PEDAGOGIKA
2016, 4-son
83
iqtisodiy mynosabatlar tizimidir. Bunda bozor munosabatlarining boshqa
turlaridagidek, xaridor, sotuvchi va xizmat kabi uchta komponentning qatnashishi
zarur. Sotiladigan xizmatning xususiyatiga kо‘ra, ushbu bozor xizmatlar sohasiga
kiritilishi mumkin, lekin mehnat, axborot, xizmat kabi boshqa turdagi bozorlar
bilan chambarchas bog‘langan holda qaralishi kerak. Bozor munosabatlari
kontekstida, ta’lim tizimini tadqiq etishda, uni ma’naviy tо‘liqlik jihatidan ta’lim
bozoriga yaqin deb qarash mumkin.
Mamlakatimizda muayyan ta’lim darajalari belgilangan, shuningdek,
ularning ayrimlari majburiy tarzdadir. Chunonchi, umumiy о‘rta ta’lim majburiy
ta’lim sirasiga kiradi. Ta’lim muassasalarining davlat tasarrufidagilarida ham,
davlatga qarashli bо‘lmaganlarida ham ta’lim xizmatlari kо‘rsatiladi. Bunda har
bir subyekt о‘z shaxsiy intilishlariga, shuningdek, moliyaviy imkoniyatlariga javob
beradigan xizmatlarning konkret turini tanlashga haqlidir. Oliy ta’lim kasb
ta’limining tarkibiy qismi bо‘lib, kadrlar kasb tayyorgarligining oliy pog‘onasi deb
qaraladi.
Subyektning muayyan bilim sohalariga qiziqishini uning tabiatiga xos
xususiyat va о‘zi tarbiyalangan muhit shakllantiradi, lekin kasb borasidagi о‘sish
yо‘lini tanlash kо‘nikmalari yuzaga chiqishi qiziqishlariga mos ish topishga intilishi
bilangina emas, balki asosan moddiy manfaat bilan ham belgilanadi. Inson
kapitali nazariyasiga kо‘ra, uning qobiliyatini rivojlantirishga sarf qilingan
resurslar “kapital sarflari” deb talqin qilinadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishdagi
kapitalning asosiy mezonlari mehnatga moslashtiriladi. Bilim, qobiliyat, malaka va
kasb mahorati о‘z-о‘zidan paydo bо‘lmaydi, ular tevarak-atrofni tashkil etadigan
shaxslar faol harakatlari natijasida yuzaga keladi. Shu munosabat bilan tegishli
ma’lumot olgan va kasb tayyorgarligiga ega subyektga katta miqdorda mehnat,
moliyaviy, moddiy va intellektual resurslar sarflangan bо‘ladi
1
.
Bevosita insonga yо‘naltiriladigan investitsiyalar har qanday kapital sarfi
kabi, pirovard natijada, foyda olishni kо‘zda tutadi. О‘z navbatida, ta’limga
yо‘naltirilgan barcha investitsiyalar iqtisodiy natija keltirganligi sababli inson
kapitali nazariyasini ta’limning iqtisodiy samaradorligini aniqlashdagi tahlil
vositasi sifatida qaraymiz. Shu bilan birga, alohida subyekt, shuningdek, jamiyat
uchun qilinadigan sarflar samarasini bir-biridan farqlash lozim. Subyektning
umumiy о‘rta ma’lumot olishiga qilinadigan sarflari bevosita о‘quv sarflari deb,
subyekt о‘qigan davrida olishi mumkin, lekin undan foydalanilmagan bо‘lsa, boy
berilgani “daromad summasi” deb qaralishi kerak. Bunday holat jamiyatda
mehnat va ta’lim bozori tizimining о‘zaro bog‘liqligini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |