Temur
Malik
ning qahramonligi bilan xo‘jandliklar mo‘g‘ullarga kutil-
magan qarshilikni ko‘rsatadilar. Biroq kuchlarning teng emasligi
oqibatida Temur Malik shaharni tashlab chiqib, ming kishilik
lashkari bilan shahar yaqinida daryo o‘rtasidagi orollardan biriga
joylashib oladi. Temur Malik dushmanning o‘qi teshib o‘tmasligi
va o‘t yondirib yubormasligi maqsadida usti sirkali loy suval-
gan namat bilan qoplangan 12 ta qayiq yasattiradi. Bunday usti
yopiq qayiqlar bilan sohilga xavfsiz suzib borilar va qayiq yon
devorlarida qoldirilgan maxsus shinaklardan dushmanni o‘qqa
tutardilar.
Temur Malik shu tariqa qayiqlarda mudofaa janglarini olib
boradi. Lekin kuch kamligi uchun bor oziq-ovqat va qurol-
yarog‘larni 70 ta qayiqqa yuklatib, tunda mash’alalar yorug‘ida
Sirdaryoning quyi oqimi bo‘ylab suzib ketadi.
Shu tariqa Temur Malik qo‘shini uzluksiz jang qilib, barcha
qiyinchiliklarni yengib,
Do'stlaringiz bilan baham: |