Ozbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot  Nazorat



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/234
Sana04.08.2021
Hajmi1,59 Mb.
#137703
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   234
Bog'liq
boshlangich talim oquv fanlarining nazariyasi va oqitish metodikasi boyicha maruza matnlari va amaliy mashgulotlar majmuasi (1)

Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot 
Nazorat: test savollari va javoblari 
Baholash:  individual  baholash,  o‘z  o‘zini  baholash,  guruh  ishini 


 
 
 
88 
baholash  
 
Kutiladigan 
natijalar 
O‘qituvchi 
Tinglovchi 
 
 
 
 
 

 Yangi nazariy bilimlar beradi. 

 Dars  jarayonini  maqsadli  va 
oqilona boshqaradi. 

 Tinglovchilarga 
pedagogik 
texnologiya 
turlari 
xaqida 
tushuncha beradi. 
 

 Tinglovchilarga 
pedagogik 
texnologiya  turlari    va    dars 
modullarini
 
slayd 
orqali 
tushuntiradi. 

 Qisqa 
vaqt 
ichida 
ko‘p 
ma’lumot 
to‘plashga 
yo‘naltiradi. 

 Tinglovchilarga 
Pedagogik 
texnologiya  turlari    va    dars 
modullari
elpig‘ich 
metodi 
orqali bajarishadi. 

 Tinglovchilar 
ijodiy 
faoliyatga yo‘naltiriladi. 

  Yangi nazariy bilimlar olishadi 

  Axborot  izlash,  to‘plash  va 
foydalanish 
ko‘nikmalari 
shakllanadi. 

 Tinglovchilar 
pedagogik 
texnologiya turlarini bilib olishadi.
 
 

  Mustahkamlaydi  va  o‘z  o‘zini 
baholaydi 
hamda 
o‘zgalar 
faoliyatini tahlil qiladi. 
 

  Yakka 
tartibda 
va 
kichik 
guruhda  ishlash  ko‘nikmasi  hosil 
bo‘ladi. 

  Elpig‘ich  texnalogiyasi  orqali 
mustaqil, mantiqiy, asosli  faktlarni 
ajratib 
olish 
ko‘nikmalari 
shakllanadi. 

 
Tinglovchilarda 
pedagogik 
texnologiya  turlari    va    dars 
modullari
ijobiy 
munosabatlari 
rivojlanadi. 
Kelgusidagi 
rejalar 
O‘z ustida ishlash. Mavzuni 
hayot bilan bog‘lash. Pedagogik 
mahoratni oshirish. Yangi 
  edagogic texnologiyani 
takomillashtirish. 
 
O‘z fikrini ravon bayon qiladi. 
Mavzu asosida qo‘shimcha 
materiallar topadi, ularni 
o‘rganadi. Guruh fikrini tahlil 
qilib, bir yechimga kelish 
malakasini hosil qiladi.  
 
 
O‘quv    fani    bir    mavzusining    tarkibiy    bo‘laklarini    hamda    o‘qitish    texnologiyasini  
umumlashtirib,  bitta  modul  sifatida  belgilash  shu  o‘quv  faniga  doir  har   turli  masalalarni 
hal    qilish    maqsadida    qo‘llaniladi.    Bu    yerda      shu    o‘quv    fanining    bir    mavzusi    o‘rniga  
uning    bir  bo‘limini,    bir    qismini    yoki    hammasini    bitta    modul    sifatida        belgilash  ham  
shunga    o‘xshash    maqsadlarda  qo‘llaniladi.    Ularda    yuqorida        aytilgandek      bloklar    deb    
ham    atash    mumkin.    Bunday    modullarni    belgilashda    ularning      o‘zini    shartli    ravishda  
Zamonaviy    pedagogik    texnologiyalarning    qaysi    darajasidagi    modullaridan    boshlab  


 
 
 
89 
hisoblash    belgilab    olinadi.    Shunga    muvofiq    ravishda    modulning      darajasini    belgilash  
mumkin  bo‘ladi. 
Zamonaviy    pedagogik    texnologiyalar    materiallarini    yuqorida      aytilgan    tartibda  
modullarga    ajratish    jarayoni    modullashtirish    deb    ataladi.    Modullashtirishni    tegishli  
materiallarni  tayyorlash  jarayonida  amalga  oshirish  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Shu  
bilan  birga  ilgari  tayyorlangan  materiallar  asosida  ham   modullashtirish  amalga  oshirish  
mumkin. 
Davlat    ta’lim    standarti,    o‘quv    reja    va    dasturlari    ham    zarur    hollarda    yuqoridagi  
tartibda  modullashtirilishi  mumkin. 
Ta’lim    vositalarini    har    bir    mashg‘ulot    uchun,    ayrim  mavzu,    bo‘lim,    qism    va  
umuman,   bir    o‘quv    fani    uchun    zarurlilik      darajasiga    muvofiq    modullashtirish    mumkin.  
Shuningdek    ta’lim    jarayonida    qo‘llanadigan    usullarni    hamda    o‘qituvchi    va    o‘quvchi  
faoliyatini  ham  zarur  deb  hisoblangan  hollarda  alohida  modellashtirish  mumkin. 
Ta’lim-  tarbiya  jarayonida  modulli  ta’lim  texnologiyalaridan  foydalanishda  darsda  
foydalaniladigan  mavzu  mantiqiy  tugallangan  fikrli  qismlar,  ya’ni  modullarga  ajratiladi  va  
har    bir    qismni    o‘quvchilar    mustaqil    o‘zlashtirishlari    uchun    o‘quv    topshiriqlari    tuziladi.  
Shu o‘quv  topshiriqlari  asosida   har  bir  modul  yakunida  savol- javob  o‘tkaziladi  va  xulosa  
chiqariladi. 
Mazkur    darslarda  o‘quvchilarning    bilish    faoliyati    modullarni    ketma-ket  
o‘zlashtirishlarini    nazarda    tutgan    holda    tashkil    etiladi.  Har    bir    modulni    o‘zlashtirish  
jarayoni    o‘quvchilarning  yaxlit    bilish    faoliyatining      elementi    sanaladi,    ya’ni    bir    darsda  
yaxlit    tashkil    etilishi    ko‘zda    tutilgan    o‘quvchilarning    o‘quv    faoliyati    mavzu    ajratilgan  
modullarga  muvofiq      holda    o‘quv    faoliyati        elementlaridan    tashkil  topadi.    Agar    darsda  
o‘rganiladigan  mavzu  mazmuni  4 ta  moduldan  iborat  bo‘lsa ,  o‘quvchilarning  o‘quv- bilish  
faoliyati  mos  holda  4 ta   o‘quv  faoliyati  elaementidan  tashkil  topadi.  Shuni  qayd  etish  
kerakki,    dars    yakunida    o‘quvchilarning    o‘z    faoliyatlarini    tahlil    qilish    va    o‘z  –o‘zini  
baholashini  amalga  oshirish  maqsadida   modul  dasturini   yakunlash      bosqichi     bo‘ladi.  
Shu  sababli  fikr  yuritilayotgan  ushbu  darsda  foydalaniladigan  modul  dasturida  5 ta  o‘quv  
faoliyati  elementi  bo‘ladi.  O‘qituvchi  shu  asosda  modul  dasturini  tuzadi. 
Modulli    ta’limning    asosiy    mohiyati    shundaki,    o‘quvchilar    modul    dasturlari  
yordamida    mustaqil    ishlashga    asoslangan    o‘quv-bilosh    faoliyati    orqali    belgilangan  
maqsadga  erishadilar.  Modul  dasturlari  mavzuning  ta’limiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  
maqsadidan    kelib    chiqadigan    modul    dasturining    didaktik  maqsadi,    o‘quvchilarning    dars  
davomida  bajaradigan    o‘quv        topshiriqlari,    topshiriqlarni    bajarish    bo‘yicha    berilgan  
ko‘rsatmalar,  modul  daturini  yakunlash  qismini  o‘zida  mujassamlashtiradi. 
Modul  dasturlarini  tuzishda  o‘qituvchi  e’tiborini  quyidagilarga  qaratish  zarur: 
-  Modul  dasturidan  ko‘zda  tutilgan  didaktik  maqsadni  aniq  yoritish; 

An’anaviy    ta’limda    o‘qituvchi    darsning    ta’limiy-  tarbiyaviy    va    rivojlantiruvchi 
maqsadlarini  o‘z  zimmasiga  yuklaydi,  ya’ni  o‘quvchilarda  muayyan  tushunchalarni  
shakllantirish,  ilmiy  dunyoqarashni  kengaytirish,  tarbiya  berish  va  h.k. 
Shuni    qayd    etish    kerakki,    maqsad    aniq    bo‘lsa,    unga    muvofiq    holda    tadbirlar  
qo‘llaniladi  va  erishish  oson  bo‘ladi; 
Modul  dasturlari  mazmuni  va  mohiyatiga  ko‘ra: 

o‘quvchilarning  individual  tarzda  ishlashga  mo‘ljallangan  modul  dasturlari; 

ikkita  o‘quvchi  hamkorlikda  ishlashga  mo‘ljallangan  modul  dasturlari; 


 
 
 
90 

o‘quvchilarning  kichik  guruhlarda  ishlashga  mo‘ljallangan  modul dasturlari; 

o‘quvchilarning  individual  tarzda  ishlashga  mo‘ljallangan  modul  dasturlari   har   
bir   o‘quvchining  iqtidori,  qiziqishi,  bilim  saviyasi,  o‘zlashtirish  darajasini  aniqlash  
va    orttirish,    darslik    ustida    mustaqil    va    ijodiy    ishlash,    o‘z-  o‘zini    baholash  
ko‘nikmalarini  rivojlantirish; 

ikkita    o‘quvchi    hamkorlikda    ishlashga    mo‘ljallangan    modul    dasturlari    yuqorida 
qayd  etilganlardan  tashqari,   
-  o‘quvchilarning        bir-birini    o‘qitishi,    o‘zaro    hamkorlikda    o‘quv    topshiriqlarini  
bajarishi  va  muommolarni  hal  etishi  o‘zaro  nazoratni  amalga  oshirishi; 
-  o‘quvchilarning    kichik    guruhlarda    hamkorlikda    ishlashiga    mo‘ljallangan    modul  
dasturlari    yuqoridagilar    bilan    bir      qatorda    o‘quvchilar    o‘rtasida    muloqot,    o‘quv  
bahsi    va    munozara,    o‘zaro    hamkorlik    va    yordamni    amalga    oshirishni    nazarda  
tutadi. 
Kichik    guruhlar    uchun    tuzilgan    modul    dasturlaridan    foydalanishda    ikki    xil  
yondashuv  mavjud: 
1.  Musobaqa  usuli. 
O‘qituvchi    o‘quvchilarni    teng    sonly    kichik    guruhlarga  bo‘ladi,    modul    dasturi  
vositasida    mustail    ishlarni    tashkil    etadi.    Har    bir    modul    yakunida      savol-  javob    o‘quv  
bahsi,    musobaqa    tarzida    o‘tkaziladi.      Guruhlar    o‘rtasida    g‘oliblar    aniqlanadi.      Guruh  
a’zolari  o‘z  faoliyatini  hamkorlarining  fikrini  hisobga  olgan  holda baholaydi. 
2.  Kichik  maslahatchi  usuli. 
O‘qituvchi    o‘quvchilarni    teng    sonly    kichik    guruhlarga    ajratib,    modul    dasturi  
vositasida      mustaqil    ishlarni    tashkil    etadi.    Har    bir    guruhga    kichik    maslahatchilar  
tayinlanadi.    Kichik    maslahatchilar    guruh    ishini    boshqaradi,    o‘quvchilarning    faoliyatini  
nazorat   qiladi, yordam    uyushtiradi.   Har    bir    modul    yakunida    savol-  javob  ,  o‘quv   bahsi  
o‘tkaziladi. 
Zamonaviy    pedagogik    texnologiyalarning    chindan    ham    mavjudligi    hamda    tatbiq  
etishga  tayyorligi,  uning  tarkibidagi  modullar  va  algoritmlar qanchalik  to‘liq  va  puxtaligi  
bilan    belgilanadi.    Chunki    modul    va      algoritm    har    qanday    texnologiyaning    asosiy  
tushunchalari    bo‘lib,    zamonaviy    pedagogic    texnologiyalar    uchun    ham    bu    tushunchalar  
shunchalik    ahamiyatlidir.    Zero    zamonaviy      edagogic    texnologiyalardagi    “modul”    va  
“algoritm”      tushunchalari    ta’lim    jarayonining    yaxlit  tizimi      sifatida    o‘ziga  xos  
xususiyatlarga  ega. 
Algoritm- zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  tarkibiy  bo‘laklari  (modullari)  o‘zaro  
joylashuvining      hamda    ped    texnologiya    jarayonlarini    amalga    oshirish    ketma    ketligining    
avvaldan    belgilangan    tartibini    bildiradi.  Zamonaviy    pedagogik    texnologiyalarni  shunday  
tartibda    ishlab    chiqish    uni    algoritmlashtirish    deyiladi.    Odatda,    zamonaviy    pedagogik   
texnologiyalarni    loyihalashdan    oldin    uning    algoritmi    ishlab    chiqiladi.    Shu    algoritmiga  
muvofiq  holda  modullarning  o‘zaro  joylashish  tartibi  aniqlanadi. 
Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  uzluksiz  ta’lim  turlari,  ta’lim  sohalari  hamda  
ayrim  belgilari  bo‘yicha  turlarga  ajratiladi.  Uzluksiz  ta’lim  turlari  bo‘yicha  maktabgacha  
ta’lim,  boshlang‘ich  ta’lim,  tayanch  ta’lim,  maktabdan  tashqari- qo‘shimcha  ta’lim,  o‘rta  


 
 
 
91 
maxsus,    kasb    hunar    ta’limi,      qayta    tayyorlash    va    malaka    oshirish    ta’limi    zamonaviy  
pedagogik    texnologiyalarga    bo‘linadi.    Pedagogik    texnologiyada    asosiy      e’tibor    ta’lim  
jarayonining      u    yoki    bu    tomoniga    qaratilishi    natijasida    ularni    shu    belgilari  bo‘yicha  
turlarga  ajratiladi. 
Bu    masalaga    turlicha    yondashuvlar    mavjud    bo‘lib,    ulardan    ayrimlariga    to‘xtalib   
o‘tamiz.  Bilish  faoliyatini  boshqarish  bo‘yicha  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarning  
quyidagi  turlari  ma’lum: 

Klassik  ma’ruza; 

Texnika  vositalari  yordamida   o‘qitish; 

Maslahatchilik  tizimi; 

Darslik  bo‘yicha  o‘qitish; 

Kichik  guruhlar  tizimi; 

Kompyuter  yordamida  o‘qitish; 

Repititorlik  tizimi; 

Dasturlashtiriladigan  boshqaruv; 
Ta’lim    oluvchiga    yondashuv    turi    bo‘yicha    zamonaviy    pedagogik    texnologiyalar  
quyidagicha   nomlanadi: 

Avtoritar; 

Didaktik  yo‘naltirilgan; 

Ijtimoiy  yo‘naltirilgan; 

Antropologik  yo‘naltirilgan; 

Pedagogik  yo‘naltirilgan; 

Shaxsga  yo‘naltirilgan; 

Hamkorlik  texnologiyalariga  yo‘naltirilgan; 

Erkin  tarbiyaga  yo‘naltirilgan; 
Qo‘llaniladigan  asosiy  metod  bo‘yicha  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  quyidagi  
turlarga   ajratiladi: 

tushuntirish,  ko‘rgazmali: 

rivojlantiruvchi  ta’lim; 

muammoli,  izlanishli; 

ijodiy  metod; 

dasturlashtirilgan  ta’lim  metodi; 

dialogli  metod; 

o‘yin  metodi; 

o‘z-o‘zini  rivojlantiruvchi  ta’lim  metodi; 

axborotli  ta’lim  metodi; 
Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  turlari: 
1.  Faoliyat  ko‘rsatishga  asoslangan  pedagogik  texnologiyalar. 
2.  Muayyan    o‘quv-tarbiya      maqsadlarini    bajarishga    sabab    bo‘luvchi    omillarni  
yaratishga  asoslangan  pedagogik  texnologiya. 
3. Boshqarishga  asoslangan  pedagogik  texnologiyalar. 
Pedagogik    texnologiyalar    turlarini    tanlash    shakllanayotgan    bilim,    ko‘nikma    va  
malakalar,  tashkil  etilayotgan  darslar  shakli  va  qo‘llanilayotgan  metodlar  hamda  metodik  
usullarning    xususiyatiga    bog‘liq.  Ta’lim    muassasalarining    asosiy    vazifalaridan    biri  
o‘quvchilarga      bilimlarni    yetkazish,    bilim    olishga    bo‘lgan    ehtiyojlarini    qondirish    va  
qiziqishlarini    orttirishdan    iborat.    Bu    vazifalarni    an’anaviy    ta’lim    texnologiyasidan  


 
 
 
92 
foydalangan  holda    xal  etib  bo‘lmaydi,  shu  sababli  ta’lim-  tarbiya   jarayonida  modulli  
ta’lim    texnologiyasini    qo‘llash    zarurati    vujudga    keladi.  Modulli    ta’lim    texnologiyasi  
modullarga    asoslanadi.    “Modul”    lotincha    so‘z    bo‘lib,    “qism”      yoki    “bo‘lak”    degan  
ma’noni    bildiradi.      Demak    modul      pedagogik  texnologiyani    tashkil    qiluvchi,    tarkibiy  
bo‘laklarni    ifodalovchi    tushuncha.    Bu    tarkibiy    bo‘laklar,    ya’ni    modullar    eng      kichik  
bo‘laklardan    hamda    ularning  turli    miqdordagi    to‘plamlaridan    iborat    bo‘ladi.    Bunda    eng    
kichik   tarkibiy  bo‘lakni  eng  kichik  modul,  boshqalarni  esa  o‘z  ichiga  qancha  modulni  
olishiga    qarab    tegishlicha    darajadagi    modullar    deyiladi.    Bunda    kichik    modul,    modul  
to‘plami,  birlamchi  modul  va  modul  darajasi  degan  tushunchalardan  foydalaniladi.  Ular   
quyidagicha  ta’riflanadi: 
Kichik    modul-  Zamonaviy    pedagogik    texnologiya  tarkibidagi    eng    kichik    birlikni  
ifodalaydi.  Amalda   bunday  kichik  modulni  boshqa  kichik  modullarga  ajratish  mumkin  
emas,  deb   hisoblanadi. 

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish