Politexnika instituti



Download 234,87 Kb.
bet9/10
Sana24.04.2022
Hajmi234,87 Kb.
#578320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
«moliyaviy hisob»-конвертирован

Xulosa va takliflar.


3.1 Korxonalarga tavsiya etiladigan usullar.

Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o'rtacha xarajatlari ya‘ni tannarxlari – ko'p jihatdan xom-ashyo va materiallardan samarali foydalanish ko'rsatkichlariga bog‗liqdir.


Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Material resurslardan tejab- tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me‘yorlarga nisbatan ortiqcha bo'lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo'lmaydi.
Korxonalarda materiallardan tejab-tergab foydalanish bevosita buxgalteriya hisobini tashkil etishga bog‘liq bo‘lib, uning asosiy maqsadi material harakatini dastlabki hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularning ichki nazoratini ta‘minlash, shuningdek, xarajat sifatida sarflashda samarali bo‘lgan baholash usullarini qo‘llash natijasida mahsulot tannarxini ob‘ektiv tarzda shakllantirish hisoblanadi.
Biz butun ilmiy ish mobaynida o‘tkazgan tajriba va sinovlarning natijasidan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ayni narxlar tez o‘zgaruvchan bo‘lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada FIFO (birinchi kirim – birinchi chiqim) usulidan foydalanib ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashyo va materiallar tannarxini aniqlashni tavsiya qilgan bo‘lardik. Chunki kuzatuvlardan ma‘lumki, ayni davrda bozordagi har qanday mahsulot va xizmatning bahosi faqat o‘smoqda.
Biz amaliy keltirgan ―O‘z Hanwoo Engineering‖ qo‘shma korxonasida tovar moddiy zahiralar Koreya respublikasidan AQSH dollari hisobida keltiriladi va omborga kirim qilishda o‘sh kungi markaziy bank kursiga asosan so‘mda qabul qilinadi. Tayyor maxsulotni sotishda esa ―GM O‘zbekiston‖ qo‘shma korxonasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan maxsulot yuklab jo‘natilayotgan kungi markaziy bank kursiga muvofiq AQSH dollarida sotiladi. Aynan shu omilni inobatga olgan holda korxona kelajakda o‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha baholash emas birinchi xarid
narxlarida baholasa valyuta kursi o‘zgarishidagi ijobiy farqdan ham ancha foyda ko‘radi
Bizga ma‘lumki, o‘rtacha tortilgan qiymat usuli omborxonalarga materiallar tez- tez kelib tushadigan va ishlatiladigan korxonalar uchun hisob-kitoblarni qisqartirish maqsadida qo‘llaniladi. Bu usul ko‘p jihatdan foydali, lekin biz o‘rganayotgan korxonada bu usul uncha ko‘p foyda keltirmaydi. Masalan yangi materiallar kelishiga korxonada ozroq eski narxdagi material qoldig‘i mavjud bo‘lsa, yangi materiallar oshgan narxda kelsa, shu qolgan oz miqdordagi eski – arzon narxdagi materiallar tannarxi butun boshli yangi partiya narxiga ta‘sir o‘tkazadi. Qolaversa valyuta kursi farqlari ham ancha yo‘qotishlarga olib keladi.
O‘z – o‘zidan ma‘lumki, bizda so‘nggi xarid narxlarida baholash (LIFO) usuli tavsiya etilmaydi. Shu omillardan kelib chiqib, biz korxonaga birinchi xarid baholarida baholashni (FIFO usuli) tavsiya etgan bo‘lardik. Va shuni ham ta‘kidlash kerakki, korxona yangi partiya xom-ashyo va materiallar kelgunga qadar eski partiya materiallarini imkon darajasida ko‘proq ishlatib, kamroq qoldiq qoldirishga harakat qilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda korxona xaridor va buyurtmachilarni kelajak narx oshishiga tayyorlab, shartnomani bir partiya materiallari tugagunga qadar muddatga (1 kvartalga) tuzishi maqsadga muvofiq.
Korxona moliyaviy natijalarida ko‘zga tashlangan yana bir nuqson – bu valyuta kursi farqidan anchagina zararning mavjudligidir. Ma‘lumki, ―O‘z Hanwoo Engineering‖ korxonasi xom-ashyo va materiallar hamda tayyor mahsulot savdosi bilan bog‘liq shartnomalariga muvofiq bu operatsiyalarni AQSH dollarida amalga oshiradi. Lekin shunga qaramay, korxona hisob-kitobi va hisoboti milliy valyutada tuziladi. Bunday holatda ishlaganda, albatta, korxona kurslar farqidan yo‘qotishlarga uchrashi tabiiy. Bu muammoni yumshatish maqsadida korxonaga bir vaqtning o‘zida ham milliy valyutada (BHMS asosida), ham chet el valyutasida (MHXS5 asosida) hisob yuritishi kerak. Shunda ikkinchi hisobotda korxonaning haqiqiy foydasi ko‘rinadi va bu hisobotni investorlar va tashqi foydalanuvchilarga taqdim etib, ijobiy xulosa olish mumkin.



5 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari”
Xulosa qilib aytganda, korxonalarda xom-ashyo va materiallar hisobini qanchalik oqilona yo‘lga qo‘yish, ularni baholash usullarini to‘g‘ri tanlash ham mahsulot tannarxiga ham korxona foydasiga ta‘sir etishga qo‘yilgan yirik qadam hisoblanadi. Ayniqsa qo‘shma korxonalar bu muammoni hal qilishga jiddiy yondashishlari va materiallardan oqilona narxlarda foydalanishlari korxona maxsuloti tannarxini bozorbob shakllantitishning birdan bir yo‘lidir.



Download 234,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish