74 2) mazkur tizimda mazmuniy parallellik, ya’ni asosiy texnologik
operatsiyalar bilan ishlab chiqarish faoliyati qismlari о‘z aksini topadi;
3) tizim bir paytning о‘zida parrallel-pog‘onali, ya’ni egallanayotgan kasbga
bog‘liq holda asosiy parallellar va ketma-ket izchillikdagi bosqichlar bir-biridan
jiddiy farq qilishi mumkin.
Demak, eng umumiy holatda kichik mutaxassislik kasblariga nisbatan
amaliy tayyorgarlikning ketma-ket keladigan quyidagi izchil bosqichli tizimini
ajratib kо‘rsatish mumkin:
1) kasbni nazariy о‘rganish mantig‘ida amaliy kо‘nikmalar hosil qilish
boshlanadigan amaliy-laboratoriya ishlari;
2) maxsus texnologiya kurslari bilan bog‘langan va qoidaga kо‘ra kasb-
hunar kolleji sharoitida amalga oshiriladigan о‘quv amaliyoti;
3) korxona, tashkilot yoki muassasa sharoitida amalga oshiriladigan ishlab
chiqarish amaliyoti.
Amaliy tayyorgarlikning yuqorida keltirilgan tizimi bir necha о‘n yillar ilgari
kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog va muhandis-pedagoglari tomonidan
yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan, biroq unda amaliy ta’lim mazmunining
tuzilishini aniqlovchi, ya’ni aynan mazkur tuzilish mohiyatini belgilovchi
omillarning mohiyati о‘z aksini topmagan.
Kasb-hunar kollejlaridagi amaliy ta’lim mazmunining tuzilishini belgilovchi
omillarni aniqlash maqsadida quyidagi ikki holatga tayanib harakat qilish kerak:
1) amaliy ta’lim mazmunining tuzilishi uning ketma-ket bajariladigan kasbiy
faoliyatni bosqichli egallash tuzilishiga muvofiq holda aniqlanadi;
2) amaliy ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari egallanadigan kasbiy faoliyat
tuzilishi bilan aniqlanadi.
Birinchi navbatda, kasbiy kо‘nikmalarni bosqichli shakllantirishning amaliy
ta’lim tuzilishiga ta’sirini kо‘rib chiqamiz.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, aksariyat hollarda mehnat jarayoni tuzilishida
quyidagi iyerarxik darajalar ajratib kо‘rsatiladi:
1) bir necha xatti-harakatlardan iborat bо‘lgan amal darajasi;
2) bir necha amallardan iborat bо‘lgan usul darajasi;
3) bir necha usullardan iborat bо‘lgan operatsiya darajasi.
Tabiiyki, kasbiy faoliyatning yuqorida ta’kidlangan uchta darajasiga muvofiq
keladigan kasbiy kо‘nikmalarni shakllantirishning psixologik va didaktik
konsepsiyalari ham mavjud, biroq biz tadqiqot predmeti nuqtai nazaridan faqat
kasbiy faoliyat iyerarxik darajalari tuzilishining amaliy ta’lim mazmuni tuzilishiga
ta’sirini qarab chiqamiz.