Najmiddin Kubro
o‘lim
oldida tig‘ tutgan mo‘g‘ul sarboziga tashlanib, qahramonlarcha
halok bo‘ladi. Ilojsizlikdan holi tang bo‘lib, taslim bo‘lgan Ur-
ganch bosqinchilar tomonidan talon-toroj qilinadi. Shaharning
bosh ihota to‘g‘oni buzib yuboriladi. Urganchni suv bosib vay-
ron bo‘ladi.
Movarounnahrning asosiy shaharlari
egallangach, mo‘g‘ul jangarilarining
bosqinchilik yurishi Amudaryo janubi-
dagi yirik savdo va madaniyat mar-
kazlari:
Balx, Hirot, Marv
va
G‘azna
kabi shaharlarga
yo‘naltiriladi. Ammo bu viloyatda ular
Jaloliddin Manguber-
di
ning qattiq qarshiligiga uchraydi. Bu o‘lkada u kuchli lashkar
to‘playdi.
Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari
G‘azna, Bomi-
yon
va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarga hokim etib
tayinlangan edi. Shu boisdan u G‘azna tomon borardi. Yo‘lda
unga Xuroson noiblari o‘z qo‘shinlari bilan kelib qo‘shilib bor-
di. Sulton Jaloliddin
Niso, Qandahor
shaharlari yonida mo‘g‘ul
qo‘shinlariga qaqshatqich zarbalar berib, G‘aznaga yetib keldi.
Uning qo‘shinlari safiga yangi kuchlar qo‘shildi. Jaloliddin
Do'stlaringiz bilan baham: |