Eshi
tish sezgilari
organi quloq bo'lib, u uch qismdan: tashqi quloq, o'rta
quloq va ichki quloqdan iboratdir.
Tashqi quloq
— quloq suprasi bilan eshituv yo'lidan iborat. Tashqi quloq
havo to'lqinlarini yig'uvchi karnay desa bo'ladi. Tashqi quloq bilan o'rta
quloq o'rtasida bir parda bor, u
nog'ora parda
yoki o'rta quloq pardasi deb
ataladi.
0 ‘rta quloq
— nog'ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha:
bolg'acha sandon va uzangidan iborat. Nog'ora parda, shuningdek, unga
yopishuvchi suyakchalar (bolg'acha, sandon va uzangi) havo tebranish
larini ichki quloqqa o'tkazadi. O'rta quloq maxsus kanal (Yevstaxiy nayi)
yordami bilan og'iz bo'shlig'iga va burun bo'shlig'iga tutashgan.
Ichki quloq
yoki quloq labiranti o'zaro birlashgan uchta bo'lakdan
iborat. Ichki quloqning yuqori qismi uchta yarim joyga kanaldan, o'rta
qismi kameradan (u ichki
quloq dahlizi
deb ataladi) va pastki qismi
chig'anoqdan iborat, ichki quloqning uchala bo'limi endolimfa nomli
maxsus suyuqlik bilan to'la. Ichki quloqning asosiy qismi chig'anog'idir.
Chig'anoqning ichida Kortiy organi deb ataladigan bo'lakcha bor. Bu
organ gumbaz shaklida bo'lib,
uning negizida asosiy
membrana
bor. Membrana — uzunligi
sekin-asta qisqarib boruvchi
elastik tolalardan iborat. Bu
tolalar arfa yoki fortepianoning
tarang tortilgan
torlariga
o'xshaydi. Asosiy membranani
yuqori tomondan maxsus tayoq-
chasimon hujayralar berkitib
turadi, bu hujayralar Kortiy du-
ralari deb ataladi. Asosiy mem-
brananing tolalari endolimfaga
eng ingichka qillari botib tura-
digan maxsus hujayralar yorda
mi bilan Kortiy duralari orqali
eshitish nerviga bog'lanadi.
Eshitish markazlari bosh miya
po'stining chakka bo'lagidadir.
17-rasm . Quloqning tuzilishi:
1. Quloq
suprasi. 2. Tashqi eshitish yo'li.
3. N og'ora pardasi. 4. 0 ‘rta quloq.
5. Yevstxiy nayi. 6. O 'rta quloq ichidagi
suyuklar. 7. Ichki quloq dahlizi.
8. Yarim doira kanallari. 9. Chig'anoq.
Eshitish sezgilarining fizik sababi — havo to'lqinlarining harakati bo'lib,
bu havo to'lqinlari tovush chiqaruvchi jismlar tebranganda hosil bo'ladi.
Musiqiy tovushlar to'lqinlaming tekis, ritmik harakatlari natijasida hosil
bo'ladi, shovqinli tovushlar esa to'lqinlaming notekis harakatlaridan
tug'iladi.
Tovush balandligi asosiy tonning balandligi bilan belgilanadi. Ton
balandligi tovush to'lqinlarining vaqt birligi hisobi bilan tezlik darajasiga
(chastotasiga) bog'liq. Tovush chiqaruvchi jismlar tebranish tezligi (chas
totasi) qancha ko'p bo'lsa, eshitiladigan tovush shuncha yuqori bo'ladi.
Sekundiga 16—20 dan tortib 20000—22000 tebranish bo'lganda odam
qulog'i tonlarni seza oladi. Sekundiga 100 dan tortib, 5000 gacha tebranuv-
chi o'rtacha balandlikdagi tonlarning farqi, ayniqsa, yaqqol seziladi. Mu
siqa asboblari (royal) soniyasiga 20 dan tortib, 4200 gacha tebranish doira-
sida 7 oktavaga egadir. Odam nutqidagi tovushlarning registri soniyasiga
150 dan tortib, 2000 gacha tebranish o'rtasidadir.
Tovushning qattiqligi —
tovushning subyektiv seziladigan kuchidir.
Shu sababli, tovushning qattiqligi awalo tebranish energiyasiga bog'liqdir.
Ammo tovushning qattiqligini tovush kuchi bilan tenglashtirish yara
maydi. Bir xil kuchdagi, ammo turli balandlikdagi tovushlar bizga qat
tiqligi jihatidan har xildek seziladi. Tovush kuchi oshgan sari tovush
ning qattiqligi oshavermaydi. Tovushning qattiqligi quloqning tovush
manbaidan qancha masofada ekanligiga va tovush tarqaladigan sharoit
ga bog'liq. Tembr tovush to'lqinining shakliga bog'liq. Tovush to'lqinining
shakli odam sezgilarida xilma-xil tonlarda aks etadi, bu tovush shu ton-
lardan hosil bo'ladi. Tovush tembri bir qancha obertonlardan tashkil
topadi. Bu obertonlar
asosiy tonga qaraganda 2,
L
3, 4 va hokazo marta ortiq
tebranishi mumkin. Odam
ovozining tembrlaridagi
musiqa
asboblarining
tembrlaridagi farqlar ober
tonlardan qaysi birining
Do'stlaringiz bilan baham: |