PEDAGOGIKA
2016, 4-son
75
Mazkur ta’sirni tadqiq qilar ekanmiz, uning ayrim jihatlarini qat’iy hisobga
olish shartligi namoyon bо‘ldi. Zero, har qanday mehnat jarayonining tuzilishi
kasbiy faoliyatga amaliy tayyorgarligiga, shubhasiz, ta’sir kо‘rsatishini ta’kidlash
joiz, biroq bu ta’sir bevosita hisoblanmaydi, chunki mehnat jarayonining yerarxik
tuzilishi bilan amaliy tayyorgarligining ketma-ketlik tuzilishi о‘rtasida tо‘g‘ridan
tо‘g‘ri bir xil muvofiqlik yо‘q. Shuningdek, avval zaruriy kasbiy xatti-harakatlarni,
keyin barcha amallarni, undan keyin – usullarni, keyin – operatsiyalarni, va
nihoyat, birgalikda butun kasbiy faoliyatni egallash mumkin emas.
Amaliy kasbiy tayyorgarlikda boshqacha yо‘l tutiladi: birinchi navbatda,
mо‘ljalli asoslar yaratiladi va dastlabki kо‘rinishda bir qator tayanch operatsiyalar
о‘zlashtiriladi; keyin bu operatsiyalar takomillashtiriladi va yangilari
о‘zlashtiriladi; sо‘ng operatsiyalar asta-sekin murakkablashtirilib, majmuaviy
ishlar bajariladi.
Ma’lumki, kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy tayyorgarlik bir qator
sabablarga kо‘ra kasbiy mahorat darajasigacha yetkazilmaydi va, umuman
olganda, yetkazilishi ham mumkin (shart) emas. Aslida kasb-hunar kollejlari
bitiruvchilarida mustaqil ravishda о‘z kasbiy faoliyatini bajara olishga imkon
beradigan tugal kо‘nikmalar, ya’ni boshlang‘ich malaka darajasi shakllantirilishi
lozim. Mahorat esa kichik mutaxassisning ishlab chiqarishdagi bevosita kasbiy
faoliyati jarayonida egallanadi. Boshqacha aytganda, kasb-hunar kollejlarining
amaliy kasbiy ta’lim bо‘yicha asosiy vazifasi о‘quvchilarda kasbni tegishli malaka
darajasida о‘zlashtirilishini ta’minlashdan iboratdir
1
.
Yuqorida ta’kidlangan holatlarga tayanilib, kasb-hunar kollejlarida amalga
oshiriladigan amaliy kasbiy tayyorgarlik bosqichlarini quyidagicha tavsiflash
mumkin:
1)
mо‘ljalli asoslarni yaratish, ya’ni amallar algoritmini, biroz keng
ma’noda, faoliyat algoritmini egallash bosqichi sifatida ifodalash mumkin.
Ta’kidlash lozimki, bu bosqichni kо‘nikmalarni shakllantirish bosqichi deb atash
aslo mumkin emas.
2)
faoliyatning, qanday bо‘lmasin, birorta turini egallash, ya’ni bо‘lg‘usi
kо‘nikmalarning asosini tashkil etadigan tayanch operatsiyalarni shakllantirish.
Masalan, tokar uchun turli tipdagi yuzalarga ishlov berish kо‘nikmasini egallash
va hokazo.
1
Қосимов Ш. У.
Касб-ҳунар коллежларида амалий касбий таълимни ташкил этишнинг
илмий-педагогик асослари. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2014. – Б. 160.
Do'stlaringiz bilan baham: |