Rahmatullayev Dilmurodjon Rahmatullayevich,
Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining Ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bо‘yicha
prorektori. E-mail:
dilmurod1974@mail.ru
D. Raxmatullayev
*
TA’LIM TIZIMI MENEJMENTI
PEDAGOGIKA
2016, 4-son
81
Ta’lim va mehnat bozorlarining о‘zaro mutanosibligi bо‘yicha yuzaga kelgan
mazkur muammoni hal etish alohida e’tiborni talab etadi. Bunda shu ikki tizim
hamkorligini tahlil etish metodologiyasini ishlab chiqish, ularning о‘zaro bog‘liq
holda istiqbol modelini yaratishga qaratilgan bо‘lishi lozim.
A. Doniyorovning fikricha, ta’lim xizmatlari va mehnat bozori nafaqat ta’lim
bozoridagi potensial talabning, balki mehnat bozoridagi real taklifning ham omili
bо‘lgan malakali ta’limga ehtiyojlar orqali boshqariladi. Shuning uchun ushbu
tizimning uchinchi elementi – ta’lim xizmatlaridan bevosita foydalanuvchi va
mehnat sohasidagi bozor munosabatlarining ishtirokchisini tadqiqot jarayoniga
jalb qilmasdan ta’lim xizmatlari bozori va mehnat bozorining о‘zaro bog‘liq
bо‘lgan istiqbollar muammosini hal etish mushkul. Ushbu uchinchi element
ma’lum demografik va ijtimoiy parametrlar bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy-mehnat
munosabatlarining passiv egasi emas, balki ehtiyojlar, manfaatlar, ta’limga ega
bо‘lish va ishga joylashish yо‘llari borasida ma’lum tamoyil va maqsadlarga ega
bо‘lgan faol mustaqil subyekt sifatida namoyon bо‘ladi. Bu ta’lim va mehnat
bozorlarining о‘zaro mutanosibligi muammosining yana bir qirrasi bо‘ladi
1
.
О‘zbekistonda ta’lim xizmatlari bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari va
strukturasi, mehnat bozoridagi ahvol va uning oxirgi yillardagi dinamikasi,
yoshlarning kasb-hunar ta’limiga bо‘lgan ehtiyojini о‘rganishga bag‘ishlangan
ijtimoiy tadqiqotlar tahlili hamda statistik ma’lumotlar tahlili hozirgi kunda ular
quyidagi xususiyatlar va tendensiyalar bilan tavsiflanayotgani kuzatilmoqda:
- bozor sharoitida uzluksiz ta’lim tizimi yashovchan, moslashuvchan,
ijtimoiy о‘zgarishlarga chidamliligini namoyish etdi;
- an’analarni saqlagan va innovatsiyalarni qabul qilgan holda, ta’lim о‘zining
asosiy fundamental funksiyalarini bajaradi, shu bilan birga ularni yangi tavsiflar
va amalga oshirish mexanizmlari bilan boyitib boradi,
Respublikamizda ta’limning funksional о‘zgarishlari quyidagilar bilan
belgilanadi:
- ta’limning saralab olish funksiyasi va ijtimoiy-differensiyalash
imkoniyatlarining chuqurlashishi. Bunda ta’limda tengsizlik kelib chiqmaydi va
uning rivojlanishini izdan chiqarmaydi;
- xodimning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi va dinamikasining
kuchayishi, о‘qitish, qayta о‘qitish, malaka oshirish bо‘yicha yangi imkoniyatlar
taqdim etilishi bilan hayot faoliyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy
sharoitlarga insonning talabchanlik funksiyasining rivojlanishi;
- ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining ortishi, tanlov sharoitlarining
tartibga solinishi, ta’lim xizmatlari turlari va shakllarining differensiyalanishi bois
1
Дониёров А.
Меҳнат бозорини бошқаришда таълим тизимининг ўрни // Таълим
менежменти, 2007. – Тошкент. – № 2. – Б. 59-60.
Do'stlaringiz bilan baham: |