chiqarish esa 18 million kvadrat metrga yetkaziladi. Shuningdek, “Kvars” korxonasida yiliga 22 million kvadrat metr oyna ishlab chiqarish loyihasi ham 1 iyulgacha ishga tushishi kutilmoqda.
pandemiya davrida sementni eksport qilishdagi cheklovlar bekor qilinadi, qurilish materiallarini eksport qilishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan yukni tashish jarayonida chegirmalar berilishi masalasi ham ko‘rib chiqiladi;
275ta istiqbolli kon o‘zlashtiriladi. Xususan, joriy yil aprel-may oylarida G‘ozg‘onda 52 million dollarlik 14 ta loyiha ishga tushirilsa, Sharg‘unda gips, Chimboyda keramzit, Paxtachida granit kabi materiallarni o‘zlashtirish jadallashtiriladi;
energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarishda 7 ta loyihani ishga tushirish orqali,gazobeton blok ishlab chiqarishni 1 350 ming kub metrga, bazalt plitalar 73 ming tonnaga, oyna ishlab chiqarish esa 40 million kvadrat metrga yetkaziladi.
Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishida ishlarni kuchaytirishning nostandart choralari
Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishida ishlarni jadallashtirish maqsadida inqirozga qarshi jamg‘armadan qo‘shimcha 1,5 trillion so‘m, xususan suv ta’minoti bo‘yicha 55 ta loyihaga 500 milliard so‘m va yo‘l qurilishi bo‘yicha 1 547 ta loyihaga 1 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur mablag‘lar yordamida orqali joriy yil 1 400 kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 6ming kilometr yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlari bajariladi.
Mazkur tarmoqda ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun yuqoridagi loyihalar zudlik bilan boshlanishi,xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘larini o‘zlashtirishnitezlashtirish, shuningdek yo‘l qurilishiga mahalliy pudrat tashkilotlarini jalb qilishbelgilandi. Shu bilan birga, kechikkan loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun uch smenali ish tashkil etilgan holda ikkinchi chorakda jami amalga oshirilishi belgilangan loyihalarni 60 foizga bajarishgaerishiladi.
Eng muhimi,joriy xarajatlarni optimallashtirish orqali ushbu sohalarning samaradorligini oshirish ko‘zda tutilmoqda. Samarasiz nasoslarni yangilash, xarajat va yo‘qotishlarni qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olinmoqda.Buning o‘zidan elektr energiyasi va boshqa xarajatlarni yiliga 7 milliard so‘m miqdorida kamaytirishga erishish mumkin bo‘ladi6.



1Research and Markets

2 1-rasm. Statistika qo’mitasi ma’lumotlari.

32-rasm. Jahon banki ma’lumotlari.

4 3-rasm. Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi va Fitch agentligi hisobotlari.

5O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 5969-sonli farmoni.

6 Ma’lumotlar"Ekonomicheskoye obozreniye" jurnalidan.

Download 221,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish