* Yomlar – yo‘l bekatlari. Choparlar, yo‘lovchilar ot
almashtiradigan joy. Yomda doimo otlar ulovga tay-
yor turgan
Movarounnahrda asta-sekinlik bilan
bo‘lsa-da, shahar hayoti, xususan hunar-
mandchilik va savdo munosabatlari jon-
lana boshlaydi. Shaharlarning ichki hayoti, ayniqsa, tovar va
pul munosabatlarining tiklanishida
Ma’sudbek
tomonidan
1271-
yil
da amalga oshirilgan pul islohoti muhim ahamiyatga ega
bo‘ladi. U Movarounnahrning 16 ta shahar va viloyatlarida,
jumladan,
Samarqand, Buxoro, Taroz, O‘tror, Xo‘jand
va
boshqa shaharlarda bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush
tangalar zarb ettirib, mamlakatda ularni muomalaga chiqaradi.
XIV asrning birinchi yarmida Chig‘atoy
ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlikka o‘tish
jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy
hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlaydi. Movaroun-
nahrdek madaniy o‘lka bilan mustahkam aloqa o‘rnatishga va
o‘troq hayot kechirishga intilgan Chig‘atoy xonlaridan biri
Do'stlaringiz bilan baham: |