Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-BOB. PENSIYA TA’MINOTINING MOLIYAVIY MANBALARI



Download 2,13 Mb.
bet48/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

6-BOB. PENSIYA TA’MINOTINING MOLIYAVIY MANBALARI
6.1. Pensiya ta’minotini moliyalashtirish manbalarining tavsifi va tasnifi
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolar pensiya ta’minotini moliyalashtirish manbalari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:

      • chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs (yiliga eng kam ish haqining kamida 4,5 barobari miqdorida), shuningdek dehqon xo‘jaligi a’zosining (yiliga eng kam ish haqining kamida 1 barobari miqdorida), soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim ixtiyoriy ravishda Pensiya jamg‘armasiga to‘laydigan sug‘urta badallari42;

      • yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaligi boshliqlari, oilaviy tadbirkorlik sub’ekti (oyiga eng kam ish haqining kamida 1 barobari miqdorida) tomonidan majburiy ravishda Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallari43;

      • dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa erida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdoridagi sug‘urta badali47;

      • “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari” Kengashlari tomonidan majburiy ravishda Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan 5 foiz miqdoridagi yagona ijtimoiy to‘lov48;

      • yakka tartibdagi tadbirkor yollagan xodim va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosi tomonidan majburiy ravishda Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan (oyiga eng kam ish haqining kamida 0,5 barobari miqdorida)49 sug‘urta badallari;

      • pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasi (kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun joriy qilingan 25 foiz miqdoridagi (99,2 foizi Pensiya jamg‘armasiga) yagona ijtimoiy to‘lov, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar uchun 12 foiz miqdoridagi (98,4 foizi Pensiya jamg‘armasiga) yagona ijtimoiy to‘lov44;

      • O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari45;

      • jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan daromadlaridan 0,1 foiz miqdorida hisoblab chiqarilgan mablag‘lar46;

      • tugatilgan davlat maqsadli jamg‘armalari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi, byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi) va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga 2019 yil 1 yanvardan keyin tushadigan majburiy ajratmalar summasi to‘liq miqdorda Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar47;

      • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalarni to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari48;

      • yagona soliq to‘lovidan tushumlar (jami tushumning 46 foizi – Pensiya jamg‘armasiga)49;

      • Davlat byudjetidan subsidiyalar (2019 yil uchun 4700 mlrd. so‘m)50;

      • boshqa manbalar (boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 85 foizi; “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari; “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar mablag‘lari; hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar, yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga etkazilgan zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar)51.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolar pensiya ta’minotini moliyalashtirish manbalarini quyidagicha tasniflash mumkin:


Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish