Yagona davlatga birlashish; Xorazmshohlar davlati inqirozi
XI asrda mo‘g‘ul qabilalari hayotida hali
urug‘-aymoqchilik munosabatlari niho-
yatda kuchli edi. Ular asosan ko‘chmanchi chorvachilik, ovchi-
lik va o‘zaro mahsulot ayirbosh qilish bilan shug‘ullanar edi. Bu
davrda urug‘ va qabilalari o‘rtasida o‘zaro kurash avj olib bor-
moqda edi. Mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari orasidagi ichki kurashlarda
Temuchin
(1155–1227) g‘olib chiqadi.
1206-yil
da Onon daryosi
Chingizxon
Mo‘g‘ullar davlati
bo‘yida chaqirilgan mo‘g‘ul urug‘ va qa-
bila boshliqlarining qurultoyida Temuchin
ulug‘ xon
(qoon) deb e’lon qilinadi, unga
«Chingiz»
laqabi beriladi va Mo‘g‘ullar
davlatiga asos solinadi.
Chingizxon ko‘p sonli yaxshi qurollan-
gan, intizomli va uyushgan qo‘shin ham-
da 10 ming nafar turk azamatlaridan ibo-
rat
kezik
(keshik) – xos soqchilar qismini
tuzib, istilochilik urushlari olib borishga
kirishadi.
88
Do'stlaringiz bilan baham: |