PEDAGOGIKA
2016, 4-son
116
tinglovchilarning kommunikativ tayyorgarligini orttirish maqsadida
xorijiy tillarni bilishi ustuvor sanalashini nazarda tutish;
tinglovchilarning
kasbiy
–
pedagogik,
shuningdek,
axborot-
kommunikativ texnologiyasidan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishga
asos bо‘lishi nazarda tutilgan.
Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi
ta’lim tizimining muhim bosqichlaridan biri bо‘lib, uning normativ-huquqiy
hujjat(malaka talablari, о‘quv reja, dastur)larini ishlab chiqishda didaktikaning
tarixiylik va mantiqiylikning metodologik birligi qonuniyati asos qilib olingan.
О‘quv rejaga tinglovchilarda zamon talablariga mos fundamental bilimlarni
shakllantirish, fan yangiliklari va innovatsiyalar bilan tanishtirish, ularning
ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlash, professor-о‘qituvchilarning kasbiy-
pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini beradigan, pedagogik
jarayonni zamon talablariga mos tashkil etish, pedagogik, о‘quv muammolarni
hal etishga zamin tayyorlaydigan modullar kiritildi. О‘quv rejasidan о‘rin olgan
modullar professor-о‘qituvchilarning kasb darajasi va malakasi, shuningdek,
kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish kabi davlat buyurtmasi va
ijtimoiy buyurtmani bajarishga yо‘naltirilgan. Kursning о‘quv rejalari tuzishda
yuqoridagi qonuniyatdan tashqari ilmiylik, fundamentallik, nazariya va amaliyot
birligi, mantiqiy ketma-ketlik prinsiplarga amal qilingan.
Professor-о‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik, didaktik, metodik bilim,
kо‘nikma va malakalarni egallashi, shuningdek, pedagogik kompetensiyalarning
takomillashganligi uning о‘z pedagogik faoliyatida barkamol shaxsni
tarbiyalashiga zamin yaratadi. Shunday ekan, tinglovchilarning kasbiy-pedagogik
kompetentligi mazmuniga aniqlik kiritish zarurati vujudga keldi. Tinglovchining
kasbiy-pedagogik kompetentligi – bu о‘qituvchining kasbiy xususiyati bо‘lib,
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda muayyan shart-sharoitdagi
nazariy-amaliy harakatini ifodalovchi shaxsiy va individual sifatlar yig‘indisini
pedagogik faoliyatda muammolar yechimini topishda qо‘llay olishi tushuniladi.
Adabiyotlarda о‘qituvchining pedagogik kompetentligining turlari tahlil etildi va
unga innovatsion ta’lim muhiti talablariga mos holda tegishli о‘zgartirish kiritildi,
ya’ni professor-о‘qituvchi uchun zarur bо‘ladigan tayanch va maxsus pedagogik
kompetensiyalar aniqlandi va guruhlandi
1
.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borayotgan professor-
о‘qituvchilarni mutaxassisligi va ixtisosligi xususiyatidan kelib chiqib tayanch va
maxsus kompetensiyalarga ajratish mumkin. Tayanch kompetentlik oliy ta’lim
tizimida pedagogik faoliyat olib boruvchi barcha о‘qituvchilarga xos, maxsus
1
Do'stlaringiz bilan baham: |