PEDAGOGIKA
2016, 4-son
19
qilish va о‘rganish ishlarini bajaruvchi, ilmiy-ma’rifiy muassasa sifatida juda katta
pedagogik vazifani bajaradi.
Tarixga ixtisoslashgan muzeylarning turli loyihalar bilan ishlash imkoniyati
yuqori. Masalan, har bir ashyoning о‘ziga xos tarixi bor. Eksponatni nafaqat
nazariy, balki amaliy tomondan tashrifchilarga namoyish qilish, ularning ham
ishtiroki uchun imkoniyat yaratishi mumkin. Kulolchilik – jahon tarixida
hunarmandchilikning ilk sohalaridan biri. Uning taraqqiyot bosqichlari, davriy va
hududiy farqlarini qiyoslash orqali о‘quvchilarda katta taassurot uyg‘otsa bо‘ladi.
Shuningdek, insoniyat tamaddunida milliy kulolchilikning о‘rni va rolini kо‘rsatish
maqsadga muvofiqdir. Albatta, tushuntirish ishlari amaliyot bilan, ya’ni kulolchilik
mahsulotlarini yasash va uning davrini aniqlash kabi mashg‘ulotlar bilan olib
borilishi lozim. Bunday mashg‘ulotlarni qog‘oz, kashtachilik, kandakorlik,
tо‘qimachilik, tasviriy san’at, muqovasozlik, yozuv, tangashunoslik tarixi kabi
qadimdan rivojlangan sohalar bо‘yicha ham olib borish mumkin.
J. Ismailova ta’kidlab о‘tganidek, umuman hozirgi zamonaviy muzeylar
bolalar bilan ishlashning turli metodik usullarini ishlab chiqmoqda. Ularning soni
va masshtabi juda keng bо‘lib, har bir muzey о‘zining xususiyati va faoliyati
mazmunidan kelib chiqqan holda ish tutadi. Yangi yо‘nalishdagi barcha loyiha va
strategiyalar
о‘quvchilarning
muzeyga
bо‘lgan
qiziqishini
orttiradi,
dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi
1
.
XX asrda bolalar muzeylarini tashkil etish madaniy-ma’rifiy faoliyatning
muhim yо‘nalishiga aylandi. Mazkur sohaning ilmiy yо‘nalishlarini tadqiq etishni
arxitektor va pedagog A. U. Zilenko boshlab berdi. Uning “Shimoliy Amerikada
bolalar muzeyi” (1925), “Shimoliy Amerikada yoshlar qishloq klublari” (1926),
“Amerikaliklar о‘zlarining klublari va ijtimoiy markazlarida (1927)”, “Maktab
muzeyi (1927)”, “Bolalar xiyoboni (1938)” kabi asarlarini yozish orqali о‘zining
bolalar muzeyi konsepsiyasini yaratdi. Bolalar muzeylarining zarurati va
ahamiyatini ta’kidlar ekan, A. U. Zelenko quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Insoniyat
madaniyati yaratgan yangi – mustaqil bolalar muzeyi о‘z zimmasiga tо‘g‘ridan
tо‘g‘ri maktab ta’lim tizimidagi bо‘g‘in bо‘lish vazifasini olmagan, shuningdek,
kattalar qiziqishidan kelib chiqqan holda tо‘planadigan bolalar ijodiyoti
kolleksiyasidan iborat emas, balki kattalar uchun tashkil etilgan muzeylar kabi
“kichkinagina xalq”ning qiziqishini keng masshtabda qoniqtiruvchi maskandir”
2
.
XX asr boshlarida dunyo bо‘yicha faqat AQShda bosh shiori “Iltimos ushlab
kо‘r” degan iboradan iborat bolalar muzeyi faoliyat yuritgan bо‘lsa, 90-yillarning
1
Исмаилова Ж.
Музей педагогикаси: тарихи, бугуни ва истиқболи // Ўзбекистон музейлари
истиқболи. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 20.
2
Зеленко А. У.
Детские музеи в Северной Америке // Музееведение в России в первой трети
ХХ в. – Москва, 1997. – Вып. 24. – С. 188-221.
Do'stlaringiz bilan baham: |