Urganch
va
Buxoro
shaharlari qayta
tiklanadi. Qadimgi Samarqand vayronalari yonginasida yangit-
dan shahar qad ko‘taradi. Shaharlarda turli xil davlat, jamoat va
ma’rifat binolari qurildi. Shahar bozorlari gavjumlashadi.
Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta
Osiyoda yerga bo‘lgan egalikning
mulki
devon, mulki inju, mulki vaqf
va
mulk
deb ataluvchi to‘rt xil
shakli mavjud edi.
Iqtisodiy hayotning
jonlanishi
Yer egaligi
* Mulki devon — davlat yeri
* Mulki inju — hukmdor va noiblariga qarashli yerlar
* Mulk — xususiy yerlar
* Mulki vaqf — masjid va madrasa yerlari
Mulklarning kattagina qismi harbiy ma’murlarga davlat oldi-
dagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlar bo‘lib, ular suyur-
g‘ol yerlari deb yuritilardi. Bunday yerlarga ega bo‘lgan mulk-
106
dorlar –
suyurg‘ol egalari
barcha soliq va to‘lovlardan ozod eti-
lardi. Suyurg‘ol yerlari avloddan avlodga meros tariqasida o‘tardi.
Mo‘g‘ul hukmdorlari va mulkdorlari o‘rtasida bosib olingan
yerlarga nisbatan ikki xil qarash mavjud edi. Ba’zilari mahal-
liy zodagonlar, savdogarlar bilan yaqinlashish, hunarmandchilik,
dehqonchilikni rivojlantirish, islom dinini qabul qilish tarafdori
edi. Boshqalari esa o‘troqlik va shahar hayotiga qarshi bo‘lib,
shaharlarni buzib tashlash, bog‘ va ekinzorlarni o‘tloqlarga ay-
lantirishni istardilar.
Asta-sekin Chig‘atoy ulusining bir qator xonlari o‘z urug‘-
qabilalari bilan Movarounnahrga ko‘chib kelib, mahalliy aholi
bilan qo‘shilib, o‘troqlashib bordilar. Yettisuvda yashayotgan
mo‘g‘ullar Movarounnahrga ko‘chib kelganlarni
«qoraunas»
(duragay), Movarounnahrda yashayotgan mo‘g‘ullar esa ularni
«jete»
(qaroqchi, talonchi) deb atay boshladilar. Bu amalda bir-
birini haqorat qilish edi. Ular o‘rtasida ziddiyat, nafrat kuchayib
bordi. Oqibatda Chig‘atoy ulusi XIV asrning 40-yillarida ikkiga
bo‘linib ketdi.
Chig‘atoy ulusining Sharqiy Turkiston va Yettisuv qismi
Mo‘g‘uliston deb atala boshlandi. 1348-yilda Chig‘atoy naslidan
bo‘lgan
Tug‘luq Temur
Mo‘g‘uliston xoni etib ko‘tarildi. Ulus-
ning g‘arbiy qismi – Movarounnahr mustaqil idora qilinadigan
bo‘ldi.
Fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning
ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlay-
di. Xususan, shaharsozlik bilan bog‘liq bo‘lgan binokorlik va
me’morchilik yo‘lga qo‘yiladi. Koshinpazlik, ganchkorlik, par-
chinsozlik, me’moriy g‘isht o‘ymakorligi va me’moriy xattot-
lik asriy an’ana va tajribalar asosida tiklanib, hatto birmuncha
taraqqiy ham qiladi. Binokor-me’morlar qo‘li bilan qurilgan
ko‘rkam imorat-u inshootlar: masjid, madrasa, xonaqoh, maqba-
ra, minora va saroylar qad ko‘taradi. Ularning ayrimlari bizning
davrimizgacha saqlanib qolgan. Buxoro shahridagi Sayfuddin
Boharziy, Bayonqulixon maqbaralari, Samarqanddagi mash-
hur Shohizinda me’moriy ansamblining asosiy qismi bo‘lgan
Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ko‘hna Ur-
ganchdagi balandligi 62 metrli ulug‘vor minora, Najmiddin
Kubro va To‘rabekxonim maqbaralari shular jumlasidandir.
Madaniy hayot
107
XIII asr o‘rtalarida Buxoroda
Do'stlaringiz bilan baham: |