135
Ulug‘bek
yengiladi,
Samarqand amiri
Mironshoh Qavchin
shahar darvozalarini berkittirib Ulug‘bekni
ichkariga kirishga
qo‘ymaydi. U Shohruxiyaga ham kirolmaydi va Abdullatifga
taslim bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Shahar qozisi
Shamsiddin
Muhammad Miskin
ning
qarshiligiga qaramasdan,
Abdullatif
jaholatparast ulamolarning
yashirin fatvosini chiqartirib, ota-
sining o‘ldirilishini uyushtiradi.
1449-yil
Mirzo Ulug‘bek
55 yoshida fojiali halok bo‘ladi.
Shunday qilib, Ulug‘bek Movarounnahrni qirq yil idora qildi.
Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom
etganligiga qaramay, davlatni mustahkamlashga, mamlakat birli-
gini saqlab qolishga va madaniy hayotni ko‘tarishga,
rivojlanti-
rishga harakat qildi.
1.
Ulug‘bekning Movarounnahr hukmdori bo‘lishi
qanday yuz
berdi?
2.
Ulug‘bek nima uchun va qayerlarga harbiy yurishlar qildi?
3.
Shohrux vafotidan keyin qanday voqealar sodir bo‘ldi?
Do'stlaringiz bilan baham: