PEDAGOGIKA
2016, 4-son
89
Axborotlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan hozirgi
davrda ta’lim sohasida axborot resurslarini tashkil etishga, elektron shakldagi
o‘quv-uslubiy materiallarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumki, elektron shakldagi o‘quv-uslubiy materiallar – bular elektron
darslik, elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron ma’ruza matnlari, elektron
kutubxonalar, audiovizual materiallar, interfaol o‘quv kurslari, kompyuterda
hisoblash tajribasini o‘tkazish uchun laboratoriya vazifalari, test sinovlarini
o‘tkazish bo‘yicha tizimlardir. Ular zamonaviy axborot texnologiyalari asosida
ma’lumotlarni to‘plash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda
taqdim va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manbalardir
1
.
Biz quyida E-publish dasturi vositasida elektron ta’lim resurslari yaratish
imkoniyatlariga to‘xtalmoqchimiz.
E-publish dasturi turli elektron nashr, sayt, masofaviy kurs, portfolio,
elektron darslik va uslubiy qo‘llanmalar yaratish uchun mo‘ljallangan dasturiy
vositadir
2
.
E-Publish konstruktori ofis ilovalar ko‘rinishida yaratilgan bo‘lib, word
dasturi bilan ishlashni biladigan har bir foydalanuvchiga hech qanday qiyinchilik
tug‘dirmaydi. Qo‘llanilishda oson bo‘lgan bu dastur qulay interfeysga ham ega
bo‘lib, texnik ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lmagan, dasturlashdan xabari yo‘q
foylalanuvchi ham o‘z elektron resurslarini yaratishi mumkin.
Turli ko‘rinishlardagi tayyor dizaynlarning mavjudligi yanada qulay. Bundan
tashqari E-publish dasturida testlar, fotoalbomlar, lug‘atlar, yangiliklar blokini
yaratish uchun ham maxsus shablonlar ham mavjud. Har bir foydalanuvchi o‘z
“Virtual kabinet”iga ega bo‘lib, ta’lim resursini boshqarish imkoniga ega bo’ladi.
Ektron ta’lim resurslarini yaratishda Microsoft FrontPage, HTML, Alliare
Home Site, E-author kabi dasturiy vositalardan foydalanish mumkin, ammo bu
dasturlardan foydalanish uchun maxsus bilim, ko‘nikma va malakalar talab
etiladi. Tanlagan E-publish dasturida foydalanuvchi uchun sodda uskunalar
paneli, tayyor shablon (qolip)lar yordamida elektron ta’lim resurslari yaratish
imkoniyati mavjud bo‘lib, dasturiy ta’minotning internetda tekin, erkin tarzda
taqdim etilayotganligi uning afzalligidir.
E-publish konstruktorining asosiy imkoniyatlari:
ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lgan sahifalar yaratish imkonining
mavjudligi: universal sahifa, test sahifasi, yangiliklar sahifasi, fotoalbom; forum,
videokonferensiyalar o‘tkazish imkonini beruvchi muloqot sahifasi;
menyularning avtomatik tashkil qilinishi;
menyularni boshqaruvchi maxsus tahrirlagichning mavjudligi;
1
Do'stlaringiz bilan baham: