3-sinfda
kichik matnlar, maqol va tez aytishlarni
ko‗chirib yozish; 12-16 ta so‗zdan iborat
videolug‗at diktanti yozish talablari;
4-
sinfda
so‗zlarni bo‗g‗inlarga ajratish va
bo‗g‗in ko‗chirish qoidalariga amal qilgan
holda yozish; o‗rganilgan so‗zlar va sodda
gaplarni, tabriknoma, xat, so‗rovnoma
ma‘lumotlarini to‗g‗ri yozish; 25-30 so‗zdan
iborat diktant matnini husnixat talablari
asosida yozish belgilangan
[6].
Tahlillar o‗zbek tilidan 2-4-sinflar sinflar
uchun belgilangan davlat ta‘lim standartlari
talablarida bir qator noaniqliklar va
kamchiliklar mavjudligini ko‗rsatdi:
1. 2-sinfda yozish ko‗nikmasida, avvalo,
o‗zbek alifbosidagi nutq tovushlarining bosh
va kichik harf shakllarini husnixat
qoidalariga binoan to‗g‗ri yozish, so‗ng
so‗z va so‗z birikmalarini to‗g‗ri yozish
belgilanishi kerak edi.
2. 3-sinfda 12-16 ta so‗zdan iborat
videolug‗at diktanti yozish, 4-sinfda esa 25-
30 so‗zdan iborat diktant matnini husnixat
- 8 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
ISSUE 9. SENTABR
talablari asosida yozish talablari
belgilangan. Qayd etish kerakki, bir sinfdan
ikkinchi sinfga o‗tganda talabni deyarli teng
barobariga kuchaytirilishi o‗quvchilarning
yosh xususiyatiga to‗g‗ri kelmaydi.
3. 4-sinf uchun belgilangan so‗zlarni
bo‗g‗inlarga ajratib yozish talabi aslida 2-
sinfga, so‗rovnoma ma‘lumotlarini to‗g‗ri
yozish talabi esa yuqori sinflarga qo‗yilishi,
ko‗chirib yoziladigan matnlarning
barchasiga husnixat talablari asosida yozish
talablari kiritilishi maqsadga muvofiq [6].
Umuman, boshlang‗ich ta‘limda o‗zbek
lotin alifbosidagi harflarning bosh va kichik
yozma shakllarini husnixat talablari asosida
yozishga juda qattiq e‘tibor qaratish va
o‗quvchilarda ushbu ko‗nikmalarni
mustahkam shakllantirishga erishish
boshlang‗ich sinflarning asosiy vazifalaridan
biri hisoblanadi. Ta‘lim boshqa tillarda olib
boriladigan maktablar o‗quvchilari 2-sinfda
bir yo‗la 2 yozuv tizimini – lotin yozuviga
asoslangan ingliz alifbosi va lotin yozuviga
asoslangan o‗zbek alifbosi harflarini
o‗rganadilar. Shuni ta‘kidlash kerakki, bir
sinfda lotin yozuvining 2 xil varianti
o‗rgatilayotgani sabab o‗quvchilar ingliz va
o‗zbek lotin harflari tizimini va orfografik
qoidalarni aralashtirib qo‗llashga odatlanib
qolishmoqda. Bu yozma savodxonlikning
keskin pasayishiga, husnixatga mutlaqo
e‘tibor qaratmaslikka olib kelmoqda.
Yozishni o‗rganishdagi ayrim tipik
qiyinchiliklar matn yozishdan avval mavzu
bo‗yicha yetarlicha tasavvurga ega
emasliklari, tildagi leksik boylikning etarli
emasligi, matnni mazmunan bog‗lay
olmasliklari va grammatik jihatdan to‗g‗ri
gap tuza olmasliklari oqibatida yuzaga
keladi. Shuningdek, tinish belgilarini
to‗g‗ri qo‗llay olmaslik, gaplarni mos
joylarga joylashtirishda bir qancha
qiyinchiliklarni kuzatish mumkin.
Yozish ko‗nikmasini shakllantirish uzoq
vaqtni va muntazamlikni talab qiladigan
jarayon bo‗lgani uchun avval bir yil
davomida bitta yozuv tizimini egallash bilan
bog‗liq ko‗nikmalarni mustahkam
shakllantirib olish, keyingi yilda ikkinchi
tildagi yozuv ko‗nikmalarini shakllantirilishi
kerak bo‗ladi. Buni bartaraf etish uchun
o‗zbek tilini 1-sinfdan boshlab o‗qitilishini
yo‗lga qo‗yish, 1-sinfning birinchi yarmida
faqat og‗zaki nutq ustida ishlash, ya‘ni
to‗g‗ri talaffuz me‘yorlarini shakllantirish va
lug‗at boyligini o‗stirish; 1-sinfning ikkinchi
yarmidan boshlab yozuvni o‗rgatishni
boshlash kerak bo‗ladi. O‗quvchilarda
yarim yil davomida o‗zbek lotin alifbosi
tizimidagi nutq tovushlari talaffuzi hamda
bosh va kichik yozma harflar shakllari
shakllantirib olingach, keyingi yil ingliz
tilidagi harflar va ularning yozish
ko‗nikmalari ustida ishlash mumkin bo‗ladi.
Yozishga o‗rgatishning ilk bosqichida
quyidagi amallar ustida ish olib borish
maqsadli bo‗ladi:
-
yozma harflarning bosh va kichik
shakllarini husnixat talablari
asosida yozing;
-
so‗zlarni bo‗g‗inlarga bo‗lib
yozing;
- 9 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
Do'stlaringiz bilan baham: |