PEDAGOGIKA
2016, 4-son
22
va “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” turkumiga kiruvchi fanlarni
о‘qitish jarayonida foydalanish imkoniyatini hosil qilishdir.
“Arxeologiya” virtual muzeyidan barcha guruhlarning tarbiyaviy soat
mashg‘ulotlari hamda “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Tarix”, “Milliy istiqlol
g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlarini о‘qitish jarayonida keng foydalanildi.
“Arxeologiya” virtual muzeyidan foydalanishga doir faoliyat quyidagi algoritmik
ketma-ketlikka asoslanildi: о‘quvchilarga axborotlarni taqdim etish: о‘quvchilarni
virtual muzeydagi axborotlar bilan tanishtirish, guruh rahbarlari, fan о‘qituvchilari
mashg‘ulotlar jarayonida virtual muzeyga о‘quvchilarning sayohatlarini tashkil
etishdi va axborotlar ustida ishlash jarayoni amalga oshirildi; о‘quvchilarni
faoliyatga jalb etish: yosh guruhlari bilan bog‘liqlikda virtual muzeyga sayohat
amalga oshirib bо‘linganidan sо‘ng о‘quvchilarga о‘z taassurotlarini bayon, insho,
esse, taqdimot, loyiha kо‘rinishlarida ifoda etish uchun sharoit yaratildi.
Virtual muzey yaratish va uni amaliyotda qо‘llashga doir izlanish natijasida
quyidagi xulosalarga kelindi: о‘quvchilarni muzey eksponatlari bilan keng
tanishishlariga imkon beradi; mashg‘ulotlar jarayonida yuqori darajada
kо‘rgazmalilik va interfaollikni ta’minlaydi; о‘quvchilarni muzey materiallari
asosida vizual, analitik, mustaqil tafakkurini rivojlantirish samaradorligi ortadi;
о‘quvchilarda tarixiy voqelikka qadriyatli yondashuv qaror topadi.
Virtual muzeyning amaliyotga tatbiq etilishi о‘quvchilarda tarixiy tafakkurni
rivojlantirishdagi ustuvor masalalarni ijobiy hal etishga olib keldi:
о‘quvchilarni turli tarixiy davrlarga tegishli arxeologik eksponatlarning
tuzilishi, hajmi, kattaligi, kompozitsion qurilishi, qо‘llanilgan sohasi,
ahamiyatining shaxsiy va ijtimoiy mohiyatining anglanishiga erishildi;
mashg‘ulotlar jarayonida yuqori darajadagi kо‘rgazmalilik va
interfaollikning ta’minlanishi, о‘quvchilarni muzey materiallari asosida vizual,
analitik, mustaqil fikrlashini rivojlantirish samaradorligining ortishi, ularda tarixiy
voqelikka aksiologik yondashuvning qaror topishi asoslandi;
virtual sayohatlarni о‘tkazish asosida о‘quvchilarning hamkorlikdagi
о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish, jadallashtirish va nazorat qilish
ijobiy samara berishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |