KIRISH SVETOFORINING TAQIQ
KO’RSATMASIDA POEZDLARNI
STANSIYAGA QABUL QILISH
264. TFQning 240-bandiga muvofiq, kirish svetoforining asosiy chiroqlari
o’chgan vaqtda yoki taqiq ko’rsatkichida poezdni stansiyaga qabul qilish man etiladi.
Kirish svetoforining asosiy chiroqlari o’chgan vaqtda yoki taqiqlovchi ko’rsatgichida
poezdni stansiyaga qabul qilish poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha
Yo’riqnomada ko’zda tutilgan tartibga ko’ra va alohida holatlardagina taklif signali,
stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Taklif signali yoki stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan
stansiyaga qabul qilinayotgan poezdning harakat tezligi 20 km/soat dan oshmasligi
kerak, bunda mashinist poezdni e'tiborlik bilan haydashi va harakat qilishga to’siq
paydo bo’lsa, darhol to’xtashga shay turishi kerak.
Kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni stansiyaga quyidagi
holatlarda qabul qilishga ruxsat etiladi:
a) nosozligi sababli kirish svetoforini ochishni iloji bo’lmasa;
b) poezd stansiyaga texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilmagan yo’lga qabul
qilinayotgan bo’lib, kirish svetoforini ochishni imkoni bo’lmasa;
v) yo’lning ma'lum qismlariga
suruvchi lokomotivlar, stansiya hududida joylashgan
depoga ketayotgan lokomotivlar, depodan poezd tarkiblariga qarab
ketayotgan lokomotivlar
qabul qilinganida;
g) stansiya yo’llarining bo’sh uchastkalariga (yo’lovchi poezdlar band etgan yo’llar
bundan istisno) tiklash va o’t o’chirish poezdlari, yordamchi lokomotivlar, vagonsiz
lokomotivlar,
qor tozalagichlar, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi, shuningdek, xo’jalik
poezdlari (peregon yopilib ishlar bajarilganda) qabul qilinganida.
265.
Kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko’rsatmasida
poezdlar stansiyaga
quyidagilarga asosan qabul qilinadi:
a) mashinistga radio aloqa orqali uzatiladigan stansiya navbatchisining qayd etiluvchi
buyrug’i bo’yicha;
b) kirish svetofori yonida o’rnatilgan maxsus telefon orqali uzatiladigan stansiya
navbatchisining qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha;
v) taklif signali bo’yicha;
g) stansiya navbatchisining yozma ruxsatnomasi bo’yicha;
d) poezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha (markazlashtirilgan
dispetcherlikda);
e) kirish svetoforining machtasida o’rnatilgan maxsus manyovr svetoforining
ko’rsatmasi bo’yicha.
Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida (yoki kirish svetofori bo’lmaganda) noto’g’ri
yo’ldan harakatlanayotgan poezdlar ham stansiyaga xuddi shu tartibda qabul qilinadi. Kirish
(marshrut) svetofori to’satdan taqiq ko’rsatmasiga o’tganida buni ilg’agan mashinist poezdni
kirish svetoforidan o’tilgandan so’ng to’xtatganida ham mazkur ruxsatlar qo’llanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan ruxsatnomalardan istalgan biri
faqat stansiya navbatchisi
qabul qilish marshruti tayyorligiga ishonch hosil qilganidan so’nggina mashinistga uzatilishi
mumkin.
Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni stansiyaga qabul qilish to’g’risida
mashinistga uzatiladigan buyruqlar ushbu Yo’riqnomaning umumiy qoidalari 8-bandida
belgilangan tartibda qayd etiladi.
Kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko’rsatmasida va noto’g’ri yo’l bo’ylab
poezdlarni stansiyaga qabul qilishda xodimlarning harakat tartibi stansiyaning texnikaviy-
boshqaruv aktida ko’rsatiladi.
266.
Kirish (marshrut) svetoforida (qabul qilish parki yoki yo’lining) marshrut
ko’rsatkichini yoqishning imkoni bo’lmasa, poezd stansiyaga kirish (marshrut) svetoforining
taqiq ko’rsatmasida, mashinistga nosoz marshrut ko’rsatkichidan o’tish uchun qo’shimcha
ruxsatnoma bermasdan qabul qilinadi. Bunday holatlarla mashinist stansiyaga o’ta
ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi lozim.
O’zgaruvchan va doimiy tokdagi elektr tortishlar tutashgan, shuningdek, yo’l kengligi
turlicha bo’lgan yo’llar birikkan stansiyalarda nosoz kirish (marshrut) svetoforidan o’tish
tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadigan yo’riqnomalarda belgilanadi.
267.
Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni qabul qilish to’g’risidagi
stansiya navbatchisining radio aloqa orqali qayd etiluvchi buyrug’i quyidagi shaklda uzatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: