vagonlarni o’z vaqtida yuk operatsiyalari uchun uzatilishi va yuk operatsiyalari
tugagandan so’ng olinishi;
vagonlarni ishlash
uchun eng kam vaqt sarflanishi;
barcha manyovr vositalardan va texnikaviy qurilmalardan ratsional foydalanish;
stansiyaga poezdlarni uzluksiz qabul qilinishi;
harakat xavfsizligi hamda manyovrlar bilan bog’liq xodimlar xavfsizligi va harakat
tarkibining butligi.
299.
Yo’llarning rivojlanganligi, manyovr ishlarining xususiyati va hajmiga bog’liq
ravishda stansiyadagi yo’llar manyovr hududlariga bo’linadilar. Manyovr hududlarining
chegaralari va ularning har biridagi ish xususiyatlari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv
aktida
belgilanadi.
Har bir manyovr hududida odatda bitta manyovr lokomotivi ishlaydi. Ayrim
hududlarda ikki va undan ortiq manyovr lokomotivi ishlashi zarur bo’lsa, harakat xavfsizligi
ta'minlanadigan ularni ishlash tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi.
Manyovr ishlari uchun beriladigan lokomotivlar soz bo’lishi, yaxshi ishlaydigan
radiostansiyalarga, belgilangan signallar va inventarga ega bo’lishi lozim.
300.
Manyovr harakatlarida markazlashtirilmagan strelkalar manyovrlarga rahbarlik
qilayotgan shaxsning farmoyishiga binoan strelkali post navbatchilari tomonidan o’tkaziladi.
Elektr markazlashtirish bo’lgan stansiyalarda strelkalar stansiya navbatchisi yoki
markazlashtirish posti operatori tomonidan o’tkaziladi. Strelkalar
markaziydan mahalliy
boshqaruvga topshirilganda, shuningdek, strelkali post navbatchisi xizmat ko’rsatmaydigan
markazlashtirilmagan strelkalarda manyovrlar amalga oshirilganda strelkalarni lokomotiv
yoki tuzish brigadalarining xodimlari, konduktorlar,
park navbatchilari, stansiya navbatchilari,
stansiya boshliqlari, yuk va bagajni qabul qilib-topshiruvchilar, lokomotiv,
vagon depolari
xodimlari va boshqa xodimlar tomonidan o’tkazilishiga ruxsat etiladi.
Manyovrlar paytida ko’rsatilgan xodimlarga strelkalarni o’tkazishga ruxsat etilgan
stansiyalar ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi.
(300-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Markazlashtirilgan strelkani o’tkazishdan avval unga xizmat ko’rsatuvchi xodim
(shaxsan yoki boshqa xodimning ma'lumotiga asosan) strelka tarkib bilan band
etilmaganligiga, shuningdek, yondosh yo’llardan o’tishlar mavjudligiga
ishonch hosil qilishi
lozim. Elektr markazlashtirishda strelka o’tkazgichning harakat tarkibidan bo’shligi
boshqaruv apparatidagi nazorat asboblarinnng ko’rsatmasi bo’yicha aniqlanadi. Ushbu
asboblar nosoz bo’lganida yoki vaqtincha o’chirilganida yohud strelkalar manyovr
kolonkalaridan o’tkazilganida strelkali o’tkazgichning harakat tarkibidan bo’shligini aniqlash
tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi.
Markazlashtirilmagan strelkalar (saralash yo’llarida joylashgan, manyovr ishlari har
doim ketma-ket turtkilar
bilan amalga oshiriladigan, sharnir-tirsakli tutashtirgichlar bilan
jihozlangan strelkalardan tashqari) manyovrlar paytida zakladkalar bilan berkitlishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: