Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-rasm. O‘zbekiston Respublikasida jami pensiya va nafaqa oluvchilar soni, ming nafar31



Download 2,13 Mb.
bet40/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

4.3-rasm. O‘zbekiston Respublikasida jami pensiya va nafaqa oluvchilar soni, ming nafar31
Rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, jami pensiya va nafaqa
oluvchilarning 75,4 foizini yoshga doir pensiyalar, 10,4 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari, 4,8 foizini boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari va 9,3 foizini bolalikdan nogironlar va etarli ish stajiga ega bo‘lmaganlarga berilgan ijtimoiy nafaqalar tashkil qiladi.
2005 yil 28 iyunda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining barqaror ishlashini va texnika bilan tegishli darajada jihozlanishini ta’minlash maqsadida “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan jihozlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-110-sonli Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar jismoniy shaxslar daromad solig‘ining byudjetga yo‘naltiriladigan bir qismi hisobidan amalga oshirilishi hamda byudjetga to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlarga tenglashtirilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Xalq banki bilan birgalikda ikki hafta muddatda ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qo‘shish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqilishi hamda Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuridik shaxslar tomonidan majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining to‘g‘riligi, to‘liq hisoblanishi va o‘z vaqtida o‘tkazilishi hamda fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shilishi ustidan nazorat o‘rnatish vazifasi yuklatildi.
2009 yil 30 dekabrda pensiya ta’minoti tizimini boshqarishni tashkil qilishni takomillashtirish va uning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1252sonli Qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi, Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalarining va tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari hamda Pensiya jamg‘armasining Kuzatuvchilar kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2017 yil 2 fevralda “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2753-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror mamlakatimiz hududlarida ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar to‘lashdagi mavjud ahvolni tanqidiy tahlil qilish natijasida qabul qilindi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlar tahlili ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, to‘lovlarni plastik kartochkalarga naqdsiz shaklda asossiz ravishda o‘tkazish holatlari ko‘paygani hamda to‘lov terminallari va bank apparatlari tizimi etarli darajada rivojlanmaganini ko‘rsatmoqda.
2016 yil 27 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi ishga tushganidan buyon 7 mingdan ortiq shunday mazmundagi murojaatlar kelib tushgan32.
Ushbu salbiy holatlarga barham berish maqsadida qarorda 2017 yil fevral oyidan boshlab:

  • birinchidan, barcha turdagi pensiyalarni to‘lash hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi;

  • ikkinchidan, 58 tog‘li va olis tumanlarda joylashgan byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash, shuningdek, ushbu tumanlar aholisiga ijtimoiy to‘lovlar ham hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi;

  • uchinchidan, oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiya to‘lash 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda naqd shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

Shu bilan bir qatorda, qarorda tijorat banklarini ish haqi, pensiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash uchun kerakli naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlash maqsadida pul mablag‘larining savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidan to‘liq va o‘z vaqtida tijorat banklari kassalariga topshirilishini ta’minlashga qaratilgan hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keladigan tizimli kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Prezidentimiz qarori ijrosini ta’minlash ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq vaziyatni tubdan yaxshilash va fuqarolarning o‘z pul mablag‘larini o‘zlariga qulay shaklda olish bo‘yicha qonuniy huquqlarini to‘la ta’minlashga xizmat qiladi.

  1. yil 13 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2826-sonli qaroida pensiyalar va nafaqalar to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, naqd pul shaklida pensiyalar va nafaqalarni etkazib berish va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha barcha kompleks chora-tadbirlarni to‘liq va muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadi ifodalangan. Unga ko‘ra, 2017 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida pensiyalar va nafaqalarni to‘lash faqat Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi, mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar va nafaqalarni maxsus kassalardan olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga pensiyalar va nafaqalar Xalq banki tomonidan bevosita ular yashaydigan joyga etkazib berilishi belgilangan. Shuningdek, qarorda pensiyalar va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha Xalq banki xizmatlariga haq to‘lash miqdori pensiyalar va nafaqalarni etkazib berish umumiy summasi hajmining 1 foizgacha miqdorida belgilandi. Pensiya jamg‘armasi Xalq banki bilan birgalikda: pensiya va boshqa to‘lovlarni olayotganlarga SMS orqali xabardor qilishni joriy etgan holda aholiga pensiyalar va nafaqalar to‘lashni “on-layn” rejimida hisobga olish va nazorat qilishni avtomatlashtirish maqsadida tegishli ma’lumotlar bazalari integratsiya qilinishini ta’minlash vazifalari yuklatildi.

  2. yil 26 aprelda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choratabirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-sonli qarorida 2018 yil 1 iyuldan boshlab dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa erida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘langan taqdirda, sug‘urta badali to‘langan yil mehnat stajiga kiritilishi hamda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashlari tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov 5 foiz miqdorida to‘lanadishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-sonli Qarori pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirishda muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2019 yil uchun asosiy parametrlari tasdiqlandi:

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish