250.
Stansiyaga ketma-ket bir nechta poezdni qabul qilish zarur bo’lsa, ulardan biri
uchun marshrut tayyorligi xaqidagi xabarni olgan stansiya navbatchisi keyingi poezd uchun
marshrutni tayyorlash to’g’risida strelkali postlar navbatchilariga ko’rsatma berishiga ruxsat
etiladi. Bunday holatlarda birinchi poezd to’liq tarkibda yetib kelib, kirish svetofori
yopilgandan so’ng, darhol ikkinchi poezdni qabul qilish marshruti tayyorlanadi. Birinchi
poezd marshrutiga kirmaydigan strelkalar avvaldan o’rnatilib, yopilishi mumkin.
Ikkinchi poezdning marshruti tayyor ekanligi to’g’risida xabar stansiya navbatchisiga
birinchi poezdning kelganligi xaqidagi ma'lumot bilan bir paytda uzatiladi.
251.
Poezdni qabul qilishdan avval yo’lning bo’shligini tekshirish tartibi stansiyaning
texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. Bunda quyidagi tekshirish usullari qo’llanishi
mumkin:
qabul qilish-jo’natish yo’llari elektr izolyatsiya bilan jihozlangan stansiyalarda
boshqaruv apparatlardagi nazorat asboblari bo’yicha;
yo’lning ma'lum qismi bo’shligini texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilgan stansiya
xodimining (bir yoki bir nechta, ularning ishlash hududlariga bog’liq) tekshirilayotgan hudud
yaxshi ko’rinadigan joygacha borib kelish usuli bilan aniqlanadi;
sutkaning qorong’i vaqtida va kunduzi ko’rinish yomon bo’lganda - strelkali post
navbatchisi yoki shu maqsadda maxsus ajratilgan xodim qabul qilish yo’lini boshdan oyoq
yurib o’tish usuli bilan;
stansiyadan to’xtamasdan o’tadigan poezdlarning ortidagi signali bo’yicha (yo’lning
butun qismi yaxshi ko’rinib turganda).
Zarur holatlarda stansiya navbatchisining farmoyishi bilan bir yoki bir necha
yo’llarning bo’shligi oldindan tekshirilishi mumkin. Bunda poezdni qabul qilish marshruti
tayyorlangandan so’ng, olib qo’yiladigan, ko’chiriladigan qizil signallar bilan har bir
tekshirilgan yo’lni ikkala tomonidan to’sish usuli qo’llanadi.
Texnikaviy qurilmalar, ish sharoitlari va yo’llarning joylashuviga bog’liq ravishda
tekshiruvning boshqa usullari ham qo’llanilishi mumkin, ammo bu holda belgilangan tartibga
aniq rioya qilish bilan poezdni band yo’lga qabul qilinishi istisno qilinishi kerak.
252.
Stansiyaga qabul qilish yo’lining foydali uzunligiga joylashmaydigan poezd
kelayotgan bo’lsa, stansiya navbatchisi radio aloqa orqali ushbu poezd mashinistiga qabul
qilish yo’lining chiqish (marshrut) svetoforidagi oydin-oq chiroq bo’yicha qizil chirog’i
o’chgan holatda to’xtamasdan (komanda yoki to’xtash signalini olgunicha) o’tishga ruxsat
berishi mumkin.
Kelayotgan poezdning mashinisti bunday ruxsatni olmasa, chiqish (marshrut)
svetoforining oydin-oq chirog’ida, ushbu svetofordan o’tmasdan to’xtashi lozim.
Chiqish svetoforining ruxsat ko’rsatmasi bo’yicha jo’natish uchun ushbu poezdni
zarur hollarda tisarish signal bo’yicha yoki stansiya navbatchisi tisarish marshrutini avvaldan
tayyorlagandan so’ng, radio aloqa orqali mashinistga uzatadigan ko’rsatma bo’yicha amalga
oshiriladi.
253.
1 klassli xavfli yuk (VM)li va nogabarit yukli poezdlar stansiyaning texnikaviy-
boshqaruv aktida ko’rsatilgan yo’llarga qabul qilinishi lozim.
Nogabarit va 1 klassli xavfli yuk (VM)lar ortilgan poezdlarni qabul qilish va
jo’natishda rioya etilishi lozim bo’lgan xavfsizlik choralari DATK ning maxsus
yo’riqnomalari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: