Pollinoz. Etiologiya, patogenez, diagnostika, zamonaviy davolash usullari va profilaktikasi



Download 4,01 Mb.
bet19/20
Sana14.04.2022
Hajmi4,01 Mb.
#551536
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
POLLINOZ KASALLIGI (LOTINCHA)

Spetsifik immunoterapiya
Hozirgi paytgacha pollinozni davolash usullaridan eng samaralisi allergenlar bilan maxsus davolash bo’lib qolmoqda. Bu usul 70 yildan ortiq vaqt mobaynida qo’llanilmoqda va u o’zining foydali tomonlarini ko’rsatdi. Maxsus davolash faqat allergolog xonasida va shifoxonalarda o’tkaziladi. Uni mavsumdan oldin, ya’ni kasallikning tinch davrida – kishda ko’rsatmalar va moneliklarni hisobga olgan holda o’tkaziladi. Erta boshlangan maxsus davolash 75 - 85 foiz hollarda samara beradi.
Pollinozga chalingan bemorga asta – sekin dozani oshirib borish bilan allergen yuborish, keyinchalik bemor shilliq qavatlarini allergenga bo’lgan ta’sirchanligini chaqiradi, natijada bemorda uzoq muddatli (3-5 va ko’p yil) remissiya davri paydo bo’ladi.
SIT mexanizmi hozirgi kungacha oxirigacha aniq yemas. SITda 1- va 4-sinflarga kiruvchi va antitana ishlab chiqarishini bloklovchi IgG ishlab chiqariladi deb tahmin qilinadi.
SITni faqat vrach allergolog allergologiya kabinetida amalga oshiradi. Allergenni dozasini oshirgan holda teri ostiga, burun ichiga, til ostiga, peroral yuboradi. SIT 1 yoki 2 guruh allergenlarga ta’sirlanuvchi kichik yoshdagi bemorlarga ko’proq samaraliroqligi ma’lum. Davolash har yili 3-5 yil davomida o’simliklar gullamaydigan vaqtda o’tkaziladi. Davo samarali bo’lishi uchun bemor dispenser nazoratida bo’lishi va kasallik o’choqlari sanatsiya qilinishi kerak.
Bemorda pollinozni 1-simptomlari namoyon bo’lganda uni tezroq vrach – allergologga yuborish kerak, chunki davolash qancha tez boshlansa shuncha samarali bo’ladi.


Profilaktika:
2018 yil 11-mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Allergik kasalliklarni profilaktika kilish va ularga tashxis kuyish va davolashni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida PQ-3715-sonli karori kabul kilindi. Ushbu qarorni ijrosini taminlash natijasida juda ko’plab allergik kasalliklarni oldini olish chora tadbirlari ishlab chiqildi.
Allergik kasalliklarini oldini olish usullariga kasallik oldi davrida ishlab chiqarishdagi zararli omillarga qarshi kurashish, profilaktik ko’riklar o’tkazish, kasallik xurujini oldini olish va davolashlar kiradi. Allergik kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari har tomonlama bo’lishi kerak, ular birlamchi va ikkilamchi tadbirlarga bo’linadi.
Birlamchi chora-tadbirlarga, asosan atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy umumdavlat chora-tadbirlarini ishlab-chiqarish, yashash sharoiti va mehnat sharoitini qulaylashtirish, ishlab chiqarishdagi kasbga oid zararli omillarga qarshi kurashish kiradi. Bunga yana tibbiy (dispanser ko’rigi) va alohida xususiy tadbirlar (chekishni tashlash) ham kiradi.
Ikkilamchi chora-tadbirlarga bular bemorlarni shifoxonalarda, poliklinikalarda, tibbiy sanitar qismlarida, sanatoriyalarda davolash va sog’lig’ini tiklash, allergologik kuzatish usullarini tashkil qilish kiradi.
Xususan pollinozni oldini olish uchun shaharda begona o’tlarni yo’q qilish katta ahamiyatga ega. Atopik kasalliklari bor bemorlar xonadonidan ortiqcha yumshoq jihozlar, gilamlar va boshqa chang yig’uvchilarni chiqarib tashlash lozim. Xonalarni faqat namlangan usulda tozalash va ro’zg’orda havoni namlaydigan asboblardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish