P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Harakat  maqsadini  belgilash



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Harakat  maqsadini  belgilash

Irodaviy jarayon  va  irodaviy  harakatning  dastlabki  momenti  maqsad 

qo‘yishdan  iboratdir.  Maqsad deganda biz odam  nima qilishi kerakligini, 

nimaga  erishishi  kerakligi  va  qanday qiyinchiliklarni  yengishi  lozimligini 

anglashni  tushunamiz.

Nima qilish  kerakligini  anglash va maqsad  qilib qo‘yish bajariladigan 

ish-harakatlaridan  kelib  chiqadigan  natijalami  o‘ylash  va tasawur qilish 

bilan  muayyan  darajada  bogMiq  boMadi.  Qilinadigan  harakatning  aniq 

maqsadi  hamma  vaqt  shu  maqsadga  erishtiruvchi  vositalar  va  yo'I- 

yo'riqlarni tasawur etish bilan ham bogMiq bo‘ladi.  Biror narsani maqsad 

qilib qo'yish maMum sabablar, muayyan faktorlar va inson ayni shu chog'da 

idrok qilayotgan sharoitning o‘zi bilan belgilanadi.  Masalan, odam ba’zan 

qiyin ahvolga tushib  qoladi va u bu ahvoldan qandaydir yoM  bilan  chiqib 

ketishni  o‘z  oldiga  maqsad  qilib  qo'yadi.  U  xalaqit qilayotgan  narsalarni 

yo'qotib,  sharoitni  o'zgartiradi  va  yangi  sharoit  yaratadi.

Maqsad  qilib qo'yish shaxsiy yoki ijtimoiy manfaatlar nuqtayi  nazari- 

dan  muayyan bir harakatlarni bajarish zaruriyati bilan belgilanadi.  Masa­

lan,  davlat  chegaralarini  qo'riqlashda qo'yiladigan  maqsadlar.

Maqsad  qilib qo'yish va shu  maqsad asosida harakat qilish  odamning 

mehnati,  kasbi  bilan  bog'liq  bo'lgan  vazifalari  bilan  belgilanadi.  Odam­

ning jamiyatda  va jamoada  tutgan  o'rni  uning  o'z  oldiga  muayyan  bir 

narsani  maqsad  qilib  qo'yishini  belgilaydigan  muhim  faktorlardandir.

Ayrim  odamlar  tomonidan  qilinadigan  harakatlarning  maqsadi, 

ko'pincha boshqa odamlarning biror maslahati,  iltimosi, buyrug'i va shu­

ning  kabilar  ta’siri  bilan  belgilanadi.  Xuddi  shuning  singari,  maqsadga 

erishtiruvchi  vosita  va  yo'riqlar  ham,  ko'pincha,  tashqaridan  (maslahat, 

iltimos buyruq tariqasida)  ko'rsatiladi.

Nima  qilish  kerakligini  anglash  va  maqsad  qilib  qo'yish  ko'pchilik 

hollarda,  odamning  biologik  va  ruhiy ehtiyojlari  bilan  belgilanadi.

Ehtiyojlarning  faol  tomoni  intilishlarda  ko'rinadi.  Intilish  ehtiyojni 

qondira  oladigan  narsaga,  shu  ehtiyojni  qondirish  uchun  qidirib  topish 

yoki yangidan yaratish, o'zgartirish va hokazo lozim bo'lgan narsaga qara­

tilgan bo'ladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, intilishlar hissiyotlarning muhim 

elementlaridandir.

Intilishlar turli  darajada anglanishi  mumkin.  Intilishlami  anglash  darajasi 

kishi ehtiyojining kuchiga, hayotiy tajribasi va bilimlariga hamda  uning tafakkuri 

va xayolining taraqqiyotiga bog'liqdir.  Anglash  darajasiga  ko'ra,  odatda,  inti- 

lishlaming quyidagi turlari yoki  fazalari bo'ladi:  istak,  tilak va xohish.

Istak — intilishning shunday bir turidirki, bunda kishi faqatgina o'zining 

hozirgi  holatidan  norozi ekanini  his qilib tursa  ham,  lekin  qanday maqsadga




intilayotganini binobarin, bu maqsadga erishishning yoM-yo'riqlarini aniq bil- 

maydi.  Istak shunday bir holatdirki,  bunda  kishi  o‘ziga allanima  kerakligini, 

allanima yetishmayotganini his qilib turadi-yu, ammo bu narsaning nima ekan­

ligini aniqlab ololmaydi, ya’ni tasawur qila olmaydi, fahmiga yetmaydi.  Bun­

day hollarda «U  nima istayotganini o‘zi ham bilmaydi» deyishadi.

Istak  paytida  kishi  qanday  maqsadga  intilayotganini,  bu  maqsadni 

amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini  anglab yetmas ekan,  demak,  istakni  be­

vosita amalga  oshirib  yuborish  mumkin emas.

Kishi,  nima  istayotganini  o‘zi  anglab yetolmagan paytda,  odatda,  bir 

xil ko‘ngli g'ashroq holatida bo‘ladi, ya’ni zerikkandek, nimagadir ko‘ngli 

g‘ashdek  va  qandaydir  noaniq  bir  holatda  boMadi.  Istak  bolalarda  juda 

yorqin namoyon boMadi. Buning sababi shundaki, bolalar o'zlarida tugMlgan 

ehtiyoj  va  intilishlarini  turmush  tajribalari  va  bilimlarining  yetarli  dara­

jada  emasligi  tufayli  aniq  anglay  olmaydilar.  Bolalar  bunday  holatda 

ko'pincha  injiqlik  qiladilar.

Istak  tarzida  intilishlar,  ko'proq  biron  ish  bilan  shug'ullanmaydigan, 

ma’lum  hayotiy  qiziqishlari  bo'lmagan  va  kam  harakatroq  kishilarda 

uchraydi.  Kishida  hosil  bo'lgan  istak  ma’lum  darajada anglashilsa,  tilak- 

havasga aylanib  ketishi  mumkin.  Tilak  havasni  dastawal  shunday tushu­

nish  kerak.

Tilak-havas  intilishning  shunday bir  turidirki,  bunda  kishi  faqatgina 

qanday  maqsadga  intilayotganligini  biladi,  lekin  bu  maqsadga  erishish 

yo'llarini aniq bilmaydi.  Bunday tilak ba’zan zo'r xayol surish bilan, ba’zan 

esa  «cheksiz»  orzu  bilan  bog'liq  bo'ladi.

Bunday tilak  bo'lgan  paytda,  ko'pincha  yangi  intilish  paydo  bo'ladi, 

ya’ni  tilakka  erishish  uchun  vosita  va  yo'llar  qidirish,  ba’zi  paytda  esa 

o'zida  tug'ilgan  tilakni  bosishga  intilish  hosil  bo'ladi.  Agar amalga  oshi­

rish  uchun vosita va yo'llar topilib qolsa,  u paytda tilak — to'la anglangan 

intilishga aylanadiki,  bu holda kishi faqat  qanday maqsadga intilayotgan­

ligini  aniq  bilib  qolmay,  balki  bu  maqsadni  amalga  oshirish  vositasi  va 

yo'llarini  ham  biladi.

Mana  shunday  qilib,  tilak  tobora  anglashilib  borishi  natijasida  xo- 

hishga  aylanib  ketishi  mumkin.

Xohish  — to'la anglangan intilishdir.  Bunda faqat  intilishning  maqsa­

di  va  bu  maqsadni  amalga  oshirish  vositalarigina  emas,  balki  maqsadni 

amalga oshirish imkoniyati,  ma’lum bir maqsadda harakat qilishga tayyor 

va qilinadigan  harakatlardan  kelib chiqadigan  natijalar ham  anglashiladi.

Irodaviy harakatlar — ilgaridan mo'ljallangan xohish bilan amalga oshi­

riladigan harakatlardir. Irodaviy harakatlar ixtiyorsiz harakatlardan dastawal 

shuning  bilan  farq  qiladiki,  ularda  oldindan  mo'ljallangan  va  to'la  ang- 

lanilgan  intilish  bo'ladi.



Xohish bilan turli-tuman  tegishli  harakat boshlanib  ketishi  mumkin. 

Bunday  harakatlar  oddiy  irodaviy  harakatlar  yoki  oddiy  irodaviy  aktlar 

deb  ataladi.  Masalan,  odam  o'rnidan  turishni  xohlar  ekan,  u  o‘rnidan 

turadi,  biron  qalamni  olishni  xohlasa,  uni  bemalol  oladi.

Lekin  bizning  irodaviy  harakatlarimizning  ko‘pchiligi  murakkab  ha- 

rakatlardir.  Bu  murakkablik  shundan  iboratki,  xohish  bilan  uni  amalga 

oshirish o'rtasida yana ma’lum bir maqsadni belgilash, bu maqsadni amalga 

oshirish vositasi va yo'llarini belgilash hamda ma’lum qarorga kelish  kabi 

jarayonlar bo'ladi.

Bizning kundalik faoliyatimizda, ko'pincha, bir xil maqsadlar qo'yishga 

va  bu  maqsadlami  bir  xil  yo'l-yo'riqlar  bilan  amalga  oshirishga  to'g'ri 

keladi.  Bunday hollarda, albatta,  maqsadni amalga oshirish vositalarining 

to'g'riligi  shubhalanishga  va  maqsadni  amalga  oshirish  vositalarini  tan­

lash  uchun  vaqt  sarf qilishga to'g'ri  kelmaydi.

Agar  odam  o'z  oldiga  yangi  maqsad  va  yangi  vazifalar  qo'ysa-yu, 

lekin  bu  maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirish  vositalari  hali  tajribada 

sinab ko'rilmagan bo'lsa,  asosan,  ana shunday hollarda irodaviy jarayon­

lar murakkablashadi.  Shuning  uchun  oddiy harakatlarga qaraganda,  mu­

rakkab  irodaviy  harakatlar vaqt jihatidan  davomliroq bo'ladi.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish