1220-yilning fevrali
da Chingizxon Bu-
xoroga yetib boradi. Biroq Buxoro dush-
man kuchini qaytarishga tayyor emas edi. Buxoroliklarning
dushmanga taslim bo‘lishdan o‘zga choralari qolmaydi. Buxo-
ro qozisi
Badriddin Qozixon
o‘z oqsoqollari bilan Chingizxon
oldiga shafqat so‘rab chiqadi.
1220-yilning 16-fevrali
da mo‘g‘ullar Buxoroni egallaydilar.
Mo varounnahrning qadimiy markazlaridan hisoblangan Buxoro
talon-toroj etiladi. Behisob xazinalar talanadi, asriy qo‘lyozma
asarlar, mu qaddas kitoblar yirtilib, xazondek sochiladi. Ilm va
ma’rifat egalari bo‘lgan ulamolar va shayxlar, e’tiborli mo‘g‘ul
jangchilariga xizmatkor qilib, goho esa baxshilariga masxara
uchun beriladi. Chingizxon amri bilan Buxoro yoqib yuboriladi.
Chingizxon Samarqandga tomon yo‘l
oladi va
Do'stlaringiz bilan baham: |