Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot
Nazorat: test savollari va javoblari
Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh ishini
88
baholash
Kutiladigan
natijalar
O‘qituvchi
Tinglovchi
Yangi nazariy bilimlar beradi.
Dars jarayonini maqsadli va
oqilona boshqaradi.
Tinglovchilarga
pedagogik
texnologiya
turlari
xaqida
tushuncha beradi.
Tinglovchilarga
pedagogik
texnologiya turlari va dars
modullarini
slayd
orqali
tushuntiradi.
Qisqa
vaqt
ichida
ko‘p
ma’lumot
to‘plashga
yo‘naltiradi.
Tinglovchilarga
Pedagogik
texnologiya turlari va dars
modullari
elpig‘ich
metodi
orqali bajarishadi.
Tinglovchilar
ijodiy
faoliyatga yo‘naltiriladi.
Yangi nazariy bilimlar olishadi
Axborot izlash, to‘plash va
foydalanish
ko‘nikmalari
shakllanadi.
Tinglovchilar
pedagogik
texnologiya turlarini bilib olishadi.
Mustahkamlaydi va o‘z o‘zini
baholaydi
hamda
o‘zgalar
faoliyatini tahlil qiladi.
Yakka
tartibda
va
kichik
guruhda ishlash ko‘nikmasi hosil
bo‘ladi.
Elpig‘ich texnalogiyasi orqali
mustaqil, mantiqiy, asosli faktlarni
ajratib
olish
ko‘nikmalari
shakllanadi.
Tinglovchilarda
pedagogik
texnologiya turlari va dars
modullari
ijobiy
munosabatlari
rivojlanadi.
Kelgusidagi
rejalar
O‘z ustida ishlash. Mavzuni
hayot bilan bog‘lash. Pedagogik
mahoratni oshirish. Yangi
edagogic texnologiyani
takomillashtirish.
O‘z fikrini ravon bayon qiladi.
Mavzu asosida qo‘shimcha
materiallar topadi, ularni
o‘rganadi. Guruh fikrini tahlil
qilib, bir yechimga kelish
malakasini hosil qiladi.
O‘quv fani bir mavzusining tarkibiy bo‘laklarini hamda o‘qitish texnologiyasini
umumlashtirib, bitta modul sifatida belgilash shu o‘quv faniga doir har turli masalalarni
hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Bu yerda shu o‘quv fanining bir mavzusi o‘rniga
uning bir bo‘limini, bir qismini yoki hammasini bitta modul sifatida belgilash ham
shunga o‘xshash maqsadlarda qo‘llaniladi. Ularda yuqorida aytilgandek bloklar deb
ham atash mumkin. Bunday modullarni belgilashda ularning o‘zini shartli ravishda
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qaysi darajasidagi modullaridan boshlab
89
hisoblash belgilab olinadi. Shunga muvofiq ravishda modulning darajasini belgilash
mumkin bo‘ladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar materiallarini yuqorida aytilgan tartibda
modullarga ajratish jarayoni modullashtirish deb ataladi. Modullashtirishni tegishli
materiallarni tayyorlash jarayonida amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu
bilan birga ilgari tayyorlangan materiallar asosida ham modullashtirish amalga oshirish
mumkin.
Davlat ta’lim standarti, o‘quv reja va dasturlari ham zarur hollarda yuqoridagi
tartibda modullashtirilishi mumkin.
Ta’lim vositalarini har bir mashg‘ulot uchun, ayrim mavzu, bo‘lim, qism va
umuman, bir o‘quv fani uchun zarurlilik darajasiga muvofiq modullashtirish mumkin.
Shuningdek ta’lim jarayonida qo‘llanadigan usullarni hamda o‘qituvchi va o‘quvchi
faoliyatini ham zarur deb hisoblangan hollarda alohida modellashtirish mumkin.
Ta’lim- tarbiya jarayonida modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda darsda
foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, ya’ni modullarga ajratiladi va
har bir qismni o‘quvchilar mustaqil o‘zlashtirishlari uchun o‘quv topshiriqlari tuziladi.
Shu o‘quv topshiriqlari asosida har bir modul yakunida savol- javob o‘tkaziladi va xulosa
chiqariladi.
Mazkur darslarda o‘quvchilarning bilish faoliyati modullarni ketma-ket
o‘zlashtirishlarini nazarda tutgan holda tashkil etiladi. Har bir modulni o‘zlashtirish
jarayoni o‘quvchilarning yaxlit bilish faoliyatining elementi sanaladi, ya’ni bir darsda
yaxlit tashkil etilishi ko‘zda tutilgan o‘quvchilarning o‘quv faoliyati mavzu ajratilgan
modullarga muvofiq holda o‘quv faoliyati elementlaridan tashkil topadi. Agar darsda
o‘rganiladigan mavzu mazmuni 4 ta moduldan iborat bo‘lsa , o‘quvchilarning o‘quv- bilish
faoliyati mos holda 4 ta o‘quv faoliyati elaementidan tashkil topadi. Shuni qayd etish
kerakki, dars yakunida o‘quvchilarning o‘z faoliyatlarini tahlil qilish va o‘z –o‘zini
baholashini amalga oshirish maqsadida modul dasturini yakunlash bosqichi bo‘ladi.
Shu sababli fikr yuritilayotgan ushbu darsda foydalaniladigan modul dasturida 5 ta o‘quv
faoliyati elementi bo‘ladi. O‘qituvchi shu asosda modul dasturini tuzadi.
Modulli ta’limning asosiy mohiyati shundaki, o‘quvchilar modul dasturlari
yordamida mustaqil ishlashga asoslangan o‘quv-bilosh faoliyati orqali belgilangan
maqsadga erishadilar. Modul dasturlari mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadidan kelib chiqadigan modul dasturining didaktik maqsadi, o‘quvchilarning dars
davomida bajaradigan o‘quv topshiriqlari, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha berilgan
ko‘rsatmalar, modul daturini yakunlash qismini o‘zida mujassamlashtiradi.
Modul dasturlarini tuzishda o‘qituvchi e’tiborini quyidagilarga qaratish zarur:
- Modul dasturidan ko‘zda tutilgan didaktik maqsadni aniq yoritish;
-
An’anaviy ta’limda o‘qituvchi darsning ta’limiy- tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlarini o‘z zimmasiga yuklaydi, ya’ni o‘quvchilarda muayyan tushunchalarni
shakllantirish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, tarbiya berish va h.k.
Shuni qayd etish kerakki, maqsad aniq bo‘lsa, unga muvofiq holda tadbirlar
qo‘llaniladi va erishish oson bo‘ladi;
Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko‘ra:
-
o‘quvchilarning individual tarzda ishlashga mo‘ljallangan modul dasturlari;
-
ikkita o‘quvchi hamkorlikda ishlashga mo‘ljallangan modul dasturlari;
90
-
o‘quvchilarning kichik guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan modul dasturlari;
-
o‘quvchilarning individual tarzda ishlashga mo‘ljallangan modul dasturlari har
bir o‘quvchining iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasini aniqlash
va orttirish, darslik ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o‘z- o‘zini baholash
ko‘nikmalarini rivojlantirish;
-
ikkita o‘quvchi hamkorlikda ishlashga mo‘ljallangan modul dasturlari yuqorida
qayd etilganlardan tashqari,
- o‘quvchilarning bir-birini o‘qitishi, o‘zaro hamkorlikda o‘quv topshiriqlarini
bajarishi va muommolarni hal etishi o‘zaro nazoratni amalga oshirishi;
- o‘quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul
dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda o‘quvchilar o‘rtasida muloqot, o‘quv
bahsi va munozara, o‘zaro hamkorlik va yordamni amalga oshirishni nazarda
tutadi.
Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil
yondashuv mavjud:
1. Musobaqa usuli.
O‘qituvchi o‘quvchilarni teng sonly kichik guruhlarga bo‘ladi, modul dasturi
vositasida mustail ishlarni tashkil etadi. Har bir modul yakunida savol- javob o‘quv
bahsi, musobaqa tarzida o‘tkaziladi. Guruhlar o‘rtasida g‘oliblar aniqlanadi. Guruh
a’zolari o‘z faoliyatini hamkorlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi.
2. Kichik maslahatchi usuli.
O‘qituvchi o‘quvchilarni teng sonly kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi
vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir guruhga kichik maslahatchilar
tayinlanadi. Kichik maslahatchilar guruh ishini boshqaradi, o‘quvchilarning faoliyatini
nazorat qiladi, yordam uyushtiradi. Har bir modul yakunida savol- javob , o‘quv bahsi
o‘tkaziladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning chindan ham mavjudligi hamda tatbiq
etishga tayyorligi, uning tarkibidagi modullar va algoritmlar qanchalik to‘liq va puxtaligi
bilan belgilanadi. Chunki modul va algoritm har qanday texnologiyaning asosiy
tushunchalari bo‘lib, zamonaviy pedagogic texnologiyalar uchun ham bu tushunchalar
shunchalik ahamiyatlidir. Zero zamonaviy edagogic texnologiyalardagi “modul” va
“algoritm” tushunchalari ta’lim jarayonining yaxlit tizimi sifatida o‘ziga xos
xususiyatlarga ega.
Algoritm- zamonaviy pedagogik texnologiyalar tarkibiy bo‘laklari (modullari) o‘zaro
joylashuvining hamda ped texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma ketligining
avvaldan belgilangan tartibini bildiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni shunday
tartibda ishlab chiqish uni algoritmlashtirish deyiladi. Odatda, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni loyihalashdan oldin uning algoritmi ishlab chiqiladi. Shu algoritmiga
muvofiq holda modullarning o‘zaro joylashish tartibi aniqlanadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda
ayrim belgilari bo‘yicha turlarga ajratiladi. Uzluksiz ta’lim turlari bo‘yicha maktabgacha
ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari- qo‘shimcha ta’lim, o‘rta
91
maxsus, kasb hunar ta’limi, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi zamonaviy
pedagogik texnologiyalarga bo‘linadi. Pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim
jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo‘yicha
turlarga ajratiladi.
Bu masalaga turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlariga to‘xtalib
o‘tamiz. Bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
quyidagi turlari ma’lum:
-
Klassik ma’ruza;
-
Texnika vositalari yordamida o‘qitish;
-
Maslahatchilik tizimi;
-
Darslik bo‘yicha o‘qitish;
-
Kichik guruhlar tizimi;
-
Kompyuter yordamida o‘qitish;
-
Repititorlik tizimi;
-
Dasturlashtiriladigan boshqaruv;
Ta’lim oluvchiga yondashuv turi bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar
quyidagicha nomlanadi:
-
Avtoritar;
-
Didaktik yo‘naltirilgan;
-
Ijtimoiy yo‘naltirilgan;
-
Antropologik yo‘naltirilgan;
-
Pedagogik yo‘naltirilgan;
-
Shaxsga yo‘naltirilgan;
-
Hamkorlik texnologiyalariga yo‘naltirilgan;
-
Erkin tarbiyaga yo‘naltirilgan;
Qo‘llaniladigan asosiy metod bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar quyidagi
turlarga ajratiladi:
-
tushuntirish, ko‘rgazmali:
-
rivojlantiruvchi ta’lim;
-
muammoli, izlanishli;
-
ijodiy metod;
-
dasturlashtirilgan ta’lim metodi;
-
dialogli metod;
-
o‘yin metodi;
-
o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi ta’lim metodi;
-
axborotli ta’lim metodi;
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar turlari:
1. Faoliyat ko‘rsatishga asoslangan pedagogik texnologiyalar.
2. Muayyan o‘quv-tarbiya maqsadlarini bajarishga sabab bo‘luvchi omillarni
yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya.
3. Boshqarishga asoslangan pedagogik texnologiyalar.
Pedagogik texnologiyalar turlarini tanlash shakllanayotgan bilim, ko‘nikma va
malakalar, tashkil etilayotgan darslar shakli va qo‘llanilayotgan metodlar hamda metodik
usullarning xususiyatiga bog‘liq. Ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri
o‘quvchilarga bilimlarni yetkazish, bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va
qiziqishlarini orttirishdan iborat. Bu vazifalarni an’anaviy ta’lim texnologiyasidan
92
foydalangan holda xal etib bo‘lmaydi, shu sababli ta’lim- tarbiya jarayonida modulli
ta’lim texnologiyasini qo‘llash zarurati vujudga keladi. Modulli ta’lim texnologiyasi
modullarga asoslanadi. “Modul” lotincha so‘z bo‘lib, “qism” yoki “bo‘lak” degan
ma’noni bildiradi. Demak modul pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi, tarkibiy
bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni modullar eng kichik
bo‘laklardan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng
kichik tarkibiy bo‘lakni eng kichik modul, boshqalarni esa o‘z ichiga qancha modulni
olishiga qarab tegishlicha darajadagi modullar deyiladi. Bunda kichik modul, modul
to‘plami, birlamchi modul va modul darajasi degan tushunchalardan foydalaniladi. Ular
quyidagicha ta’riflanadi:
Kichik modul- Zamonaviy pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik birlikni
ifodalaydi. Amalda bunday kichik modulni boshqa kichik modullarga ajratish mumkin
emas, deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |