"VM" shtempeli qo’lda yoziladigan tashilayotgan yuk shartli nomeri bilan to’ldirilishi
kerak, "To’siq" shtempeli esa "3.6.6 band bo’yicha, sxema A" yoki "3.6.6 band bo’yicha,
sxema B" qaydi bilan to’ldiriladi va uning asosida to’sish me'yori o’rnatiladi (muvofiq
ravishda, ushbu Yo’riqnoma 5-ilovasi 2 va 3-ustunchalari).
423.
GU-38 shaklidagi vagon varag’ida "To’siq kodi" ustunchasida 115, 119, 121,
126, 128, 130, 134, 137, 141, 143, 148, 154, 155, 156, 167, 168, 176, 179, 182, 199 shartli
nomerlar ostidagi VM li vagonlar uchun 9 kodi ko’rsatiladi, boshqa VM li vagonlar uchun 3
kodi ko’rsatiladi.
Bunda 9 to’sish kodiga ega VM li vagonlar uchun "Nogabaritlik, jonivorlar, DB, NG"
7 kodi ko’rsatiladi (tepachadan tushirilmaydigan vagonlar).
424.
Barcha saralash, uchastka,
yuk ortish, vagonlarni bir izdan boshqasiga o’tkazish
stansiyalarida, zarur bo’lsa boshqa stasiyalarda ham stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktiga
ilova sifatida DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tasdiqlanadigan, xavfli
yuk (VM) ortilgan vagonlar bilan ishlash to’g’risidagi Yo’riqnoma ishlab chiqilishi lozim.
Ushbu Yo’riqnoma temir yo’llar bo’ylab xavfli yuklarni tashish qoidalarida keltirilgan
talablarga muvofiq kelishi kerak.
(424-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
VM vagonli poezdlar va alohida VM li vagonlar xaqida ma'lumotlarni, bunday poezd
va vagonlarga xizmat ko’rsatishda qatnashmaydigan shaxslarga taqdim etish taqiqlanadi.
VM li vagonlar bilan ish bajarilayotgani xaqida xabar uzatish uchun temir yo’l
stansiyasining park aloqasidan foydalanishga faqat aloqaning boshqa turlari bo’lmaganda
ruxsat etiladi.
425.
Stansiyadagi poezdlardan tashqari VM ortilgan vagonlar, saralash parklari
yo’larida yig’ilayotgan vagonlar bundan mustasno, stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida
turishi eng xavfsiz deb ko’rsatilgan alohida yo’llarda turishi kerak. Bunday vagonlar tirkalgan
bo’lishi, ketib qolishdan ishonchli mahkamlanishi va ko’chiriladigan to’xtash signallari bilan
to’silishi shart. Bunday vagonlar turgan yo’lga boradigan strelkalar bunday yo’llarga
biron
harakat birligi kirib ketmaydigan holatga o’rnatiladi va berkitiladi. Bunday strelkalarni
berkitish va kalitlarni saqlash tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi.
Qorovul naryadlari yoki yuk jo’natuvchi (yuk qabul qiluvchi) mutaxassislari
tomonidan kuzatib borilayotgan vagonlar o’sha yoki yondosh yo’lga o’zlari kuzatib
borayotgan VM ortilgan vagonlardan ko’pi bilan 50 metr masofada qo’yiladi. VM ortilagan
vagonlarni stansiya yo’llarida mahkamlanishi stansiyaning
texnikaviy-boshqaruv aktida
belgilangan tartibda va me'yorlar bo’yicha amalga oshiriladi.
426.
VM ortilgan vagonlar poezdlarda va manyovrlar amalga oshrilayotganda,
shuningdek, korxona va tashkilotlarning shahobcha yo’llariga qo’yilganda (olinganda) ushbu
Yo’riqnrmaning 5-Ilovasida ko’zda tutilgan me'yorlarga binoan to’siqqa ega bo’lishlari kerak.
VM ortilgan vagonlar harakatlanayotgan poezdlarda to’siq sifatida bo’sh vagonlar
yoki xavfli bo’lmagan yuklar ortilgan vagonlar qo’yillishi kerak.
Bo’sh vagonlar yuk va axlat qoldiqlaridan tozalangan bo’lishi, lyuk va eshiklari
yopilgan bo’lishi kerak.
Bo’sh sisternalar yuk qoldiqlaridan tozalangan bo’lishi,
lyuk qopqoqlari berkitilgan
bo’lishi kerak. To’siq sifatida maxsus sisternalarni, shuningdek, xavfli yuklarni tashishga
mo’ljallangan maxsus sisternalarni foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Ortilgan va bo’sh
platformalar (shu jumladan ushbu Yo’riqnomaning 5-ilovasi 10-bandida ko’rsatilganlari
ham), shuningdek transportyorlar to’siq sifatida qo’yiladi,
ammo VM ortilgan vagonga
bevosita birinchi bo’lib ulaniishi mumkin emas.
427.
Xavfli yuklarni (VM) ortish uchun vagonlarni berishdan oldin manyovr
dispetcheri (stansiya navbatchisi) stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida aniqlangan
tartibda, VU-14 shaklidagi jurnal bo’yicha vagonlar ko’rikdan o’tganligiga va xavfli yuklarni
(VM) tashish qoidalari talablariga muvofiq texnikaviy jihatdan soz deb topilganiga ishonch
hosil qilishi lozim.
428.
VM ortilgan vagonlarni yuk tushirish yoki jo’natish
uchun qabul qiladigan
shahobcha yo’llarga xizmat ko’rsatish to’g’risidagi mahalliy Yo’riqnomalarda bunday
vagonlarni qo’yish va olish marshrutlari, shunday vagonlari bor manyovr tarkiblarining
harakat tezligi, pereezdlardan o’tish va marshrutlarni
muhofazalash tartibi, shuningdek,
xavfsizlikni ta'minlashning boshqa choralari belgilanishi lozim.
Arsenal, baza va omborlarning shahobcha yo’llariga xavfli yuklar (VM) ortilgan
vagonlarni qo’yish (olish) qoida bo’yicha, suyuq yoqilg’idagi teplovoz yoki parovoz
yordamida amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: