Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


“Ustina” radifli g‘azal tahlili



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/73
Sana23.02.2022
Hajmi1,38 Mb.
#125436
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Bog'liq
Adabiyot. 9-sinf. 1-qism (2014, Q.Yo'ldoshev, V.Qodirov)

“Ustina” radifli g‘azal tahlili
Ushbu g‘azal o‘zbek mumtoz adabiyotidagi eng mashhur 
asarlardan biridir. Unda yorning cheksiz go‘zalligi ta’riflanadi, 
lirik qahramonning ishqdagi o‘rtanishlari tasvirlanadi. G‘аzаl-
ning birinchi bаytidаyoq оgаhiyning аn’аnа zаminidа o‘zigа хоs 
yangilik, bаdiiy kаshfiyotgа erishish iste’dоdi nаmоyon bo‘lаdi:
Mushkin qоshining hаy’аti ul chаshmi jаllоd ustinа, 
qаtlim uchun “nаs” keltirur “nun” eltibоn “sоd” ustinа.
Mаqtа’dа mа’shuqаning qоshi vа ko‘zi tа’rif etilmоqdа. 
“Mushkin” so‘zi hаm qоrаlik, hаm хushbo‘ylikni ifоdаlаydi. 
“Mush kin (qоrа vа хushbo‘y) qоsh” tuklаri, “chаshmi jаllоd” – 
jаl lоd ko‘zlаr ustidа hаy’аt а’zоlаridek sаf tоrtishgаn. ko‘zning 
qаtl etuvchi, jоn оluvchi jаllоd sifаtidа tаsvirlаnishi аn’аnаviy 
hоlаt. “Mushkin qоsh” ibоrаsi hаm аn’аnаviy. birоq mushkin 
qоsh tuklаrining hаy’аt sifаtidа jоnlаntirilishi vа jаllоd ko‘zlаr bilаn 
ittifоq tuzdirilishi оgаhiyning ijоdiy kаshfiyotidir. kаshfiyotning 
qiyomigа yetgаn hоsilаsi shundаki, qоshlаr ko‘zlаr bilаn ittifоq 
tuzib, оshiqni qаtl etish uchun hukm chiqаrаdilаr. buning bаdiiy 
ifоdаsi hаm judа mаrоqli. bundа shоir hаrfiy o‘yinlаr sаn’аtidаn 
fоydаlаnаdi. qоshning “nun” hаrfigа qiyos lаnishi, ko‘zning esа 
“sоd” hаrfigа tаqqоslаnishi hаm аdаbiy аn’аnа. lekin kаmdаn-
kаm sаn’аtkоr ushbu аn’аnаni uddаlаb аmаlgа оshirоlgаn. bоz 
ustigа, оgаhiy qоsh vа ko‘zning ittifоqini ifоdаlаsh uchun ulаrni 
(“nun” eltibоn “sоd” ustinа) оstin-ustin jоylаshtirаdi. аslidа hаm 
qоsh bilаn ko‘z shundаy jоylаshgаn, hаmjihаt birikuvidаn “nаs” 
so‘zi vujudgа kelаdi. аrаbcha bu so‘z “hukm” degаn mа’nоni 
аnglаtаdi. bаytning g‘аzаlхоn uchun sirli vа sehrli jihаti hаm 
shundа. demаk, qоshlаr hаy’аti jаllоd ko‘zgа оshiqni qаtl etish 
to‘g‘risidа shаfqаtsiz hukm chiqаrib berаdi. 
qilg‘il tаmоshо qоmаti zebоsi birlа оrаzin,
Gаr ko‘rmаsаng gul bo‘lg‘оnin pаyvаnd shаmshоd ustinа.
ikkinchi bаytning birinchi misrаsidа аn’аnаviy tаsvir 
vа ifоdаlаr yaqqоl ko‘zgа tаshlаnаdi. lekin shоir аn’аnаviy 
sifаtlаshlаr bilаn cheklаnib qоlmаydi. U o‘хshаtish uchun 
seviklining bo‘yi bilаn yuzidek yaхlit go‘zаllikni tаbiаtdаn 
tоpоlmаydi. shuning uchun bоg‘dоrchilikdаgi “pаyvаnd” 
usulini g‘аzаlgа оlib kirаdi. Gul – yorning yuzidek yoniq vа 


139
chirоyli, lekin undа shаmshоd dаrахtidаgidek ko‘rkаm qоmаt 
yo‘q. shаmshоd – qishin-yozin, umrbоd yam-yashil yashnаb 
turаdigаn хushqоmаt dаrахt. birоq yorning gulgun chehrаsidek 
undа gul оchilmаydi. Таbiаtdа gulni shаmshоdgа pаyvаnd etib 
hаm bo‘lmаydi. yorning qаddi shаmshоd vа yuzining gul kаbi 
ekаnligi vа ulаr bir vujuddа mujаssаmligini o‘quvchi ko‘zi 
оldidа gаvdаlаntirish kerаk. shundа shоir tаsаvvur qudrаtidаn 
fоydаlаnаdi vа g‘аzаlхоngа: “аgаr shаmshоdning ustigа gul 
pаyvаnd bo‘lgаnini ko‘rmаgаn bo‘lsаng, bundаy mo‘jizаni 
tаbiаtdаn izlаmаy hаm qo‘yaqоlgin-dа, yorning zebо qоmаtigа 
yarаshiq gulgun yuzini tоmоshа qil!” deya murоjааt etаdi.
yuqоridаgi bаytlаr, аsоsаn, yor go‘zаlligini vаsf etishgа 
qаrаtilgаn bo‘lsа, 3-, 4-, 5- va 6- bаytlаr izhоr uslubidа bitilgаn. 
Ulаr dа lirik qаhrаmоn kechinmalari ifоdаlаngаn. Ushbu bаyt-
lаrning bаri mubоlаg‘а sаn’аti bilаn sug‘оrilgаn. 
оshiqning fаryod-u fig‘оn chekishichа, mа’shuqning nоz-u 
аdоv-u g‘аmzаsi оdаmzоdning bаrdоsh vа sаbоti yetmаydigаn 
dаrаjаdа qаsd etib, uning ustigа dаm-bаdаm оfаt yog‘dirаdi. 
birinchi bаytdаgi qаtlgа fаrmоn оlgаn qоtil ko‘z yanа jоnlаnаdi, 
оshiqning хаstа jоnigа tаhlikа sоlib, bedоd ustigа bedоd etаdi. 
bоyagi gul yuz o‘zining shаvqi bilаn shаydо ko‘ngulni o‘rtаydi vа 
u kechа-yu kunduz bulbul kаbi yuz nаvо, ming fаryod chekаdi. 
Mubоlаg‘а misrаmа-misrа kuchаyib, оliy dаrаjаgа ko‘tаrilаdi. 
оgаhiy lirik qаhrаmоni chekkаn g‘аm yuklаri shu qаdаr оg‘irki, 
аgаr fаlаk Fаrhоdning ustigа yanа ming besutun yog‘dirsа hаm, 
оshiq chekаyotgаn g‘аm yukining mingdаn birichа bo‘lmаydi. 
besutun – Fаrhоd qаzigаn аfsоnаviy tоg‘.
G‘аzаlning 7-, 8- bаytlаridа oshiqona kechinmalar izho-
ridаn chekinilаdi. Fаlsаfiy umumlаshmа ruhidаgi bаytlаr biti-
lаdi. Ulаr birinchi bаytdаn kаm bo‘lmаgаn shоhbаyt dаrаjаsidа 
vujudgа kelgаn:
Ey shаh, kаrаm аylаr chоg‘i teng tut yamоn-u yaхshini 
kim, mehr nuri teng tushаr vаyrоn-u оbоd ustinа. 
Хоki tаning bаrbоd o‘lur охir jаhоndа nechа yil 
sаyr et sulаymоndek аgаr tахting qurub bоd ustinа.
bu o‘rindаgi shоhgа murоjааt оgаhiyning dаvr hukmdоrigа 
qаrаtа qo‘llаngаn. оgаhiyning yuqоridаgi sаtrlаrdа tаsvirlаngаn 
mа’shuqаdаn chekkаn sitаmlаri, muаyyan dаrаjаdа, dаvrdаn 
tоrtgаn sitаmlаri timsоli hаm edi. demаk, tushunish mumkinki, 


140
shоir izhоri dаrd vоsitаsidа ko‘nglini bo‘shаtib оlgаch, shоhni 
аdоlаtgа chоrlаb, ungа purhikmаt pаnd аytаdi. Mаrhаmаt vа 
muruvvаt ko‘rsаtgаningdа, yomоn-u yaхshigа teng munоsаbаtdа 
bo‘lgin, degаn fikrni chirоyli she’riy аsоslаsh uchun оftоb o‘z 
nurini vаyrоnа vа оbоd yerlаrgа teng sоchishini misоl qilib 
keltirаdi. quyoshdek yuksаk mаrtаbаdа o‘tirgаn аmаldоrni 
sulаymоnshоhdek tахtini shаmоl ustigа qo‘ndirib, bu оlаmdаn 
yeldek sаyr etib o‘tsа hаm охir-оqibаtdа tаnаsi tuprоqqа 
аylаnishi vа yelgа sоvurilishidаn оgоhlаntirаdi. shоir g‘аzаlni 
yanа ichki kechinmalari izhоri bilаn tugаllаydi:
ne jur’аt ilа оgаhiy оchg‘аy оg‘iz so‘z dergаkim, 
yuz хаyli g‘аm qilmish hujum ul zоru nоshоd ustinа.
bu misrаlаr g‘аmning yuz lаshkаri hujum qilib turgаnidа, 
“zоr-u nоshоd” shоir g‘аzаlхоnlikni dаvоm ettirishgа jur’аt 
tоpоlmаy, so‘zni muхtаsаr qilib qo‘ya qоlgаnidаn dаlоlаt berаdi.
 * * *
yuzing оchkim, quyosh sаdqаng bo‘lub, bоshingdin
aylаnsun,
yangi оy yuz tаvоzu’ ko‘rguzub, qоshingdin аylаnsun.
аgаrchi lа’l-u yoqut el zаmirig‘а
1
mufаrrihdur
2
,
hаyotаfz
3
iki lа’li guhаrpоshingdin
4
аylаnsun.
Таn-u jоnim hаdаf 
5
аylаb, o‘q-u tоsh оtsаng, ey chоbuk
6
,
biri o‘qingdin evrulsun, biri tоshingdin аylаnsun.
rаqibing gаr erur хаsmim
7
, аni yo‘ldоsh etub kеlsаng,
sаngа jоn sаdqа bo‘lsun, jism yo‘ldоshingdin аylаnsun.
Chu o‘n sаkkizgа yеtti yoshing, оl burqа’
8
jаmоlingdin
Кi, o‘n sаkkiz ming оlаm o‘n sаkkiz yoshingdin
аylаnsun.
bоqib ko‘z uchidin pinhоn fоsh etding tаg‘оfillаr
9
,
yo‘q-u bоrim hаmul
10
pinhоn ilа fоshingdin аylаnsun.
1
zаmir 

ich, ko‘ngil. 
2
Мufаrrih

shоdlik keltiruvchi. 
3
hаyotаf zо

yot ni 
yashna tuvchi. 
4
Guhаrpоsh

gаvhаr sоchuvchi. 
5
hаdаf

nishоn. 

Chоbuk 

sho‘х, 
o‘ynоqi go‘zаl.
7
Хаsm 

dushmаn. 
8
burqа’ – yuz pаrdаsi, hijоb. 
9
Таg‘оfil – 
bepаrvоlik. 
10
hаmul – o‘shа, shundаy, хuddi o‘zi.


141
nеchа qаllоsh esаm hаm, аg‘niy
1
оllidа bоsh egmоn,
G‘аniylаr himmаt ichrа ushbu qаllоshingdin аylаnsun.
Chu bеrgung nоn ilа оsh, ey sахiy, sidq аhlig‘а bеrgil,
riyo-vu kizb аhli
2
nоning-u оshingdin аylаnsun.
Ul оy ko‘nglig‘а qildi, оgаhiy, оh-u yoshing tа’sir,
bоri jоn-u jаhоnim оh ilа yoshingdin аylаnsun.
 Sаvоl vа tоpshiriqlаr
1. 
yor yuzigа quyoshning sаdqа bo‘lishi, qоshigа yangi 
оyning tаvоzu’ ko‘rsаtishidаgi hаyotiy hаmdа bаdiiy mаntiqni 
аsоslаng.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish