79
maxsus birliklari mavjud. Bu uslub leksik tizimiga istalgan neologizm yoki chet sо‗zlar, yangi
qо‗llanishlar erkin kirib kelavermaydi. Rasmiy-idoraviy ish uslubida quyidagi leksik
vositalarning qо‗llanishiga nisbatan qat‘iy cheklovlar qо‗yilgan:
1) konnotativ ma‘no, baho munosabatini ifodalovchi leksik birliklar;
2) neologizmlar (ba‘zi ish hujjatlari matnida neologizmning qо‗llanishi kuzatiladi,
bunday vaqtda uning ma‘nosi qavs ichida izohlanib ketiladi);
3) eskirgan sо‗zlar;
4) shevaga oid sо‗zlar;
5) sinonimlar (ba‘zan sinonimik munosabatdagi terminlarning qо‗llanishiga ehtiyoj
tug‗ilganda ularning muqobili qavs ichida yozilishini kuzatish mumkin);
6) evfemizmlar;
7) jargon va argolar;
8) varvarizmlar va parazit sо‗zlar.
Ba‘zan muayyan tilning rasmiy uslub leksikasi tub inqilobiy о‗zgarishlar asosida jiddiy
yangilanishlarga yuz tutishi, ya‘ni yangi leksemalar hosil qilinishi, ayrimlari iste‘moldan chiqib
ketishi, о‗rnini boshqasiga bо‗shatib berishi, yangi birliklar о‗zlashtirilishi mumkin. Bunday
о‗zgarishlar ham rasmiy uslub leksikasiga faqat shu uslubga xos bо‗lgan leksik birliklarning
kirib kelishi yoki hosil qilinishiga yо‗l ochadi, bu uslubga yot sо‗zlar uning leksik qatlamidan
о‗rin ololmaydi. Xullas, о‗zbek tili rasmiy uslubi leksikasi uzoq yillar davomida shakllanib
borgan. Uning leksik qatlamidan uslubiy belgisi, vazifasi, rasmiy matnni shakllantirishdagi
о‗rniga kо‗ra farqlanuvchi birliklar, jumladan, uslubiy xoslangan leksik birliklar, umumtil
nutqiga oid neytral birliklar hamda rasmiy matnni mantiqiy-semantik jihatdan shakllantiruvchi
tayanch birliklar maqomidagi maxsus birliklar о‗rin olgan. Sir emaski, jamiyat hayotidagi har
qanday siyosiy-huquqiy burilish, avvalo, uning rasmiy hujjatlarida о‗z aksini topadi. Birgina
misol. Respublikamizning sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqib, mustaqillikka erishuvi
bevosita 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan ―Mustaqillik Deklaratsiyasi‖da, 1991-yil 31-
avgustda e‘lon qilingan ―О‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi tо‗g‗risida Oliy
Kengash Bayonoti‖, shuningdek, ketma-ket chiqarilgan «О‗zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligini e‘lon qilish tо‗g‗risida»gi qaror va ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat
Mustaqilligi asoslari tо‗g‗risida»gi Qonunida aks etdi. Qonunchilikdagi ushbu rasmiy hujjatlar
orqali о‗zbek tili rasmiy uslubiga davlatimiz hayotida rо‗y bergan bu muhim siyosiy inqilob bilan
bog‗liq yangi sо‗z va sо‗z birikmalari kirib keldi. Buning natijasida о‗zbek tili rasmiy
uslubi, xususan, qonunchilik hujjatlari uslubidan О‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi,
mustaqillik, Mustaqillik deklaratsiyasi, qonun ustuvorligi, davlat ramzlari, davlat bayrog‗i,
davlat gerbi, О‗zbekiston madhiyasi, milliy valyuta, О‗zbekiston Respublikasi fuqaroligi kabi
kо‗plab birliklar о‗rin oldi.
Mustaqillik davri о‗zbek tili rasmiy uslub leksikasidagi yangilanish va о‗zgarishlar, ayniqsa,
idoraviy ish hujjatlari uslubida yaqqol namoyon bо‗ldi. Ma‘lumki, respublikamiz mustaqillikka
erishgunga qadar yurtimizda idoraviy ish hujjatlari, asosan, rus tilida yuritilgan. Juda kam turdagi
ish hujjatlari о‗zbek tilida yozilgan. Idoraviy ish hujjatlarining deyarli rus tilida yozilishi
natijasida о‗zbek tili rasmiy uslubining bu yо‗nalishida yangi leksik birliklarning yaratilishiga
ehtiyoj kuzatilmagan. Rus tilining idoraviy ish hujjatlari andozasi asosida yozilgan rasmiy
hujjatlarda bu tilning terminologik birliklari kо‗plab qо‗llangan. Masalan, akt, spravka,
xarakteristika, adres, avtobiografiya, ustav, pechat, raport, instruksiya kabilar shular
jumlasidandir.
Vaholanki, о‗zbek tilida ham bu sо‗zlarning muqobillarini bemalol topib qо‗llash mumkin
edi. Prof. N.Mahmudov kuyunib aytganidek, «О‗zbek tilda uzoq vaqtlar qо‗llanishda bо‗lgan
«spravka», «raport», «instruksiya», «akt», «xarakteristika» kabi kо‗plab hujjat nomlari uchun
tegishli о‗zbekcha muqobil sо‗zlar yо‗qmidi?! Izlansa, tariximizga, noyob kitoblarimizga
murojaat qilinsa, topilardi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‗u bilig (XI asr) asarida «yorliq,
noma» ma‘nosidagi «bildirguluk» sо‗zi bor. Bu sо‗z sof turkiy «bilmoq» fe‘lidan yasalgan.
Shularni hisobga olib, «raport» deyiladigan hujjatni о‗zbek tilida «bildirish» sо‗zi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |