1. Chingizxon hujumi qachon va qayerdan boshlandi?
2. Xorazmshoh nima uchun mudofaa rejasini ma’qul topdi?
U qanday reja edi?
3. O‘tror qanday mudofaa qilindi?
4. Buxoro fojiasi haqida gapiring.
5. Samarqand jangi haqida nimalarni bilib oldingiz?
6. Temur Malik qanday jasorat ko‘rsatdi?
26-§. XORAZMSHOHLAR DAVLATINING HALOKATI Tayanch tushunchalar: «Yo vatan, yo sharofatli o‘lim»; Manguberdi jasorati; Istilo oqibatlari 1221-yilning bosh larida Chingizxon qo‘-
shinlarining Urganchga yurishi bosh-
landi. endigina Xorazm davlatining Sultoni deb e’lon qilingan
Jaloliddin Manguberdi Urganchga yetib kelib mudofaaga kirish-
sa-da, ammo
Turkon Xotun Jaloliddin hokimiyatini tan olmadi.
Bu orada sobiq Jand noibi qochqin
Qutlug‘xon boshliq qipchoq
lashkarboshilari tomonidan uyushtirilayotgan fitnadan xabar top
-
gan Sulton Jaloliddin Temur Malik bilan Xurosonga jo‘nashga
majbur bo‘ladi. Chunki bunday vaziyatda poytaxt tomon bosti-
rib kelayotgan yovuz dushmanga qarshi Urganch mudofaasini
sira ham tashkil qilib bo‘lmas edi. Tez vaqt ichida shahzoda-
lar