Politexnika instituti


  1. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

208 
1. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari. 
Mustaqillik davrida O’zbekiston jahon arenasida xalqaro munosabatlarning o’z ovoziga ega 
bo’lgan  teng  huquqli  subyekti  sifatida  namoyon  bo’la  boshladi.  asrning  so’nggi  o’n  yilligida 
dunyoda  tub  o’zgarishlar  yuz  berdi.  Turli  qarama-qarshiliklar  avj  olib,  xalqaro  vaziyat  alg’ov-
dalg’ov  holatiga  kelib qoldi.  Tabiiyki,  O’zbekistonning  boy  tabiiy  zahiralari,  muhim  geografik 
joylashuvi, buyuk merosi, bag’rikeng, tanti hamda zahmatkash xalqi, mamlakatning boshqa qator 
o’ziga xos jihatlari ham jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg’otar, ayrim g’arazli kuchlarning 
"ishtahasini"  qo’zg’otar  edi.  Mamlakatimiz  tevarak  atrofida  unga  go’yoki  "beg’araz  yordam" 
qo’lini  cho’zayotgan,  nima  qilsa  "to’g’riyu",  nima  qilsa  "noto’g’ri"  bo’lishini  chetdan  turib 
"o’rgatishga, "yo’riqnomalar berib turishga harakat qilayotgan davlatlar yo’q emasdi. 
 
Bu  davrda  qo’shni  mamlakatlardagi  ijtimoiy-iqtisodiy  tanglik,  siyosiy  boshboshdoqlik, 
ayniqsa, ayrim davlat boshqaruv organlarining "falajlik" holatiga tushib qolishi O’zbekistonning 
tinchligiga rahna soluvchi ichki va tashqi kuchlarga qulay sharoit yaratdi. Bularning hammasini 
tahlil qilgan xorijiy sharhlovchilar Bolqon yarim orolida yuz berayotgan fojialarning Markaziy 
Osiyoda takrorlanishi yoki Afg’oniston mojarosi mintaqani o’z domiga tortib olishini "bashorat 
qilardi. Bu hududning "bolqonlashuvi" yoki "afg’onlashuvi haqida turli siyosiy sharhlar tayyorlab 
qo’yilgan edi. 
Mustaqillikning ilk yillarida va undan keyin ham O’zbekiston juda katga sinovlarga duch 
keldi, mamlakat atrofida turli murakkab vaziyatlar, qurolli mojarolar, fojiaviy voqealar to’xtovsiz 
yuz  berib  turgan  bir  paytda  davlat  va  jamiyatni  taraqqiyotga  yetaklash,  xalqning  tinchligi  va 
barqarorligini ta‘minlash mamlakat rahbaridan o’ta donolik, mislsiz shijoat va metin irodani talab 
etardi.  Prezident  Islom  Karimov  O’zbekiston  aholisini  ana  shunday  sinovlardan,  bo’hron  va 
larzalardan eson-omon olib chiqish sharafiga muyassar bo’ldi. 
Jahon  tajribasi  shuni  ko’rsatadiki,  biron  mustaqil  davlatning  jahon  siyosat  maydonidagi 
o’rnini birov chetdan kelib, tayyorlab bermaydi. Davlat bu yo’lda xorijiy hamkorlar tomonidan 
ko’rsatiladigan  do’stona  munosabat,  qo’llab-quvvatlash  bilan  birga,  jiddiy  muammolarga, 
kutilmagan vaziyatlar, shuningdek, ba‘zi xalqaro kuchlar tomonidan bildirilayotgan ishonchsizlik, 
ochiqdan-ochiq tazyiq o’tkazishga urinish holatlariga doimo tayyor turishi kerak. Bu fikrimizga 
mustaqil O’zbekiston tarixi misol bo’la oladi. 
Har  bir  davlat  va  uning  rahbari,  avvalo,  o’z  xalqi  kuchiga  ishonib,  beminnat  tashqi 
hamkorlikka  tayangan  holda,  Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi,  xalq  farovonligini  ta‘minlashga, 
mamlakatni turli qaltis vaziyatlardan talofatsiz olib chiqishga erishmog’i darkor. Hozirgi kunda 
Yer yuzida 3,5 mingdan ortiq millat va elatlar yashab turib, ulardan faqat 200 ga yaqinigina o’z 
davlagchiligiga ega ekanligi bunday vazifa naqadar murakkab va uni amalga oshirish qat‘iyatli, 
eng sobitqadam xalq uchungina munosib bo’lishini tasavvur qilish qiyin emas. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga davlat tashqi siyosatining bosh tamoyillarini 
o’zida  aniq  va  ochiq-oydin  ifoda  etgan  alohida  bob  kiritildi.  Qomusning  "Tashqi  siyosat"  deb 
nomlangan 4-bobi "Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki 
kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizlgi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa 
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan 
boshqa  qoidalari  va  normalariga  asoslanadi",  deya  bayon  etildi.  17-moddada  "Respublika 
davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ittifoqlar 
tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi 
mumkin", degan qoida muhrlab qo’yildi.
 
Milliy manfaatlarni sobitqadamlik bilan  ilgari surish, davlat mustaqilligi va suverenitetini 
mustahkamlash,  Markaziy  Osiyoda  geosiyosiy  muvozanatni  saqlash;  siyosiy,  iqtisodiy,  savdo-
sotiq, transport va boshqa sohalardagi xalqaro aloqalarni keng diversifikatsiya qilish O’zbekiston 
tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari etib belgilandi.
 
Tashqi aloqalarning qonuniy asosini yaratish jarayoni bilan bir paytda xorijiy mamlakatlar 
bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish va izchil rivojlantirib borish mexanizmlarini zudlik bilan 
shakllantirishga kirishildi. Shu tariqa O’zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, chet 


209 
ellardagi elchixonalari va konsullik xizmatlari tashkil etildi. Davlat uchun yangi bo’lgan xalqaro 
munosabatlar  sohasini  milliy  kadrlar  bilan  muntazam  ta‘minlab  borish  maqsadida  1992  yil  23 
sentabrda mamlakat tarixida va Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib, Toshkentda Jahon iqtisodiyoti 
va diplomatiya universiteti ochildi.
 
1991-2001 yillarda O’zbekistonni dunyoning 165 ta davlati tan oldi, 120 dan ortiq davlatlar 
bilan diplomatik munosabatlar o’rnatildi. Mamlakatimiz 100 dan ziyod xalqaro tashkilotlarning 
to’laqonli  a‘zosi  bo’ldi.  O’zbekiston  dunyoning  46  davlatida  o’zining  diplomatik  va  konsullik 
vakolatxonalarini  ochdi.  Mamlakatimiz  poytaxti  Toshkentda  44  xorijiy  davlatlarning 
elchixonalari, 9 konsullik vakillari, 15 xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsata 
boshladi.
 
O’zbekiston  nafaqat  siyosiy  va  iqtisodiy  jihatdan  barqaror  mamlakat,  xalqaro  maydonda 
ishonchli  hamkor  sifatida,  balki  global  va  mintaqaviy  xavfsizlikni,  xalqaro  barqarorlikni 
ta‘minlashga bevosita daxldor davlat sifatida ham jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egalladi. 
Bu borada O’zbekiston xalqaro "xavfsizlikning bo’linmasligi tamoyiliga" amal qildi (Karimov
 
I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
 
taraqqiyot  kafolatlari.  -T.:  O’zbekiston,  1997.  B.  167,325),  globallashuv  davrida  har  qaysi 
davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa 
mintaqa  va  hududlar  bilan  chambarchas  bog’liq  ekanligi,  biron  mamlakatning  bu  jarayondan 
chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini yaxshi anglagan holda ish tutdi (Karimov I.A. 
Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. -T.: Ma‟naviyat, 2008. B.111.).
 
O’zbekiston bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik tamoyiliga 
amal  qildi.  O’zi  ilgari  surgan  ilk  xalqaro  tashabbuslardayoq  O’zbekiston  Markaziy  Osiyoda 
xavfsizlikni  ta‘minlashga  va  shu  orqali  global  barqarorlikni  mustahkamlashga  hissa  qo’shish 
yo’lidan  borishi  aniq  namoyon  bo’ldi.  Xususan,  O’zbekistonning  birinchi  Prezidenti  Islom 
Karimovning  mintaqaviy  xavfsizlik  tizimini  yaratish  va  shu  orqali  jahonda  tinchlik  va 
barqarorlikni ta‘minlashga qaratilgan muhim tashabbuslari qatorida BMT Bosh assambleyasining 
minbaridan  turib,  (1993  yil  28  sentabr)  Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zona  tuzish 
g’oyasini aytib o’tish o’rinlidir. Ushbu tashabbusni amalga oshirish bo’yicha olib borilgan xalqaro 
muzokaralar,  tinimsiz  say-harakatlar  natijasida  2009  yili  21  martda  mintaqadagi  beshta  davlat 
tomonidan  imzolangan  "Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  hudud  tuzish  to’g’risidagi 
shartnoma  kuchga  kirdi.  Bu  xalqaro  hujjatga  binoan,  mintaqa  davlatlari  yadroviy  qurol  ishlab 
chiqarmaslik  va  uni  o’z  hududida  joylashtirmaslik  majburiyatini  zimmalariga  oldilar.  Mazkur 
shartnomaning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, u Markaziy Osiyodagi beshta davlatni bir-
biriga bog’lab turuvchi xavfsizlik sohasidagi eng birinchi va shu kungacha yagona fundamental 
shartnomadir.
 
Mintaqada  barqarorlik  va  tinchlikni  saqlashga yo’naltirilgan  eng  muhim  tashabbuslardan  biri 
sifatida  Islom  Karimovning  qo’shni  Afg’onistondagi  qurolli  mojaroga  chek  qo’yish,  mintaqa 
xavfsizligi  va  barqarorligiga  xavf  solayotgan  terrorizm  va  aqidaparastlik,  noqonuniy  qurol  va 
giyohvand moddalar savdosiga qarshi birgalikda kurashish bilan bog’liq ham siyosiy, ham iqtisodiy, 
ham  ijtimoiy  masalalarni  qamrab  olgan  qator  amaliy  takliflar  majmuasini  aytib  o’tish  mumkin 
(Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-j. -T.: O’zbekiston. 1996. B. 30-38.).
 
Jumladan,  1997  yili  Prezident  Islom  Karimov  Afg’oniston  bilan  qo’shni  olti  mamlakat, 
shuningdek, AQSH va Rossiya davlatlari ishtrokida BMT shafeligi ostida afg’on muammosini
 
muzokaralar  yo’li  bilan  yechishga  qaratilgan  "6+2"  muloqot  guruhini  tuzish  tashabbusi  bilan 
chiqdi.  Ushbu  tashabbusni  amalga  oshirish  maqsadida  qator  siyosiy-diplomatik  chora-tadbirlar 
ko’rildi.  Toshkent,  Nyu-York  va  Afg’oniston  hududida  mazkur  mamlakatda  davom  etayotgan 
qurolli  to’qnashuvlarning  ishtirokchilari  bilan  maxsus  muzokaralar  olib  borildi  va  1999  yilga 
kelib,  O’zbekistonda  BMT  shafeligida  "6+2"  muloqot  guruhining  Afg’oniston  muammosi 
yechimiga  bag’ishlangan  xalqaro  anjumanini  o’tkazishga  erishildi.  Toshkent  shahrida  bo’lib 
o’tgan  ushbu  tadbirda  birinchi  bor  Afg’onistonda  o’zaro  nifoqlashayotgan  kuchlar  vakillarini 
umumiy muzokaralar davrasida jamlashga muvaffaq bo’lindi. Bu o’zbek diplomatiyasining tarixiy 
yutuqlaridan biri edi.
 


210 
Shuni  alohida  ta‘kidlash  joizki,  mazkur  yig’ilishda  qabul  qilingan  "Afg’onistondagi 
ziddiyatni tinch yo’l bilan hal etilishining asosiy tamoyillari" to’g’risidagi Toshkent deklaratsiyasi 
BMTning muhim hujjati sifatida e‘tirof etilgan.
 
Mustaqillikning  ilk  davridanoq  davlatimiz  rahbariyati  Afg’onistonda  yig’ilib  qolgan 
muammolarga o’z vaqtida e‘tibor qaratilmasa, tegishli xalqaro chora-tadbirlar amalga oshirilmasa, 
mazkur  mamlakatda  yuz  berayotgan  qonli  voqealar  avj  olishi,  oxir-oqibatda,  nafaqat  qo’shni 
davlatlarga,  balki,  xalqaro  barqarorlikni  ta‘minlashga  ham  salbiy  ta‘sir  ko’rsatishi  haqida 
ogohlantirib keldi. Jahon hamjamiyatini  afg’on muammosini  hal  etishga chorlovchi chaqiriqlar 
BMT Bosh assambleyasi majlisi minbaridan turib aytilgan paytlarda, "bu muammo O’zbekiston 
uchun juda dolzarbdir, lekin biz uchun juda yiroqda" degan fikrda befarq o’tirgan siyosatdonlar 
qattiq  yanglishdilar.  Terrorchi  kuchlar  tomonidan  2001  yil  11  sentabrda  aynan  BMT  qarorgohi 
joylashgan  Nyu-York  shahrini  larzaga  solgan  dahshatli  terroristik  tajovuz  natijasida  minglab 
kishilarning qurbon bo’lishigina ularni uyg’ota oldi.
 
Ushbu  voqeadan  keyin  Afg’onistonda  harbiy  operatsiyalarni  boshqarayotgan  NATOning 
2008  yil  2  aprelda  Buxarestda  o’tkazilgan  yalpi  yig’ilishida  Prezident  I.A.Karimov  "afg’on 
muammosi"ni faqat harbiy kuch ishlatish yo’li bilan bartaraf etib bo’lmasligi, bu zaminda tinchlik 
va xotirjamlikka asosan muloqot yo’li bilan erishish mumkinligini ta‘kidladi. O’z paytida ijobiy 
natija bergan "6+2" muloqot guruhini "6+3" shaklida, yani mavjud voqelikni inobatga olib, ushbu 
guruh tarkibiga Afg’onistondagi vaziyatga bevosiga aloqador bo’lgan NATOni qo’shgan holda 
qaytadan ishga tushirish tashabbusini ilgari surdi.
 
Eng muhimi, O’zbekiston o’zining taklif va g’oyalarini amaliy ishlar bilan mustahkamlab 
bordi. Chunonchi, mamlakatimiz Afg’onistonda yo’llar, temir yo’llar, ko’priklar qurilishida faol 
ishtirok etdi. Afg’oniston tarixida eng birinchi zamonaviy temir yo’l aynan O’zbekiston tomonidan 
"Termiz-Hayraton-Mozori-Sharif"  yo’nalishida  qurib  bitkazildi  va  2010  yili  ishga  tushirildi. 
Qo’shni mamlakat poytaxti Qobul shahrini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta‘minlay boshlagan 
mamlakat  ham  aynan  O’zbekiston  bo’ldi.  Hozirgi  kunda  ham  O’zbekiston  mazkur  qo’shni 
mamlakat  iqtisodiy  infrastrukturasini  rivojlantirishga  katta  hissa  qo’shib  kelmoqda.  Ikki 
tomonlama  munosabatlarda  o’zaro  foydali  savdo-sotiq  aloqalarini  ravnaq  toptirish,  siyosat 
borasida  ichki  ishlarga  aralashmaslik,  yaxshi  qo’shnichilik  an‘analariga  sodiq  qolish  yo’lidan 
bormoqda.
 
2018  yilning  mart  oyida  Afg’oniston  bo’yicha  o’tkazilgan  yuqori  darajadagi  Toshkent 
konferensiyasi  zamonaviy  Afg’oniston  tarixida  xalqaro  miqyosdagi  eng  qamrovli  anjuman 
bo’lganini ta‘kidlash lozim.
 
Konferensiya  yakuni  bo’yicha  qabul  qilingan,  uning  barcha  qatnashchilarining  yakdil 
pozitsiyasi ifoda etilgan Toshkent deklaratsiyasi Afg’onistonda tinchlik o’rnatish bo’yicha o’ziga 
xos Dastur bo’ldi.
 
Ma‘lumki,  Afg’onistondagi  vaziyatni  barqaror  etishning  muhim  sharti  –  mamlakatni 
iqtisodiy jihatdan tiklashdan iborat.
 
Bu borada biz Afg’onistonda transport va logistika, energetika, savdo va ta‘lim sohalarida 
yirik qo’shma loyihalarni amalga oshirishga kirishdik.
 
O’zbekiston tomonidan qurilayotgan Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasi, Termiz 
shahrida afg’on fuqarolarini o’qitish uchun ochilgan Ta‘lim markazi, bojxona terminaliga ham ega 
bo’lgan Termiz-kargo logistika markazi, Mozori Sharif-Hirot va Mozori Sharif-Kobul-Peshavor 
temir yo’l liniyasi loyihalari ishlab chiqilayotgani shundan dalolat beradi.
 
O’zbekiston rahbariyatining butun Markaziy Osiyo taqdirini hal qila oladigan darajada o’ta 
keskin,  o’ta  tahlikali  vaziyatlarda  ham  vazminlik  bilan  eng  maqbul  qarorlar  qabul  qilishga 
qodirligini  amalda  tasdiqlagan  yana  bir  mashaqqatli  sinov  2010  yili  10  iyun  kuni  Qirg’iziston 
janubida yuz bergan xunrezlik va fojiali voqealar bo’ldi.
 
O’sha yilning 11-14 iyun kunlari qo’shni Qirg’izistonning O’sh va Jalolobod viloyatlarida 
o’zbek  millatiga  mansub  fuqarolarga  qarshi  xunrezliklar  mintaqamizda  misli  ko’rilmagan 
gumanitar halokat yuz berishiga olib keldi. Qirg’izistonning qariyb yarim million aholisi halokatli 
qirg’inbarotdan  qutulish  ilinjida  o’z  uy-joylarini  tashlab,  boshqa  hududlarga  qochib  o’tishga 


211 
majbur  bo’ldi.  Yuz  mingdan  ko’proq  o’zbek  millatiga  mansub  kishilar  najot  izlab  O’zbekiston 
chegarasida  to’plandi.  Ularni  qutqarish  uchun  chegarani  ochishga  va  Andijon  viloyatida 
qochqinlar uchun zaruriy shart-sharoitlarni zudlik bilan yaratishga to’g’ri keldi.
 
Chegara hududi va O’zbekistonning ichkarisida, ayniqsa, qirg’iz va o’zbek millatiga mansub 
aholi  yonma-yon  istiqomat  qiladigan  joylarda  osoyishtalikni  saqlash,  mamlakatimizda 
kutilmaganda  paydo  bo’lgan  yuz  mingdan  ortiq  qochqinlar,  bolalar,  xotin-qizlar,  qariyalarni 
vaqtinchalik yashash joylari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, tibbiy yordam va boshqa zaruriy narsalar 
bilan ta‘minlash maqsadida katta kuch, mehnat va resurslar safarbar etildi.
 
O’zbekistonning  birinchi  Prezidenti Islom  Karimov  BMT  Bosh  kotibi Pan  Gi  Mun  bilan 
telefon orqali muloqotida mazkur tashkilotni Qirg’iziston janubida sodir etilayotgan xunrezliklarni 
to’xtatish, vaziyatni o’nglash, jabrdiydalarga zudlik bilan yordam ko’rsatishga da‘vat etdi. Shu 
bilan  birga,  tomonlar  o’rtasida  yuzaga  kelgan  murakkab  vaziyatdan  tinch  yo’l  bilan  chiqish 
yo’llari, avvalo, Qirg’izistondagi vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
 
O’zbekiston  rahbariyati  xunrezlik  va  zo’ravonliklarni  jazosiz  qoldirmaslikka,  bu  musibat 
bo’yicha  mustaqil  xalqaro  tekshiruv  o’tkazish,  ushbu  qonli  vahshiyliklarning  barcha 
buyurtmachilari, tashkilotchilari va ijrochilarini jinoiy javobgarlikka tortishda BMT boshchiligida 
xalqaro hamjamiyat amaliy ishlarni bajarishi lozimligini ta‘kidladi. O’zbekiston rahbariyati qabih 
niyatda tashkil etilgan ushbu voqealarning yanada rivojlanishiga, shafqatsiz zo’ravonlikning avj 
olib,  millatlararo  nizodan  davlatlararo  mojaroga  aylanishiga  yo’l  qo’ymaslik,  tomonlar  orasida 
o’zaro qahru-g’azabni jilovlash, ekstremizmning shiddatli tus olishining oldini olishda tezkor va 
keng qamrovli choralar ko’rdi. "Faqat aql-idrok, oddiy haqiqatni, ya‘ni ushbu zaminda ko’p asrlar 
davomida  o’zbeklar  va  qirg’izlar  yonma-yon  yashab  kelgani  va  bundan  buyon  ham  ularning 
farzandlari  hamda  avlodlari  ko’p  asrlar  mobaynida  birga  yashashini  teran  anglash  bizga  va 
xalqimizga  mazkur  fojianing  Markaziy  Osiyoda  qarama-qarshiliklarning  yangi,  keng  ko’lamli 
o’chog’iga aylanib ketishining oldini olishda muhim omil bo’ldi", deb ta‘kidlagan edi Prezident 
Islom Karimov.
 
O’zbekiston  rahbari  aytib  o’tganidek,  o’sha  kunlari  qirg’izlarning  o’zi  ham,  Qirg’iziston 
janubida yashayotgan ko’p sonli o’zbeklar ham uchinchi kuchlar tomonidan puxta o’ylangan va 
uyushtirilgan aksiyaning qurboniga aylandi, deyish uchun bugun barcha asoslar bor. Qabih niyatda 
amalga oshirilgan bu to’qnashuvdan maqsad mamlakatda nafaqat tartibsizlik va parokandalikni 
yuzaga  keltirish,  balki  O’zbekistonni  ushbu  vahshiyona  xunrezlikka  tortish,  pirovard  natijada, 
millatlararo qarama-qarshilikni ikki qo’shni mamlakat Qirg’iziston hamda O’zbekiston o’rtasidagi 
davlatlararo qarama-qarshilikka aylantirishdan iborat edi (Karimov I.A.
 
Demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  – 
mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.: O’zbekiston. 2011. B. 13-14.).
 
O’zbekiston o’zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, 
ushbu  mintaqani  barqaror  taraqqiyot  hududiga  aylantirishga  yo’naltirilgan  boshqa  qator 
tashabbuslarni ham ilgari surib, mintaqaviy masalalardan tortib, Yer shari va insoniyat taqdiriga 
daxldor bo’lgan ulkan vazifalarni ham jahon hamjamiyati e‘tiboriga havola etmoqda. Orolbo’yi 
hududidagi  ekologik  fojia  oqibatlarini  bartaraf  etish,  mintaqadagi  transchegaraviy  suv 
zahiralaridan  oqilona  foydalanish,  O’rta  Osiyo  Fors  ko’rfazi  transport  koridorini  yaratishga 
qaratilgan taklif va tashabbuslar shular jumlasidan.
 
Tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  mavjud  muammolarni  hal  etishda  asosiy  rolni  mintaqa 
davlatlarining  o’zlari  o’ynashlari  darkor.  Bu  g’oya  2012  yil  10  sentabrda  qabul  qilingan 
O’zbekiston  Respublikasining  "Tashqi  siyosiy  faoliyati  konsepsiyasi"da  rasman  e‘lon  qilingan 
(O’zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi // "Xalq so’zi" gazetasi, 2012 
yil 7 avgust.).
 
Ushbu  Konsepsiyada  Markaziy  Osiyo  mintaqasiga  alohida  e‘tibor  qaratilgan  va 
"O’zbekistonning  hayotiy  muhim  manfaatlari  shu  mintaqa  bilan  bog’liq"  ekanligi  rasman  e‘tirof 
etilgan.  Unda  Markaziy  Osiyo  o’zining  muhim  geosiyosiy  joylashuvi  va  mineral  xom  ashyo 
resurslarining ulkan zahiralariga ega ekanligi tufayli jahon miqyosida kuchli e‘tibor obyektiga, yirik 
davlatlarning strategik manfaatlari to’qnashadigan hududga aylanib borayotgani ta‘kidlangan. Yirik 
davlatlar Markaziy Osiyo davlatlarining o’z rivojlanish modeli va siyosiy yo’lini belgilashiga ta‘sir 


212 
o’tkazishga  urinayotgani,  mintaqada  o’z  maqsadlarinigina  ko’zlayotgan  tashqi  kuchlarning  o’zaro 
raqobati  kuchayib  borayotgani  ko’rsatilgan.  Shuningdek,  dunyoning  yirik  davlatlari  tomonidan 
mintaqada olib borilayotgan o’zaro geosiyosiy raqobat inobatga olinib, "Markaziy Osiyo muammolari 
tashqi  kuchlarning  aralashuvisiz,  mintaqadagi  davlatlarning  o’zlari  tomonidan  yechilmog’i  zarur", 
degan fikr bayon etilgan.
 
Konsepsiyada xavfsizlikka rahna solayotgan an‘anaviy va noan‘anaviy tahdidlarning turlari 
kengayib  borayotgani,  mamlakatimiz  chegaralari  yaqinida  keskinlik  va  tanglik  o’choqlarining 
saqlanib  qolayotgani  e‘tirof  etilgan.  Shu  munosabat  bilan  ushbu  hujjatda  bayon  etiladiki, 
O’zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday 
davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o’zida 
saqlab qoladi. Konsepsiyada birinchi bor quyidagi muhim qoidalar muhrlab qo’yildi: "O’zbekiston 
o’zini  qo’shni  davlatlardagi  qurolli  ziddiyatlarga  tortilishining  oldini  olish  maqsadida  tegishli 
choralarni  ko’radi;  o’z  hududida  xorijiy  davlatlarning  harbiy  bazalari  va  obyektlari 
joylashtirilishiga  yo’l  qo’ymaydi;  O’zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlari  xorijdagi 
tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi".
 
O’zbekiston  xalqaro  munosabatlarda  tinchliksevarlik  yo’lidan  borib,  xalqaro  va  davlatlararo 
muammolarni urush yo’li bilan hal etishga qat‘iyan qarshi chiqadi va jahon hamjamiyati davlatlari 
o’rtasida harbiy mojarolar chiqishini preventiv diplomatiya vositasida bartaraf qilishda faol ishtirok 
etishni,  ziddiyatlarni  keskinlashtiradigan  sabablarga  barham  berishga  yoki  ularni  yengishga  kuch-
g’ayrat sarflashni o’z tashqi siyosatining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Mudofaa doktrinasiga binoan, 
O’zbekiston  jahondagi  birorta  ham  davlatni  o’zining  dushmani  deb  hisoblamaydi,  o’z  harbiy 
qo’shinlarini faqat milliy chegaralar doirasida joylashtirish, ayni vaqtda, o’z fuqarolarining hayoti va 
qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini o’z zimmasiga oladi, o’zini o’zi mudofaa qilishdek muhim 
hayotiy  huquqini  amalga  oshiradi,  davlatning  harbiy  qudrati  va  mudofaa  qobiliyati  oqilona  zarurat 
darajasida bo’lishini ta‘minlaydi, xorijiy davlatlar bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni izchillik bilan 
rivojlantirib boradi.
 
Bunday  oqilona  siyosat  butun  dunyoda  qurolli  mojarolar  borayotgan  bugungi  davrda 
umumbashariy  tinchlikni  saqlash  yo’lida  milliy  darajada  tashlangan  muhim  qadamlardan  biri 
bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Yana shuni ham ta‘kidlash kerakki, hozirgi zamonda dunyo 
hamjamiyatiga  izchil  integratsiyalashuvni  ta‘minlashda,  eng  avvalo,  harbiy  kuch  emas,  balki 
oqilona  siyosat  va  diplomatiya,  aql-idrok,  fikr-mulohaza  hamda  izchil  rivojlanib  borayotgan 
iqtisodiy salohiyat xal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
 
Tashqi savdo va iqtisodiy aloqalar. Jahon tarixidan ma‟lumki, globallashuv davrida mustaqil 
taraqqiyot  yo’liga  kirgan  hech  bir  mamlakat  o’z  qobig’iga  o’ralgan,  xalqaro  hamjamiyatdan 
ajralgan  holda  rivojlana  olmaydi.  O’zbekiston  ham  bundan  mustasno  emas,  Prezident  Islom 
Karimov  "Iqtisodiyotimizning  kelajagi  uning  jahon  xo’jaligiga  qo’shilishiga  bog’liq",  deb 
ta‟kidlagan edi (Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 
248.).  Bunga  erishishning  muhim  shartlaridan  biri  sobiq  mustabid  tuzumdan  qolgan  yopiq, 
ma‟muriy  buyruqbozlik  asosida  ishlaydigan  iqtisodiyotni  ochiq,  bozor  munosabatlari  negizida 
rivojlana  oladigan  butunlay  yangicha  modelga  o’tkazishdan  iborat  edi.  Shu  bois  O’zbekiston 
tashqi iqtisodiy aloqalari uchun mustahkam poydevor yaratish, zarur siyosiy, huquqiy va tashkiliy 
mexanizmlarni shakllantirish yo’lidan bordi. Bu yo’lda uchragan mashaqqatli vaziyatlarni qat‟iyat 
bilan yengib o’ta boshladi.
 
SSSR parchalanganidan keyin ilgari yagona mexanizmni hosil qilgan ishlab chiqarish tizimi 
ham  parokandalikka  yuz  tutdi.  Markaz  esa  MDH  doirasidagi  qator  kelishuvlarga  qaramasdan, 
Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  iqtisodiyotini  "ortiqcha  yuk"  deb  hisoblay  boshladi,  o’z 
muammolarini  hal  qilish  bilan  band  bo’lib,  sherik  davlatlardagi  dolzarb  masalalarga  kerakli 
darajada e‘tibor qaratmadi.
 
Bundan tashqari, MDH davlatlari bilan savdo-sotiqda erkin valyuta bilan emas, imkon qadar 
barter yo’li bilan hisob-kitob qilishga urinish avj oldi. Sobiq Ittifoq davridan qolgan markaziy bank 
tizimi esa, asosan, Rossiya Federatsiyasi manfaatlari doirasida ish yurita boshladi. Butun MDH 
doirasida pulning qadrsizlanishi jarayoni misli ko’rilmagan giperinflyatsiya darajasiga ko’tarildi, 
Hamdo’stlik davlatlarining barchasida iqtisodiy beqarorlik vujudga keldi.
 


213 
O’zbekiston  bozor  munosabatlariga  o’tishning  o’ziga  xos  yo’lini  tanlash  jarayonida 
rivojlangan mamlakatlarning ko’p asrlik tajribasiga, shuningdek, o’zbek xalqining milliy tarixiy 
merosi,  turmush  tarzi,  an‘analari  va  ruhiyatiga  tayandi.  Prezident  Islom  Karimov  tomonidan 
xalqimizning "Yangi uyni qurmasdan, eskisini buzmang", degan fikriga asoslanib, "Davlat – bosh 
islohotchi"  tamoyili  asosida  iqtisodiy  islohotlarning  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bosqichma-bosqich 
usuli tanlab olindi. Milliy iqtisodiy tizim asoslari, institut va boshqaruv mexanizmlarini yaratishda, 
milliy  valyuta,  milliy  bank  va  moliya  infratuzilmasini  shakllantirishda,  tashqi  savdo,  iqtisodiy 
hamkorlik, chet el sarmoyalarini jalb etish sohalarida o’ta mas‘uliyatli tarixiy qadamlar tashlandi.
 
1992 yil 26 martda O’zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil 
etildi. O’zbekiston Respublikasi "Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida"gi Qonuni qabul qilinishi 
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda asosiy tamoyillarni belgilab berdi, bu borada yagona 
davlat siyosatini olib borishda muhim omil bo’ldi. Bu "avval iqtisod, keyin siyosat" shiori ostida 
ish tutib, xalqaro hamkorlar bilan ularning mafkuraviy qarashlaridan qat‘i nazar, teng huquqli va 
o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlarini o’rnatishga kirishildi. Bunda umume‘tirof etilgan 
xalqaro  huquq  normalariga  rioya  qilish,  xalqaro  tartiblar  va  standartlarga  izchillik  bilan  o’tish 
ko’zda tutildi.
 
1993-1994  yillar  davomida  bosqichma-bosqich  tarzda  o’ta  mas‘uliyatli  vazifa  milliy 
valyutani 
joriy 
etish 
chora-tadbirlari 
amalga  oshirildi.  O’zbekiston  Respublikasi 
Konstitusiyasining  122-moddasi  va  "O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  mustaqilligining  asoslari 
to’g’risida"gi  Qonunning  11-moddasi,  shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
1993 yil 3 sentabrdagi qaroriga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan boshlab, O’zbekiston Respublikasi 
hududida qonuniy to’lov vositasi bo’lgan milliy valyuta "so’m" muomalaga kiritildi.
 
1994 yildan O’zbekiston Jahon Savdo tashkilotining savdo va tariflar bo’yicha bosh bitimi 
(GATT)ga  qo’shildi  va  uning  xalqaro  savdo-sotiq  borasidagi  qoidalarini  bosqichma-bosqich 
tarzda  amalga  tadbiq  qila  boshladi.  Shu  bilan  birga,  O’zbekistonning  dunyo  hamjamiyatidagi 
o’rnini  mustahkamlash  va  tobora  kengaytirib  borish  maqsadida  tashqi  savdo  va  iqtisodiy 
hamkorlik  aloqalarini  tartibga  soluvchi  qonunlar,  normativ  hujjatlarning  dastlabki  majmuasi 
yaratildi. O’zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to’g’risida"gi (1998 yil 30 aprel), 
"Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi 
(1998  yil  30  aprel),  "Xorijdan  mablag’  jalb  qilish  to’g’risida"gi,  "Tashqi  iqtisodiy  faoliyat 
to’g’risida"gi (2000 yil 26 may) va boshqa qator qonunlar shular jumlasidan. Ularda yurtimizning 
xorijiy mamlakatlar bilan faol va keng ko’lamli hamkorlik o’rnatishi uchun mustahkam huquqiy 
poydevor yaratib berildi.
 
Milliy istiqlolning ilk davridanoq chet el investorlari ishtirokida strategik ahamiyatga ega 
bo’lgan qator ustuvor loyihalarni amalga oshirishga erishildi. Ulardan eng yiriklari qatorida AQSH 
va  Yaponiya  firmalarining  "Kellog-Nisho  Ivai"  konsorsiumi  bilan  hamkorlikda  Ko’kdumaloq 
konida  zamonaviy  kondensant  kompressor  stansiyasi  qurilishi,  Fransiyaning  "Teknip"  va 
Yaponiyaning  "Marubeni  Djey  Djisi"  kompaniyalari  bilan  hamkorlikda  Buxoro  neftni  qayta 
ishlash  zavodini  qurib  bitkazish,  Markaziy  Osiyodagi  eng  yirik  Farg’ona  neftni  qayta  ishlash 
zavodini  Yaponiyaning  "Mitsui"  firmasi  ko’magida  modernizatsiya  qilish,  AQShning  "ABB 
Lummus  Global"  firmasi  bilan  SHo’rtan  gaz-kimyo  majmuini  qurish  va  boshqa  shu  kabi  yirik 
loyihalarni sanab o’tish mumkin.
 
Xalqaro hamkorlar bilan samarali sherikchilik asosida ishlab chiqarish va eksport borasida 
O’zbekiston  uchun  mutlako  yangi  sohalar  yaratildi.  Bunga  misol  tariqasida  Prezident  Islom 
Karimov  tashabbusi  bilan  Asaka  shahrida  qurilib,  1996  yilning  19  iyulida  ishga  tushirilgan 
avtomobil zavodini aytib o’tish joiz. Bu yirik loyihaning amalga oshirilishi xalqimiz bunyodkorlik 
salohiyatining,  mamlakatimiz  iqtisodiyoti,  xususan,  sanoat  ishlab  chiqarishining  yorqin 
timsollaridan biriga aylandi. Avtomobilsozlik sanoati mustaqil O’zbekiston iqtisodiyotining eng 
yosh, ammo shiddat bilan rivojlanayotgan muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. Yurtimiz dunyoda 
avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 davlat safiga qo’shildi. Avtomobilsozlik, motorsozlik va ularga 
butlovchi qismlar tayyorlaydigan, neft va gazni ilg’or zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta 
ishlaydigan, zamonaviy uy jihozlari va boshqa qator yangidan-yangi mahsulot va tovarlar ishlab 


214 
chiqaruvchi  sohalar  rivojlanishi  natijasida  mamlakatimizning  dunyo  bozorlaridagi  o’rni 
mustahkamlanib  bordi.  Mamlakatda  900  turdagi  yangi  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarilishi 
yo’lga  qo’yildi.  Dunyo  bozorlari  mahsulotlarida  "O‘zbekistonda  ishlab  chiqarilgan"  "Made  in 
Uzbekistan" degan belgi paydo bo’ldi.
 
2000 yilda respublika eksporti dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari bozorlariga kirib bordi. 
Bu  davrga  kelib,  O’zbekiston  uzoq  xorij  mamlakatlarining  38  tasi  bilan  o’zaro  qulay  savdo-
iqtisodiy rejimiga ega bo’lib, ular bilan "Sarmoyalarni o’zaro himoya qilish to’g’risida bitimlar 
tuzdi.  Bunday  bitimlar  Germaniya,  Buyuk  Britaniya,  Turkiya,  Misr,  Indoneziya,  Malayziya, 
Pokiston,  Finlyandiya,  Koreya  Rsspublikasi,  AQSH,  Fransiya  kabi  davlatlar  bilan  imzolandi. 
Kanada,  Xitoy  Xalq  Respublikasi,  Turkiya,  Gollandiya,  Germaniya,  Shveysariya  banklari  va 
firmalari bilan hukumatlararo 32 ta yirik kredit bitimlariga imzo chekildi.
 
Shu asnoda mustaqillikning dastlabki yillaridan beri izchillik bilan bilan hayotga tadbiq etib 
kelinayotgan  va  xorijiy  mutaxassislar  tomonidan  "taraqqiyotning  o’zbek  modeli"  deb  e‘tirof 
etilgan islohotlar strategiyasi amaliyotda o’z ijobiy natijasini berayotgani yaqqol namoyon bo’ldi. 
Bu jarayonlarga izoh berar ekan, Prezideng Islom Karimov o’zining BMT sammitining Mingyillik 
rivojlanish  maqsadlariga  bag’ishlangan  yalpi  majlisidagi  nutqida  shunday  dedi:  "Biz  avval 
boshdan "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni chetdan turib joriy etishga urinishlardan, "bozor 
iqtisodiyoti o’zini o’zi tartibga soladi", degan o’ta jo’n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik, 
"yangi  uyni  qurmasdan  turib,  eskisini  buzmang"  degan  hayotiy  tamoyilga  tayangan  holda, 
ma‘muriy  buyruqbozlik,  mustabid  tizimdan  boshqaruvning  bozor  tizimiga  o’tish  jarayonida 
tadrijiy yondashuvni tanladik" (Karimov I.A. Demokratiya: islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.: 
O’zbekiston, 2011-B. 19.)
 
2008  yil  14  iyulda  Xalqaro  valyuta  jamg’armasi  (XVJ)  Ijrochi  direktorlari  kengashi 
O’zbekistonni  iqtisodiy  rivojlantirishning  yuqori  iqtisodiy  o’sish  sur‘atlari,  makroiqtisodiy 
barqarorlikni  izchil  mustahkamlash  va  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilayotgan  tarkibiy 
o’zgarishlarda  o’z  ifodasini  topayotgan  natijalarini  yuksak  baholadi.  XVJ  mutaxassislari 
O’zbekistonda  yuritilayotgan  qat‘iy  soliq-byudjet  siyosati,  puxta  o’ylangan  makroiqtisodiy 
strategiya va izchil amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlar yuqori iqtisodiy o’sish sur‘atlari 
barqarorligi,  savdo  va  to’lov  balansining  ijobiy  saldosini  yanada  mustahkamlash,  oltin-valyuta 
zahirasini  ko’paytirish,  shuningdek,  mamlakat  qarzini  o’tish  davri  iqtisodiyotini  boshidan 
kechirayotgan mamlakatlar orasida eng past darajagacha kamaytirishni ta‘minladi, degan xulosaga 
kelishdi.
 
Jahon  iqtisodiy  inqirozi  davrida  O’zbekiston  yalpi  ichki  mahsulotining  yillik  o’sishi  8 
foizdan  kamaymadi.  Bunday  o’sish  sur‘atini  dunyoning  kamdan-kam  davlatlarida  kuzatish 
mumkin.  2008-2011  yillari  global  moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz  tufayli  ko’plab  rivojlangan 
mamlakatlarda  ishlab  turgan  zavod  va  fabrikalar  faoliyati  to’xtab  qolayotgan  bir  paytda 
O’zbekistonda  yangi  zavodlar  ishga  tusha  boshladi.  Toshkent  viloyatida  "Jeneral  Motors" 
kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  2009-2011  yillarda  qurib  ishga  oshirilgan  General  Motors 
Powertrain Uzbekistan avtomobillar uchun motor ishlab chiqarish korxonasi bunga misol bo’la 
oladi.
 
Xalqaro  hamjamiyat  tomonidan  O’zbekiston  yutuqlarining,  qolaversa,  uning  global 
retsessiya  paytida  ishlab  chiqilib,  amalga  oshirilgan  "Inqirozga  qarshi  choralar  dasturi" 
muvaffaqiyatining tan olingani 2010 yili Osiyo Taraqqiyot banki boshqaruvchilari yillik yig’ilishi 
mamlakatimiz Toshkent shahrida o’tkazilganida ham yorqin namoyon bo’ldi.
 
Hozirgi kunga kelib, O’zbekiston dunyoning 160 dan ortiq mamlakati bilan savdo-iqtisodiy 
aloqalar o’rnatgan, tashqi savdo bo’yicha geografik qamrovini sezilarli darajada kengaytira olgan. 
Respublikamiz tashqi savdo aylanmasi muttasil o’sib bormoqda. Bu ko’rsatkich 2011 yilda 25,5 
mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 4,1 barobar o’sdi. Eksport hajmining 2011 
yilda  2010 yilga  nisbatan  o’sishi  15,4  foizni  tashkil  etdi.  2000-2011  yillar  davomida  eksportni 
diversifikatsiya qilish, uning tarkibini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi
 


215 
Istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida 165 milliard dollardan ortiq kapital mablag’ 
o’zlashtirilgan bo’lib, buning 56 milliard dollardan ziyodi xorijiy investitsiyalar. 2013 yil kapital 
investitsiyalar  hajmi  14  milliard dollarni yoki  yalpi ichki mahsulotga  nisbatan 23 foizni  tashkil 
etdi.
 
Jahon  bozoridagi  konyunkturaning  beqarorligiga  qaramasdan,  2013  yilda  O’zbekiston 
eksporti hajmining o’sishi 10,9 foizdan iborat bo’ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi umumiy saldo 1 
milliard 300 million dollarni tashkil etdi. So’nggi yillarda eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor 
mahsulotlar ulushi barqaror sur‘atlar bilan o’sib borayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda. 2013 
yilda  umumiy  eksport  hajmining  72  foizidan  ortig’i  tayyor  tovarlar  hissasiga  to’g’ri  kelgani 
iqtisodiyotimizning  diversifikatsiya  qilinayotgani,  unda  modernizatsiya  jarayonlari  jadal 
kechayotganidan dalolat.
 
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, "O’zbekistonning jami tashqi qarzi miqdori yalpi ichki 
mahsulotga  nisbatan  16,0  foizdan  oshmagani,  bu  ko’rsatkich  esa  xalqaro  mezonlar  bo’yicha 
"o’rtachadan ham kam" darajada baholangani buni isbotlab bermoqda".
 
O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimida munosib o’rin egallashida mamlakatimizda tashkil 
etilgan tarmoqlararo ko’rgazmalar o’zining ijobiy natijalarini bera boshladi. "Paxta va ipak", "Neft 
va  gaz  mahsulotlari",  "Qurilish  mollari"  va  boshqa  qator  shu  kabi  muhim  xalqaro  yarmarkalar 
mamlakatimizning  dunyo  bozorlarida 
o’z
  o’rniga  ega  bo’lishida  muhim  ahamiyat  kasb  etdi. 
Bugungi  kunda  O’zbekistonda  yana  boshqa  qator  sohalarda  xalqaro  ko’rgazmalar  muntazam 
o’tkazilib kelinmoqda.
 
Madaniy-gumanitar  sohalardagi  hamkorlik.  Milliy  qadriyatlarimizni  tiklash,  tarixiy 
yodgorliklar, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ajdodlarimizning boy merosini o’rganish va 
targ’ib  etish,  ilm-fan,  ta‘lim,  madaniyat  va  sport  sohalarini  izchil  rivojlantirish,  shu  yo’l  bilan 
umumbashariy taraqqiyotga hissa qo’shish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli davlat 
siyosati  O’zbekistonning  dunyo  hamjamiyatidagi  o’rnini  mustahkamlashda,  uning  xalqaro 
miqesda  keng  tanilishida  muhim  omillardan  biri  bo’lib  xizmat  qilmoqda.  O’zbekiston  davlat 
byudjeti  xarajatlar  qismining  60  foizga  yaqini  ta‘lim,  sog’liqni  saqlash,  ilm-fan,  madaniyat  va 
san‘at, sport sohalari rivojlanishiga sarflanayotgani bu borada ijobiy natijalar bermoqda.
 
Aloqalarimizning  ushbu  sohalardagi  muhim  yo’nalishlari  xorijiy  davlatlar  bilan  ikki 
tomonlama  munosabatlar  va  xalqaro  tashkilotlar,  jumladan,  YUNESKO,  TSESCO  va  boshqa 
tuzilmalar doirasida izchil rivojlanib bormoqda.
 
1993  yil  26  oktabrda  O’zbekiston  BMTning  ta‘lim,  fan  va  madaniyat  bo’yicha  tuzilmasi 
YUNESKOga mustaqil davlat sifatida a‘zo bo’lib kirdi, u bilan faol, o’zaro manfaatli hamkorlikni 
yo’lga  qo’ydi.  1996  yil  26  aprelda  mazkur  tashkilot  Bosh  direktori  Federiko  Mayor  taklifiga 
binoan  Prezident  Islom  Karimov  YUNESKOning  Parij  shahrida  joylashgan  bosh  qarorgohiga 
rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida mamlakatimizning mazkur tashkilot bilan hamkorligi 
istiqbollari belgilab olindi. Oliy darajadagi muzokaralar O’zbekiston va YUNESKO o’rtasidagi 
munosabatlarning yildan-yilga rivojlanib, doirasi kengayib borishida muhim omil bo’ldi.
 
1997-2001 va 2009-2013 yillari O’zbekiston YUNESKOning Ijroiya kengashiga saylandi 
va ushbu global tashkilot ishini boshqarishda bevosita ishtirok etdi.
 
Samarqand,  Buxoro,  Xiva  va  Shahrisabzning  qadimiy  obidalari  YUNESKOning  Jahon 
madaniy  merosi  ro’yxatiga  kiritilib,  xalqaro  muhofazaga  olindi.  "Shashmaqom"  va  Navro’z 
bayrami insoniyatning og’zaki va nomoddiy merosi durdonasi deb e‘lon qilindi. Toshkent shahrida 
saqlanayotgan  Usmon  Qur‘oni  va  Fanlar  akademiyasining  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi 
Sharqshunoslik institutidagi nodir qo’lyozmalar "Jahon xotirasi" ro’yxatiga kiritildi. YUNESKO 
qaroriga  muvofiq,  2001  yilda  Buxoro  "Tinchlik  shahri"  deb  e‘lon  qilindi.  Davlatimiz  rahbari 
tashabbusi  bilan  YUNESKO  shafeligi  ostida  dunyoning  eng  qadimiy  shaharlaridan  bo’lmish 
Samarqandda  tashkil  etilgan  "Sharq  taronalari"  xalqaro  musiqa  festivali  xalqlar  o’rtasida 
hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa va qo’shiq orqali odamlar qalbida ezgu tuyg’ularni 
uyg’otish,  mushtarak  tomirlarni  bir-biriga  yaqinlashtirishdek  olijanob  maqsadlarga  xizmat 
qilmoqda.
 


216 
Milliy  madaniyatni  rivojlaitirish,  madaniy-tarixiy  yodgorliklarni  asrab-avaylash  va  bu 
borada  xalqaro  hamkorlikni  mustahkamlashga  qo’shgan  hissasi,  xalqlar  o’rtasidagi  do’stlik 
rishtalarini,  madaniyatlararo  va  dinlararo  muloqotni  rivojlantirish,  madaniy  rang-baranglikni 
qo’llab-quvvatlash  borasidagi  ulkan  xizmatlari  uchun  Prezident  Islom  Karimov  1998  yilda 
YUNESKOning "Abu Ali ibn Sino" oltin medali, 2006 yilda esa "Borobudur" oltin medali bilan 
taqdirlandi.
 
ISESCO  tomonidan  Toshkent  shahrining  2007 yilda  Islom  madaniyati poytaxti  deb  e‘lon 
qilinganini ham alohida e‘tirof etish zarur. Bunday yuksak maqomni qo’lga kiritish O’zbekiston 
xalqi uchun ulkan tarixiy voqea bo’ldi. 
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish