Amir Xusrav Dehlaviy
(1253–1325) Nizomiy Ganjaviydan so‘ng «Xamsa» dostonini
yozgan ham shoir, ham musiqashunos mutafakkirlardan edi.
U
«Zafarlar kaliti», «Falakning to‘qqiz gumbazi»
kabi asarlar
muallifidir.
XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarixnavislik ham
taraqqiy qiladi. Bu davrda
Juzjoniy
ning
«Tabaqoti Nosiriy»
(«Nosir turkumlari»),
Juvayniy
ning
«Tarixi jahonkushoy»
(«Jahon fotihi tarixi»),
Rashiduddin Fazlulloh
ning
«Jome at-
tavorix»
(«Tarixlar to‘plami») kabi qimmatli tarixiy asarlari
yoziladi. Bu asarlar o‘sha davr tarixi, ayniqsa, mo‘g‘ullar istib-
dodini o‘rganishda birinchi darajali manba hisoblanadi.
Bu davrda turkiy tildagi adabiyot ham rivoj topa boshlaydi.
Keyinchalik u
«Chig‘atoy tili»
va
«Chig‘atoy adabiyoti»
nomini
oladi.
1.
Munke xoqon mamlakatda ichki vaziyatni yumshatish uchun
qanday choralar ko‘rgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |