O`zbekiston tarixi fanidan 2013-2014 o`quv yiliga mo`ljallangan amaliy mashg’ulotlar rejalari



Download 248,05 Kb.
bet20/55
Sana07.04.2021
Hajmi248,05 Kb.
#62946
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
ASOSIYSI O`zbekiston tarixi student

Qoraxoniylar davlati

X asrning birinchi yarmida Yettisuv va qoshg’arda yashovchi turk qabilalari ijtimoiy- va iqtisodi hayotida katta o’zgarish sodir bo’ldi. Bir tarafdan ularning o’troq hayotga ko’chishi kuchayib dehqonchilik xo’jaligi kengayadi. Ikkinchi tarafdan esa ilk feudal munosabatlar rivoj topib turk jamolari ichida sinfiy tabaqalanish keskin tus oladi. X asr o’rtalarida Issiqko’lning janubi va Qoshg’arda yashagan yag’mo qabilalari kuchayib avval uzlaridan shimoli sharqda yasovchi jikil qabilalari bilan yagona ittifoqqa birlashadilar. So’gra ular Yettisuvga xuruj qilib qorluqlarni bo’ysindiradi va bu ulkanhududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar. Manbalarda yozilishicha turk qabilalari ichida eng qolog;I yag’molar sanalga, lekin eng jangovar qabila hisoblangan. Qorluqlar jikil va yag’molarga nisbatan madaniyatliroq bo’lib ularga tegishli yurtlar ichida eng obod hududlarga ega bo’lishgan. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida jikil va qorluqlar g’oyat katta rol o’ynaydilar. Davlatning yuqori mansablari va qo’shinda ular muhim o’rinlarni egallasalarda, biroq xonlik taxtiga yag’mo biylari minganlar. Bu yangi turk davlatining podsholari arslonxon va bug’roxon unvonlari bilan yuritilgan. Bu ikki oily daraja buyuk hukmdor ma’nosini anglatgan.Qoraxoniylar davlatining asosiy jikillar bilan yag’molar tashkil etgan. Davlatni boshqarishda qoraxoniylar qabilaviy udumining og’alik taribiga qat’iy rioya qilingan, bu udumga muvofiq qabila boshliqlari orasida eng yoshi ulug’ni arslonxon yoki bug’roxon dajasiga ko’tarib, hukmdor, ya’ni qoraxon qilib saylashgan . Odatda u tamg’achxon, ya’ni xonlar- xoni deb yuritilgan.

992 yilda Hasan Bug’raxon boshliq qoraxoniylar movarounnah tomon hujum boshlaydilar.Ularning harbiy yurishlarida Shosh, Farg’ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turkiy qavmlar ham qatnashganlar, natijada ular qoraxoniylar bilan birikib ketadilar. Bu davrda somoniylar mamuriyati va xarbiy ko’shinlar boshkarivuni o’z qo’liga olgan turk hojiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turk lashkarlari mamlakatni dushmandan mudofaa qilish o’rniga xoinlik yo’lini tutib, qoraxoniylarga yon bosadilar.

Qoraxoniylarning Buxoroga yurishi oldidan somoniylarning eng e’tiborli turk lashkarboshilaridan Xuroson noibi abu Ali Simjuriy amir Nux ibn Mansurdan yashirinchi Bug’roxon bilan Somoniylar davlatini bo’lib olisg haqida muzokara olib boradi. Ikkinchi turk lashkarboshisi Ayach boshliq qo’shin tor-mor qilinadi va uning o’zi asirga olinadi. Raboti Malik yaqinidagi Harjan yonida yana bir turk hojibi Foiq katta qo’shin bilan Bug’raxonga qarshi jang qiladi. Ammo Foiq jang qizg’in ketayotgan paytda atayin taslim bo’ladi. Shu sababli Buxoro himoyasiz qoladi. Nuh ibn Mansur poytaxtni tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg’ol qiladilar. Ko’p vaqt o’tmay Bug’roxon sotqin Foiqni Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug’roxon Buxoroda uzoq tura olmaydi. Kasallik uni poytaxtni tark etib, o’z vatani Qoshg’arga qaytishga majbur etadi. Yo’lda u vafot etadi. Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nuh ibn Mansur Buxoroga qaytib, o’z taxtini egallaydi. Ammo ikki mahalliy turk hojibi--- Foiq Balxda, Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. O’z kuchiga ishonmagan Nux G’azna hukmdori Sabuktakinni yordamga chaqiradi. 20000 qo’shin bilan u Movarounnahrga yetib keladi va Nuh bilan birlashib qo’zg’olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan so’ng Foiq va Abu Ali qo’shinlari tor-mor qilinadi. Sabuktakinning bu yordami evaziga Nuh ibn Mansur unga Nosiruddin unvonini beradi. Shuningdek sabuktakinni Simjiriyning o’rniga Xurosonnning noibi etib tayinlaydi. Natijada G’azna Va Xurosonda Sabuktakin va Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasigdan Amudayogacha bo’lgan yerlarni egallaydi.



996 yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum qiladilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi, Nuhga yordam berish uchun Sabuktakin Chag’oniyon, G’uzgon va Xuttalon hokimlarining birlashgan qo’shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga yetib keladi. Nuhning ham o’z qo’shini bilan unga qo’shilishini talab qildi. Bu somoniylar amirining hukmronlik huquqlarini mesimaslik va ochiqdan ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh shubhasiz, bundan bosh tortaddi va farmoyish yuborib, Sabuktakinni Buxoroga chaqiradi. Bunga javoban Sabuktakin qo’shin yuborib Buxoroni egallab qoraxoniylar bilan muzokaralar olib bordi. Natijada ular o’rtasida shartnoma tuziladi Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo’liga o’tdi, Sabuktakin esa Amudaryodan janubdagi yerlar shu jumladan Xurosonga hukmdor bo’ldi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi. Biroq ko’p vaqt o’tmay qoraxoniylar Buxoroni bosib oladi, garchi somoniylar to – 1005 yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib olishgan bo’lsada, ammo 999 yilda Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi somoniylar hukmronligi barham topdi desak bo’ladi. Shunday qilib X asr oxirida somoniylar davlati o’rida , ikkita yangi davlat tashkil topdi: Biri- Qoshg’ardan Amudaryogacha cho’zilgan qoraxoniylar davlati, ikkinchisi G’aznaviylar davlati edi.

Download 248,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish