Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-rasm. Pensiya ta’minotini moliyalashtirish manbalari



Download 2,13 Mb.
bet49/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

6.1-rasm. Pensiya ta’minotini moliyalashtirish manbalari
6.2. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi – pensiya ta’minotini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbai sifatida.
Pensiya ta’minotini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlash.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi – pensiya ta’minotini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbai bo‘lib, quyidagi mablag‘lar hisobidan pensiya ta’minotini amalga oshiradi, ya’ni moliyalashtiradi:

      • majburiy to‘lovlar va badallar (belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to‘lov tushumlari; alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari; fuqarolarning sug‘urta badallari; jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug‘urta badallari; majburiy ajratmalar;

      • boshqa to‘lovlar (boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 85 foizi; “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari; “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar mablag‘lari; dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari; hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg‘armasiga hamda Jamg‘arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga undiriladigan summalardan tashqari); yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga etkazilgan zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va ixtiyoriy badallar.

Majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlarni o‘tkazish Pensiya jamg‘armasi daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har bir turi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining banklardagi tegishli hisob raqamlari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq xizmatining hududiy organlari: manbalar turlari bo‘yicha Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishi nazorat qilinishini; manbalar turlari va to‘lovchilar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar hisobi yuritilishini; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanishini, shuningdek Pensiya jamg‘armasi bilan o‘zaro hisob-kitoblarning holati tekshirilishini; qonun hujjatlariga muvofiq majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlarni hisoblash tartibi va to‘lash muddatlari buzilganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy va ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilishini; badallarning shaxslar bo‘yicha hisobini amalga oshirish va mehnat daftarchalarini yuritish uchun har chorakda Pensiya jamg‘armasiga yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan to‘langan badallarning miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Pensiya jamg‘armasi bilan axborot almashinuvini, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hamkorlikni amalga oshiradi va Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatiga: Pensiya jamg‘armasiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha vazirliklar, idoralar va hududlar kesimidagi majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar turlari bo‘yicha (boqimanda) qarzdorlik to‘g‘risidagi tezkor hisobotni; yuridik shaxslar tomonidan choraklik va yillik hisobot taqdim etilgandan keyin 25 kun mobaynida majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlarni hisoblash to‘g‘risidagi hisobotni vazirliklar, idoralar va hududlar bo‘yicha taqdim etadi.
Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar quyidagi tartibda moliyalashtiriladi:

      • ishlamaydigan fuqarolarga: davlat pensiyalarining barcha turlari; qonun hujjatlariga muvofiq Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun;

      • ishlaydigan fuqarolarga: davlat pensiyalarining barcha turlari; dafn marosimi uchun nafaqalar; 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning otaonalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlar; qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar uchun sarflanadi.

Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari tomonidan
G‘aznachilikning bo‘linmalarida hisob raqamlari ochiladi.
Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari to‘lov to‘lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi hamda Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim etadi.
Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda: joriy to‘lov oyining 15-kunigacha – o‘tgan oyning ehtiyoji hisobkitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani; joriy to‘lov oyining 27kunigacha – amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larni aloqa tashkilotlari va banklarning hisob raqamlariga o‘tkazadi.
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, dafn marosimi uchun nafaqalar, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning otaonalaridan biriga qo‘shimcha dam olish kunlari uchun va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lashga mablag‘larni moliyalashtiradi.
Pensiya jamg‘armasining hisob raqamlaridan mablag‘larni qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda o‘tkazish va vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi.
Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari har yili 15 iyundan kechikmay Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun xarajatlarning kutilayotgan ijrosini va kelgusi yilga Pensiya jamg‘armasi xarajatlari prognozini taqdim etadi.
Kelgusi yilga manbalar va foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari prognozlari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati tomonidan ishlab chiqiladi va Pensiya jamg‘armasining Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati besh kun muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga – mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Pensiya jamg‘armasi daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini; Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlariga – turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yo‘nalishlarini) etkazadi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan – davlat soliq xizmati organlari tomonidan hamda Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish, o‘z vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli ravishda sarflash, shuningdek, Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan – Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi.
Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatiga: har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha – hududlar bo‘yicha to‘langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘g‘risidagi tezkor axborotni; tasdiqlangan shakl bo‘yicha yuridik shaxslarning choraklik va yillik hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida – mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish