Qarshi davlat universiteti fizika matematika fakulteti


 Plazma yoyi yordamida kukunli va simli materiallarni qoplash tahlili



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana10.04.2020
Hajmi1,26 Mb.
#43584
1   2   3   4
Bog'liq
yeyilgan detallarni istiqbolli usullar bilan biklashda qollaniladigan payvandlash materiallari tahlil


2.4.3. Plazma yoyi yordamida kukunli va simli materiallarni qoplash tahlili. 

         Hozirda    xaydov    traktorlarining    yurish    qismidagi    tutib    turish    katoklari,  

turli  o’qlari  va  qishloq  xo’jalik  mashinalarining  ishchi qismlari  asosan po’lat-

45,40X,50G,60G  lardan    tayyorlanadi.  Qayta  tiklash  jarayonida    turli    qattiq  

qotishmalarning  kukunlaridan  hamda  legirlangan po’lat simlardan va lentalardan 

foydalanib kelinmoqda.  

       Ushbu  texnika  detallarini  plazma  yoyi  yordamida  qayta  tiklashda,  eyilish    

mustaxkamligiga,  qoplama  materialning  qalinligi  va  sifatiga   

asoslanib kukun va sim qoplama materiallari qo’llaniladi.  

        Kombinatsiyalashgan  plazma  yoyi  yordamida  qoplashda  koplangan  metall 

sifati  va  xossalariga  ta`sir  ko’rsatadigan  asosiy  faktorlaridan  bir  bu  ximoya 

muxitini to’g`ri tanlashdir.  

       Plazma  oqimini  ishlatish  bilan  qayta  tiklanayotgan  yuzalarga materiallarni  

qoplashda    materiallarda    kechadigan    o’zgarishlarni    xar  tomonlama    o’rganish  

maqsadida,    hamda    qiyosiy    baholash    ko’rsatkichlarini  olish  uchun, 

kombinatsiyalashgan qoplashda simli qoplama material sifatida  



 

Np    -30XGSA    va    Sv-08G2S    markadagi    simlar    ishlatilgan.    Bularga    mos 

ravishda    ishchi    gaz    sifatida    argon,        karbonat    angidrid    va    azot    gazlari 

ishlatilgan.    Kukunli    material    tarkibini    tanlashda    quyidagi    asosiy  talablarga  

amal  qilish  kerak:   

a)  qoplangan  qatlamni  qo’shimcha  legirlash;      

b)  kukunli  materialni  uzatish  uchun  aktiv  ximoyalovchi  gazlarni  qo’llashda  

tarkibga    ko’p  miqdorda  oksidsizlantiruvchi  elementlarni  (kremniy, alyuminiy. 

marganets va boshqalar) qo’shish.  

       Kombinatsiyalashgan qoplash uchun kukunli qoplama material sifatida asosini  

temir  tashkil  etuvchi  (sormayt-1,  US-25  va  FBX-6-2)  va  nikel asosli  (PG-

XN80SR3)    kukunli    qattiq    qotishmalar    qo’llanilgan.    Lekin,  ayrim    holatlarda  

ijobiy    natijalarga    erishilmaganligi    uchun    ijobiy  natijaga    erishish    maqsadida  

ularning  tarkibiga  alyuminiy  va  kremniy kukunlari  qo’shilgan. 

       Bu  moddalarning  kukunlarini  qo’shilish  sabablari quyidagilardan iborat:  

       1.  Kombinatsiyalashgan  qoplashda  gaz  kukunli  oqim  tarkibi  juda  katta 

axamiyat    kasb    etadi.    Agar    qoplashda    kukunli    materialni    tashuvchi    hamda 

ximoyalovchi  muhit  vazifasini  argon  bajarsa,  yuqori  sifatli  qatlam  xosil  bo’ladi. 

Ammo amaliyot ta`mirlash ishlari uchun inert gazlarni qo’llanilishi  

xar doim ham iqtisodiy tomondan maqsadga muofiq emas.  

       2.  Argon  gazini  azot  va  karbonat  angidrid  gazlariga  almashtirish bo’yicha 

qilingan tadqiqotlar yaxshi natija bermadi. Suyultirilgan metall  

bilan aktiv gazlarning o’zaro ta`siri suyuq vannani qaynashiga va par xosil  

bo’lishiga hamda koplama materialni ko’p miqdorda chachrashiga olib keldi.  

      3.    Bunday    nuqsonlarni    yo’qotish    uchun    kombinatsiyalashgan    ximoyani 

ya`ni    ximoyalovchi    gaz    bilan    kukunli    qattiq    qotishmaga    aktiv 

oksidsizlantiruvchi    moddalar(kremniy,    alyuminiy.    marganets    va    boshqalar) 

qo’shish  zarur.  YUqoridagilardan    kelib    chiqib    quyidagi    tarkibdagi  

kompozitsiyalar: yordamida  kombinatsiyalashgan  qoplash  qo’llanildi  va  ijobiy  

natijalarga erishildi.(jadval 2.9.) 



 

Qoplangan materiallarning eyilishga chidamliligini  qisqacha tavsifnomasi  

Jadval 2.9. 

 

 



            Plazma    yoyi    yordamida    detallarni    turiga    qarab    turib    qoplashda  

quyidagi  tavsiyalar  berish  mumkin.  Traktor  va  avtomobillarning  tirsakli  vallarini 

sormayt 80% va PG-XN80SR4 20% kukunlari aralashmasi bilan  

foydalanish  mumkin.  Ushbu  moshinalarning  va  boshqa  turdagi texnikalarning 

o’qlarini,  vallarni  ta`mirlash  va  puxtalash  uchun  quyidagi  kukun  aralashmasini 

(sormayt  77%  +  PG-XN80SR4  20%  +  Alyuminiy  4%),  qo’llash  mumkin. 

Alyuminiy kukuni qo’shilishi natijasida uglerod va boshqa  

legirlovchi  moddalarning  kuyib  ketishi  sezilarli  darajada  kamayadi, g`ovaklarni  

paydo  bo’lishini  oldini  oladi  va  katlamni  yuqori  sifatini  

ta`minlab  beradi.   



 

       Alyuminiy    kukuni    qo’llanilganda    plazma    yoyi    yordamida    qoplash 

jarayonini  ximoya  gazlarisiz  amalga  oshirishni  imkoni  yaratiladi  va    detallarni 

tiklash uchun bo’lgan sarflarni ancha kamaytiradi.  

     Ta`minlovchi (ximoya) gazi sifatida uglerod angidridi SO2 gazini xam ishlatish  

mumkin.    Bu    xollarda    alyuminiy    kukunini    o’rniga    ferrosilitsiy  kukuni 

ko’shiladi  3-6%.  Turli  detallarni  yuzalarini  plazma  yoyi  yordamida  qoplash  va 

purkash jarayonini  iqtisodiy  tamonlarini  ancha  kamaytirish  maqsadida  qoplash 

materialining  quyidagi  optimal  tarkibdan  tuzilgan  –  sim  Np-30XGSA (72%) 

va kukun  Sormayt-1 (28 %). foydalanish mumkin:  Qoplama metalning  qattiqligi  

NRS-55 gacha bo’ladi.  

 

2.5. Payvandlash  usullarida qo’llanadigan ishchi gazlar 



haqida umumiy ma`lumot. 

       Payvandlash    bilan    qoplash    va    purkash    usullarda    qo’llanadigan    ishchi  

gazlar  asosan  ikki  xil  vazifani  bajarishga  mo’ljallangan,  ya`ni  ximoya  

muxitini yoki yonuvchi gaz vazifasini.  

      Payvandlashda,    qoplashda    va    purkashda    ishlatiladigan    ximoya    gazlari  

barchasi ikkita guruxga bo’linadi: faol gazlar, ya`ni ular metallarda eriydi  

va ular bilan riaktsiya beradi (azot, vodorod, karbonat angidridi SO2) xamda inert 

gazlari (argon, geliy).  

        Karbonat  angidridi  SO2  asosan  qora  metallarni  payvandlashda  va  

qoplashda  qo’llanadi.  Bu  gaz  asosan  ximoya  muxitini  bajaradi  va  kerak  

bo’lganda  kukun  materiallarni  uzatuvchi  vositasini  bajaradi.   

       Sanoatda  karbonat  angidridi  gazi  suyuq  xolatda  ishlab  chiqiladi  va  po’lat 

ballonlarda 7,5 MPa bosimda tarqatiladi.  

      Vodorod  N2  gazi  asosan  po’latdan  tayyorlangan  buyumlarni  gaz  alangasi  

yordamida    payvandlashda    va    qoplashda    qo’llanadi.    U    kislorod    bilan 

aralashgandan so’ng portlovchi aralashmani xosil qiladi. Vodorodni suvdan  

elektroliz, vodorod tarkibiga kirgan gaz aralashmalaridan yoki suv bug`idan  

parchalash  yo’li  bilan  olinadi.   



 

        Vodorodni  saqlash  va  kerakli  joylarga etkazish  uchun  po’lat  ballonlarga  

15  MPa  bosimda  qadaladi.  Vodorod  gaz alangasi  yordamida  xamda  plazma  

yoyi    yordamida    ko’prov    kesish    jarayonida  qo’llanadi.  Azot    N    mis,    uning  

qotishmalaridan    va    po’latlardan    tayyorlangan  detallarni    payvandlashda    va  

qoplashda  qo’llanishi  mumkin.  Bu  gaz payvandlash  yoki  qoplash  jarayonida  

metall    bilan    reaktsiyaga    kirishganda  erimaydigan    nitridlar    hosil    qiladi    yoki  

metall  chokida  erib  ketadi.  

         Sanoatda    azot    gaz    xolatda    ishlab    chiqiladi    va    po’lat    ballonlarda    15  

MPa    bosimda  tarqatiladi.  Istiqbolli  usullarda  bu  gaz  ko’proq  ximoya  muxitini 

vazifasini bajaradi.  

       Argon    Ar    asosan    qora    va    rangli    metallardan    tayyorlangan    detallarni  

payvandlash, qoplash va purkash usullarida qo’llanadi.  

      Sanoatda  argon  gaz  xolatda  ishlab  chiqiladi  va  po’lat  ballonlarda  15  MPa 

bosimda  tarqatiladi.  Argon  gazi  nisbatan  qimmat  bo’lganligi  uchun  uni  boshqa  

gazlar bilan aralashmasini qo’llash tavsiya etiladi.  

      Geliy  inert  gazi  bo’lganligi  sababli  uni  ko’p  istiqbolli  usullarda ishlatish 

mumkin. Geliy gazini qo’llashda yuqori sifatli qoplamalar olish  

mumkin.  Lekin,  bu  gaz  nayob  va  narxi  ancha  yuqori  bo’lganligi  sababli  uni 

faqat    qimmatbaxo    va    ta`mirlash    uchun    nozik    bo’lgan    detallarni    qoplashda 

qo’llanishi tavsiya etiladi.    

       Gaz alangasi yordamida payvandlashda, qoplashda va purkashda yonuvchi gaz 

sifatida  atsetilendan  tashqari  metan,  propan,  koks,  shaxar  gazlaridan  kerosin  

bug`idan  xamda  ularning  aralashmasidan  foydalanish  mumkin.       YOnuvchi 

gazlarning tasnifi 2.10 jadvalda keltirilgan.   

         Sanoatda    alangani    xosil    qilish    uchun    yuqorida    keltirilgan    gazlardan 

tashqari    turli    portlovchi    moddalardan    ham    foydalanish    mumkin.    Bu 

moddalarga  asoslangan  usullar  turli  sabablarga  xozirda  unchalik tarqalmagan.  

 

 


 

YOnuvchi gazlarning tasnifi 

Jadval-2.10. 

 

          Ayrim  payvandlash  uchastkalarida  yuqorida  keltirilgan  gazlarni  



quvurlardan foydalanib uzatib beriladi. Aksariyat gazlar esa ballonlarga damlab 

yoki quyilib payvandlash uchastkalariga olinib kelinadi.  Gaz ballonlarining 

umumiy ko’rinishlari rasm 2.5. keltirilgan  

 

 



Rasm 2.5. Ayrim gaz ballonlarining umumiy ko’rinishi 

 

III.ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH.  

3.1. Ta`mirlash korxonasining asosiy ko’rsatkichlarini xisoblash. 

         Ta`mirlash    korxonasining    asosiy    parametrlari    jumlasiga  kuyidagilar  

kiradi:    TXK    va    ta`mirlash    soni    bilan  ifodalanadigan    dastur,    bajariladigan  

ishlarning  ish  vaqti soatlaridagi  sermexnatliligi;  ish  tartibi  va  vakt  fondlari; 

ishlab  chikarish  maromi,  mashinalarni  ta`mirlash  muddati;  ishchi  o’rinlari, 

ishchilar, uskunalar va maydonchalar soni.  

       Qishloq  xo’jalik  texnikasini  ta`mirlash  yillik  dasturini    aniklash  usullari. 

Fermer  xo’jaliklarning  va  boshka  turdagi  ish  yuritish  sub`ektlarining  traktorlar, 

avtomobillar,  kombayinlar  va    qishloq    xo’jalik    mashinalarini    ta`mirlash    yillik  

dasturi mashinaning  xar  kaysi  markasi  bo’yicha  ta`mirlash  va  murakkab texnik 

xizmat  ko’rsatish  turlari  soni  va  muddatlarini  xisoblash  asosida    tuziladi.  

Kuyidagilar    xisoblashlarni    tuzish    uchun  dastlabki  ma`lumotlar  sifatida  xizmat 

kiladi:  fermer    xo’jaligi    yoki    MTP    xo’jaligi  mexanizatsiyalashtirilgan  

guruxining  yillik  ishlab  chiqarish topshirigiga muvofiq mashinani ish bilan rejali 

ta`minlash;  mashinaning    oxirgi  kapital  yoki  joriy  ta`mirlashdan  (agar  oxirgisi  

joriy    bo’lgan    bo’lsa)    rejalanadigan    yil    boshigacha  bajargan  ish  xajmi; 

mashinaning texnik xolati; mashinaning ta`mirlashlar orasida bajargan ish xajmi.  

        Ta`mirlanadigan  mashinalar  sonini  (ishlab  chikarish  dasturi)    kuyidagi  

usullarning  biri  yordamida  aniklash  mumkin: analitik, grafik va jadval usuli.  

        Analitik  usul  mashinalarni  ish  bilan  rejali  ta`minlash  va  ularning  

ta`mirlashlar  orasida  bajargan  ish  xajmi  orasidagi bog`lanishni xisobga oladi.  

        Topilgan    xisoblash    ma`lumotlarini    jamlab,    bir    yilda  ta`mirlanadigan 

mashinalar sonini topamiz.  

        Ta`mirlash  korxonasining  asosiy  ko’rsatkichlarini (parametrlarini) xisoblash 

uchun:  

1.  Hisoblanayotgan  xudud  yagona  o’lchagichlar  xisobida  yoki xudud bo’yicha 

traktorlar va mexanizatsiyalashtirilgan ishlarning umumiy xajmini aniklash.  

2.Mashinalar  va  uskunalarga  TXK  va  ta`mirlashdada solishtirma mexnat sarfi 

normalarini aniklash xamda tanlash.  


 

3.Ko’rib    chikilayotgan    zona    yoki    xo’jalikda    foydalanish  taxmin    kilingan  

traktorlarning  markalari  bo’yicha  traktor ishlari xajmini taksimlash.  

4.Solishtirma    normalarga    ko’ra    mashinalarga    TXK    va  ta`mirlashda 

sarflanadigan umumiy mexnatni xisoblash.  

5.Mashinalar va uskunalarga TXK va ta`mirlash ishlarining umumiy  xajmini  bu  

ishlar    bajariladigan    joyda    taksimlanishi  va    tuzatishlar    kiritilishi  

(ixtisoslashtirilgan  korxonalarda ishlar  samaradorligining  ortishi  tufayli  mexnat  

sarfining kamayishi).  

6.Ta`mirlash    bazasi    turli    zvenolarining    etishmaydigan  kuvvatlari  va  talab 

kilinadigan kapital mablag`larni aniklash.  

Traktor    va    mexanizatsiyalashtirilgan    ishlarning    umumiy  xajmi    zonadagi  turli 

tuman    dala    ekinlarining    fizik    (tabiiy)  maydonlarini    tegishli    ko’chma  

koeffitsientlarga    ko’paytirib  olinadi.  Viloyat  (respublika),  tuman  yoki  fermer 

xo’jalik bo’yicha traktor  va  mexanizatsiyalashtirilgan  boshka  ishlar  xajmi  besh 

yillik  muddatga  yoki  belgilangan  boshka  xisoblash  sanasi  uchun olinadi.  

         Ishlar    xajmini    bajariladigan    joyda    taksimlash.  Mashinalarga    TXK    va  

joriy  ta`mirlash  sodda  bo’lgan  ishlar xajmi  50-52%ni,  kapital  ta`mirlashni  o’z  

ichiga  oladigan murakkab  ta`mirlash  ishlarining  xajmi  48-50%ni  tashkil kiladi.  

         Kishlok    xo’jaligida    MTPga    TXK    va    ta`mirlash  tajribasidan    umumiy  

ishlar  xajmini  kuyidagi  ravishda taksimlash mumkin:  

 1.kismlarga  ajratish,  yig`ish,  rostlash  va  sinash  ishlari-60%;  

 2.mashina va detallarni tashki yuvish-6%;  

 3.chilangarlik—mexanik ishlar-8%;  

 4.payvandlash usullardagi va temirchilik ishlar -24 %;   

 5.bo’yash-2 %.  

Korxonaning vakt fondlari kuyidagicha aniklanadi:  

a) ishchilar va uskuna ishining yillik nominal vakt fondi  

            Fi.u=(di*tsm-dd*tk)*n,           (3.1)  

bu erda di-yildagi ish kunlari soni (6 kunlik ish xaftasida   

di =305);  

tsm-smenaning uzunligi (8 soat);  



 

dd-dam olish va bayram kunlari soni (dd = 58 kun);  

tk-dam  olishdan  oldingi  va  bayramdan  oldingi  kunlarda  

smenani kiskarish vakti;    

n-smenalar soni (n=1 da Fi.u.=207 soat, Fi=207 soatga teng).  

b)  ishchilar ish vaktining xakikiy yillik fondi  

Fi.x= (Fi.u.+ d0*tsm)ηi.v.              (3.2)  

bu erda d0-bir yilda otpuska ish kunlarining umumiy soni:  

ηi.v.-ish vaktidan foydalanish koeffitsienti (ηi.v=0,97).   

(Fi.x.=1840 soat)  

v)  uskunalar ish vaktining xakikiy yillik fondi  

Fu.i.=Fi.u-ηo-n,  (Fu.i.=2030 soat)           (3.3)  

bu erda ηo uskunadan foydalanish koeffitsienti (ηo=0,98).  

Kuyida  ta`mirlash  korxonalarining  ishlab  chikarish  

ishchilari sonini xisoblash keltirilgan:  

1)ishchilarning bir yildagi o’rtacha soni  

Ro’.r.=Tj/Fi.x.                             (3.4)  

bu  erda  Tj—  korxona  ishi  yilda  talab  kiladigan  jami  

mexnat, kishi-soat;  

F — ishchining yillik vakt fondi, soat,  

2) i.x — ishlab chikarish ishchilarining ro’yxatdagi soni  

Ro’.r.=Tj/Fi.u.          (3.5)  

3)ishlab chikarishda ishga kelgan ishchilar soni   

Ri.k.=Tj/Fi.x.*ηi.v.       (3.6)  

Ish o’rinlari sonini xisoblash:  

1)xar bir ish o’rni bo’yicha ishchilar soni kuyidagi formula  

bilan aniklanadi:  

Ri.o’.=Ti.o’/τ                  (3.7)  

bu erda Ti.u—ma`lum ish o’rnida ishlarni sermexnatliligi,  

kishi-soat;  

τ—umumiy ta`mirlash maromi;  

2)xar  bir ish joyida ishchining ish bilan ta`minlanishi  



 

kuyidagicha aniklanadi;  

It=Ri.k./Rr*100%                 (3.8)  

3)ish o’rinlari (It) soni  

Io’=Ti.o’./τ*Ri.o’.                   (3.9)  

bu  erda  Ri.o’.-ayni  ish  turini  bajarish  uchun  zarur  bo’lgan  

ishchilarning umumiy soni, kishi;  

Ti.o’. — xar bir ish o’rni bo’yicha ishlarning sermexnatliligi, kishi-soat.  

3.2.Eyilgan  detallarni  qayta  tiklash  ishlab  chiqarish uchastkasini tashkil etish  

Mavjud    mashina  traktor  parklarida  va  AGROMASHSERVIS  korxonalarida,  

qoidalarga    asosan,    ishdan    chiqqan    va    eyilgan  detallarni    qayta    tiklash  

uchastkalari  bo’lishi  kerak.  Uchastkalar MTPning  yoki  AGROMASHSERVIS  

korxonasining    xajmiga    va  ta`mir    qilinadigan    mashinalarning    turiga    bog`liq  

bo’ladi.  

            Uchastkalar  odatda  xilma-xil  shakl  va  turdagi  detallarni  qayta tiklashga  

mo’ljallangan    universal    stanoklar    bilan    jixozlangan  bo’ladi.    SHu    turdagi    

uchastkalar    jixozlari    xam    slesar-mexanik  uchastkalari    jixozlarni  

joylashtirishning  qoida  va  normalari kabi qoidalar asosida joylashtiriladi.    

            Payvandlab    qoplab    qayta    tiklash    uchastkasining    tuzilishi,  ishlab  

chiqarish    maydonining    xajmi,    ish    joylarining    soni  bartaraf  etiladigan 

nuqsonlarning 

xususiyatiga, 

qo’llaniladigan  materiallarga,    payvandlash  

usullariga,  qayta  tiklanadigan detallarning  vazifasi,  o’lchamlari  va  shakliga,  

AGROMASHSERVIS    korxonasi    yoki    MTPning    turiga,    uning  quvvatiga    va  

mutaxassislashtirilganlik  darajasiga  bog`liq bo’ladi.  

            Eyilgan    detallarni    qayta    tiklash    uchastkasida    umumiy  ishlarga  

mo’ljallangan  tokarlik  stanogi,  jilvirlash  stanogi, charxlash  dastgoxi,  slesarlik  

stoli,    turli    asbob-uskuna    va  shkaflar    bilan    bir    qatorda    turli    payvandlash  

qurilmalari bo’ladi.   

           Detallarni  qayta  tiklash  uchastkasining  ish  xajmi,  ishchilar  soni,  

jixozlarning  turi  va  soni,  ishlab  chiqarish  maydoni  va shunga o’xshash asosiy 

ko’rsatkichlarini  ta`mirlash  korxonalarini  loyixalashdagi  kabi  uslublarda 

xisoblanadi.  



 

          Eyilgan    detallarni    qayta    tiklashning    yillik    ish    xajmi  quyidagicha 

aniqlanadi:  

                                                   Tyx=WTdA  

bu erda: W  –  qayta tiklanadigan detallarning yillik soni,  

Td    –    bitta  detalni qayta  tiklashga sarflanadigan  ish  xajmi, a    –  yillik dasturning 

o’zgarishini xisobga oluvchi koeffitsient. Donali vaqt quyidagicha aniqlanadi:  

                                                  Td = Ta + Ttt/n  

bu  erda:  Ta  –  bitta  letalni  qayta  tiklashga  ketgan  asosiy vaqt;  

Ttt  –  detalni qayta tiklashga tayyorlash va tugatishga ketgan qo’shimcha vaqt.  

Asosiy vaqt quyidagilardan tashkil topadi:  

                                            Ta = To + Tq + Ttxk + Tdt  

bu erda: To-operatsiya vaqti; Tq-qo’shimcha vaqt; Ttxk-ish joyiga  texnik  xizmat  

ko’rsatish  vaqti;  Tdt-dam  olish  va  tanaffuslar vaqti.  SHundan  so’ng  umumiy  

ish  xajmi  yillik  qayta  tiklashlar soni bo’yicha aniqlanadi.  

Ishchilaring  yillik  vaqt  fondi  -    yillik  ish  kunlari  soni,  smenaning    davomiyligi,  

smenalar    soni,    dam    olish    va    bayram    kunlari  soni,  otpuska  kunlari  soni, 

qisqartirilgan  kunlar  soni,  ish    vaqtidan    foydalanish    koeffitsientlari    kabilar  

asosida xisoblab topiladi.  

           Stanoklar    va    uskunalarning    yillik    ish    vaqti    fondi    –  yillik  ish  vaqti, 

uskunadan foydalaish koeffitsienti, smenalar soni kabilar asosida xisoblab topiladi.  

Ishchilar soni eyilgan detallarni qayta tiklash uchun talab etiladigan yillik umumiy 

ish  xajmini    bir  ishchining  xisoblab    topilgan  yillik  ish  xajmiga  bo’lish  orqali 

topiladi.  

                                                            

 

bu  erda:    ΣΤ    -    eyilgan  detallarni  qayta  tiklash  uchun  talab  etiladigan    yillik  



umumiy  ish  xajmi;  F

Y

   -  bir  ishchining hisoblab topilgan yillik ish hajmi.  



         SHu  asosida  stanok  va  dastgoxlar  soni  va  ishlab  chiqarish maydonlari  

xisoblab    topiladi.    Ishlab    chiqarish    maydonini  hisoblashda    stanokning  

egallaydigan    maydoni,    ishchining    egallaydigan    maydoni,    qo’shimcha  


 

jixozlarning    egallaydigan  maydoni  va  ularga  o’tishni  xisobga  oluvchi  o’tish 

koeffitsientlari kabilar xisobga olinadi.  

Misol  tariqasida,  gaza  alangasi  yordamida  qoplash  va  purkash  uchastkasining 

jixozlarning joylashish sxemasini keltiramiz.  

Qayta  tiklash  uchastkada  jixozlarning  joylashish  sxemasi rasm 3.1. keltirilgan  

 

 

Rasm 3.1. Qayta tiklash uchastkada jixozlarning joylashish sxemasi.  



1-  gaz  ballonlari; 2-asbob  uskunalar  uchun  shkaflar;  3-gaz alangasi yordamida 

qoplash  (purkashsh)  uskunasi;  4-kukun  quritish  pechi;  5-    qayta    tiklanadigan  

detallar    uchun    stellaj;    6-tiklangan  detallar  uchun  stellaj;  7-tokarlik  stanogi;  8-

jilvirlash stanogi; 9- charxlash dastgohi; 10-slesarlik stoli.  

        Boshqa    usullar    uchun    qayta    tiklash    uchastkasining    xajmi,  jixozlarning  

joylashish    sxemasi    va    jixozlarning    turlari    o’zgarishi  munosabati  bilan  bu 

uchastkani loyxasi o’zgaradi.  

 


 

IV. IQTISODIY QISM 



4.1. YAngi usul bilan detallarini qoplash, qayta tiklash va puxtalashning 

iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini aniqlash. 

        Eyilgan detallarni biz tanlagan  yangi usulda qayta tiklash iqtisodiy samarasi  

ushbu    usulning    turli    va    ko’p    qirrali    afzalliklari    hisobga  olinadi.  Bunda  bir-

biridan  tubdan  farq  qiluvchi  va  aniq  detallar  guruhiga  xos  bo’lgan  holatlarni 

belgilab  olish  kerak.  YOki  iqtisodiy  samaradorlikni  xisoblashda  quyidagi 

yo’nalishlardan foydalanish mumkin.   

1.Qayta  tiklashning  mavjud  va  yangi  taklif  etilayotgan  usullarini  bir-biriga 

solishtirish orqali .  

2.Taklif  etilayotgan  usul  yordamida  qayta  tiklangan  detalning  texnik-iqtisodiy  

ko’rsatkichlarini  yangi  detalning  ko’rsatkichlari  bilan solishtirish orqali.  

3.    Taklif    etilayotgan    usul    yordamida    eyilgan    detallar    qayta  tiklanibgina 

qolmay,  ularning  eyilishga  chidamliligi  ham  bir  necha  marta  ortishi    va    buning  

oqibatida  detallarning  ishlash  muddati  sezilarli darajada ortirishiga erishilishi.  

4.Tiklamoqchi    bo’lgan    detallarimizni    yangi    va    eski    usullari    bilan  qoplash 

imkoniyati mavjudligi.  

          Donali  vaqtni,  ish  razryadini,  bir  vaqtning  o’zida  ish  bilan  mashg`ul 

ishchilar  sonini  va  tarif  setkasini  bilgan  holda  ish  hajmining  puldagi ifodasini 

topish mumkin. Bu ko’rsatkichlar ishlab chiqarish normativlarida berilgan bo’ladi.   

Qayta tiklash tannarxi mehnat sarfidan tashqari, yana elektroenergiya, payvandlash  

materiali,  qo’shimcha  materiallar,  jihoz  va  binolar amortizatsiyasi  kabi  qator  

harajatlarni  o’z  ichiga  oladi.  Har  bir  sarf-xarajat  o’lchashlar,  kuzatishlar  va  

normativlar  asosida  aniqlanadi.  

      Aniqlangan    tannarx    asosida    taklif    etilayotgan    qayta    tiklash    usulining 

mavjud    usullarga    nisbatan    yoki    loyihalanayotgan    boshqa    yangi    usullarga 

nisbatan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Usulning maqsadga  

muvofiqligini  aniqlash  iqtisodiy  samaradorlik  orqali  amalga oshiriladi.   

YAngi    texnologik    jarayon    mavjud    texnologiyaga    nisbatan    mahsulot  sifatini  

ortishini    ta`minlagani    uchun    (masalan,    mashinaning    xizmat  muddatini),  yillik 



 

iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:  

                                    

 

bu  erda:  S1  ,S2    -  mavjud  va  yangi  texnologiya  bo’yicha  qayta  tiklangan 



detal yoki birikmaning tannarxlari; K1 ,K2 – mavjud va yangi texnologiyani joriy 

qilish  uchun  qo’shimcha  kapital  ajratmalar;  T1  va  T2  –  mavjud  va  yangi 

texnologiya    bo’yicha    qayta    tiklangan    detal    yoki    birikmaning    xizmat 

muddatlari;  Nkt  –  mavjud  va  yangi  texnologiya  bo’yicha  qayta  tiklanadigan 

detal  yoki  birikmalarning  yillik  hajmi;  En  –  kapital  ajratmalarning normativ 

koeffitsienti (En = 0,15).  

    Mavjud    va    yangi    texnologiya    bo’yicha    qayta    tiklangan    detal    yoki 

birikmaning    tannarxini    hisoblashda    uni    metallomga    topshirish    narxi  hisobga 

olinadi va u quyidagicha hisoblab topiladi:  

                                    

 

bu erda Six –  ish xaqi harajatlari, so’m  



                                         

 

bu erda   Ssix – ishchilarning soatlik ish xaqi, so’m  



      Td -  bitta detalni qayta tiklash uchun sarflangan vaqt, soat  

      Kd -  qo’shimcha ish xaqini hisobga oluvchi koeffitsient  

      K2 -  ish joyiga xizmat ko’rsatish koeffitsienti  

              Cm –  material sarfi, so’m  

                                      

 

bu erda Smb – payvandlash materialining narxi, so’m  



      Tm  - detalni qayta tiklash uchun material sarfi, kg  

              Cqold – detalning qoldiq bahosi, so’m  

              Ca –     amortizatsiya chegirmalari, so’m  

Bino uchun 

  

bu erda B -  ishlab chiqarish maydoni, m2    



     S -  bir kv. metr ishlab chiqarish maydonining narxi, so’m  

     a  -  binoning amartizatsiya chegirmalari  



 

Jihozlar uchun 

 Jihozlarni joriy ta`mirlash uchun   

 

Cjor. ta`m. –    jihozlarni joriy ta`mirlash uchun harajatlar, so’m 



Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish