4.14. SUTLI SUYUQ OVQATLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
Sutli moshxo’rda. Mosh va guruchni tozalab yuvgandan keyin, qozonga avval mosh solib qaynatiladi va mosh ochilgach, guruch solinadi, so’ng qozonga sut quyib, 18-20 minut mildiratib qaynatiladi. Pishishga yaqin tuz solinadi. Pishgach, olovdan olinib, 5 minutcha «dam ediriladi». Dasturxonga kosalarda sariyog’ bilan tortiladi.
Kerakli masalliqlar: 200 g mosh, 150 g guruch, 2,5 l sut, 50 g.sariyog’ va ta’bga ko’ra tuz kerak bo’ladi.
Sutli ugra oshi. «Ugra oshi» ga tayyorlangandek qilib qorilgan hamirdan ugra kesib olinadi. Qozonga sut quyiladi. Sut qaynab chiqqach, tuz va ugra solib qaynatiladi. Ugra qozon yuzida suza boshlag’ach, taom olovdan olinib, 5-6 minutcha «dam ediriladi». Tayyop taom kosalarga quyilib, sariyog’ bilan birga dasturxonga tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |