14.2. Ish vaqti fondi
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o’z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo’lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
Ish vaqtining normal muddati. Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo’lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilingan taqdirda Mehnat Kodeksining 123-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |