O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana15.10.2019
Hajmi1,66 Mb.
#23558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Avgust kengashi tavsiyalari 255-б


10.
“Kim  ko‘p  so‘z  topadi?”  o‘yini  o‘quvchilarni  qiziqtirish  va 
idrokini  tekshirib  ko‘rish  maqsadida  tashkil  etildi.  Natija  kutilgandan 
ham  yaxshi  chiqdi.  Ya'ni  ayrim  o‘quvchilar  rasmdan  18  tagacha  so‘z 
topgan bo‘lsa, ba'zilar 7 tagina so‘z yoza olgan. Ba'zi o‘quvchilarning 
bulut  ortidagi  osmonni,  yerdagi  kashta  suratini,  maqbara  tarkibidagi 
minora va gumbazlarni ham ko‘ra olganligi, aksariyat o‘quvchilarning 
ko‘rinib turgan narsalarni ham idrok eta olmasligi ma'lum bo‘ladi. 
Ushbu  topshiriq  bolalarda  idrokni  shakllantiradi.  Ona  tili  fanini 
san'at  bilan  bog‘laydi.  Bunday  topshiriqlarni  bajarib  ko‘nikma  hosil 
qilgach,  boshqa  suratlarni  ko‘rganda  ham  ularga  shunchaki  emas, 
sinchkovlik bila
n qarashga o‘rganadi.  

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI  
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
2019 YIL AVGUST KENGASHLARI MATERIALLARI TO‘PLAMI 
 
22 
Bola ko‘rgan narsalarni o‘zi bilgancha nomlaydi, yoddan yozadi va 
bo‘g‘inlarga ajratadi. Bunda o‘quvchining so‘z qo‘llashi, tanlashi hamda 
imloviy  savodxonligi  ochiq  namoyon  bo‘ladi.  Bo‘g‘in  haqida  olgan 
nazariy ma'lumotlarini amaliy
otda qo‘llab ko‘radi, mustahkamlaydi. 
11. “Kim xattot?” usuli. 
  
Sinf uch guruhga bo‘linadi. Qur'a tashlash yo‘li bilan ulardan biri 
ekspert,  qolgan  ikkisi  bahslashuvchi  jamoalarga  ajratiladi.  Ekspert 
guruhi  jamoasi  x  va  h  undoshi  ishtirok  etgan  so‘zlarni  aralash  holda 
aytaveradi, bu so‘zlardan bir jamoa tarkibida x undoshi ishtirok etgan 
so‘zlarni,  ikkinchi  jamoa  tarkibida  h  undoshi  ishtirok  etgan  so‘zlar 
qatorini  yozib  boradilar.  Belgilangan  vaqtda  jamoalar  ishi  to‘xtatiladi. 
Ekspertlar jamoasi ikkala guruh ishlarini tekshirib beradi. Ish yakunida 
o‘qituvchi uchala guruh ishlarini ko‘rib chiqib baholaydi. 
12. “Kim notiq?” usuli. 
O‘qituvchi  ekspert  bo‘lib  turadi.  Uchta  jamoaga  uchta  o‘  unlisi 
ko‘proq  ishtirok  etgan  she'riy  matn  beriladi.  Guruhlar  kelishib  olib, 
bittadan  notiq  tayinlaydi.  Ular  matnlarni  o‘qiydi.  Guruhning  boshqa 
a'zolari  o‘  tovushi  ishtirok  etgan  so‘zlarni  farqiga  ko‘ra  ikkiga  ajratib 
chiqadi. Qaysi jamoa ikkala topshiriqdan ham ball olsa, g‘olib bo‘ladi. 
13.  “Juftini  top!”  usuli.  Bunda  tutuq  belgisi  ishtirok  etgan 
so‘zlarning  paronim  juftlarini  topish  uchun  uchta  jamoa  bellashadi. 
Sardorlar bellashgan paytda qolganlar tutuq belgisi ishtirok etgan so‘z 
qatnashgan  xalq  maqollaridan  topib  turadi.  Kimda  misol  ko‘p  bo‘lsa, 
o‘sha jamoa g‘olibdir. 
Da'vo 
–davo, ta'na-tana, qal'a-qala, she'r-sher.  
14.  “O‘rnini  top!”  usuli.  Bu  usul  mustahkamlovchi  xarakterda 
bo‘lib  [i]  unlisining  talaffuz  variantlari  o‘rgatib  bo‘lingandan  so‘ng 
qo‘llaniladi. Birnchi guruh o‘quvchilari rasmda ko‘rsatilgan narsalarning 
nomlarini  talaffuz  qiladi.  Ikkinchi  guruh  ularni  jadvalga  joylashtiradi. 
Rasmda (videoproyektor yoki plakatda it, ilon, tipratikan, ukki, tulki, 
bo‘ri, sigir, sichqon kabilarning rasmi beriladi) 
Aniq talaffuz qilinadi 
Qisqa talaffuz qilinadi 
Talaffuz qilinmaydi 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI  
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
2019 YIL AVGUST KENGASHLARI MATERIALLARI TO‘PLAMI 
 
23 
 
Ona tili va adabiyot fani
ni o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalari 
 
O. Musurmonqulova, RTM filologiya  
fanlari bo‘limi metodisti 
 
Bugungi  kunda  yurtimiz  milliy  mustaqilligining  yangi  bosqichiga 
o‘tildi. Bu, albatta, barcha sohalarda erishayotgan turli islohotlar kabi 
uzluksiz  ta’lim  tizimi  mazmunini  sifat  jihatidan  yangilash,  ta’lim 
muassasalarida jahon ta’lim standartlari asosida o‘qitish, savodxonlikni 
oshirish  yuzasidan  keng  ko‘lamli  ishlar  amalga  oshirildi.  Hatto,  oliy 
ta’limning  har  bir  yo‘nalishida ona  tili va  adabiyot  fanining  mavqeyini 
oshirish masalalari ham bosqichma-
bosqich o‘zi yechimini topmoqda. 
Xo‘sh,  bu  masalalar  natijaviyligi  —  yoshlar  tarbiyasiga  oid 
hukumat  qarorlari  ijrosini  ta’minlash,  XXI  asr  ko‘nikmalarini 
shakllantirishga  erishish  kabi  quyidagi  ustuvor  vazifalar  bilan 
hamohangdir: 
o‘quvchilarda  filologiya  fanlarini  o‘qitish    asosida  bilimlarini 
hayotda  qo‘llay  olish  hamda  to‘g‘ri  qaror  qabul  qilish  ko‘nikmalarini 
shakllantirish; 
har sohada bilimlarni  hayotga tatbiq eta olish, iqtisodiy, huquqiy, 
o‘qish  savodxonligi,  mantiqiy  fikrlash,  tanqidiy  tahlil  ko‘nikmalarini 
rivojlantirish, chet tillarida muloqot qilishga erishish
ma’naviy-axloqiy, siyosiy madaniyatga egalik, fuqarolik burchi va 
kitobxonlik, mas’uliyat hislari shakllangan bo‘lishi kabi. 
Darhaqiqat, bu masalalar o‘z-o‘zidan umumta’lim muassasalarida 
dastur  va  darsliklarni  takomillashtirish,  fanlarni  o‘qitishda  kadrlar 
salohiyatini oshirish masalalari bilan uzviy bog‘liqdir.  
Bu borada Respublika Ta’lim markazi tomonidan o‘quv reja, dastur 
va  darsliklar  sifatini  bu  talablarga  mosligi  yuzasidan  bir  qator  ijobiy 
ishlar amalga oshirildi.  
Jumladan, ona tili 8-, 9-sinf darsliklarida mashq va topshiriqlarning 
jiddiy  farqlanishi
,  lug‘atlar  bilan  ishlash  davomiyligi,  tarbiyaviy 
mazmunga  ega  bo‘lgan  kichik  hajmli  rivoyat,  hikoyat  matnlarning 
berilishiga ahamiyat qaratildi.  
9-
sinfda “Ergashgan qo‘shma gap” turlari va “Nutq uslublari” bilan 
bog‘liq mavzular o‘rniga “O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari” , “Tinish 
belg
ilari”ga oid  mavzular kiritildi.  
Adabiyot fanidan o‘zgarishlar ona tili faniga nisbatan ancha farqli 
o‘laroq,    8-sinfning  o‘quv  dasturidan  2  ta  mavzu  chiqarilib,  o‘rniga 
soddaroq, o‘quvchi yoshiga mos bo‘lgan yangi 2 ta mavzu kiritildi va 

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI  
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
2019 YIL AVGUST KENGASHLARI MATERIALLARI TO‘PLAMI 
 
24 
ayrim  ijodkorlarning  asarlari  almashtirildi.  9-sinfda  ham  7  ta  mavzu 
chiqarilib, o‘rniga soddaroq 7 mavzu kiritildi, ayrim she’rlar almashtirildi.  
 
 
8-
sinf Adabiyot darsligidagi o‘zgarishlar 
Amaldagi darslik ( 2014 
yil) 
Yangi darslik  (2019 yil) 
IZOH 
Yusuf Xos Hojib. 
“Qutadg‘u bilig” asari 
 
11-sinfga 
o‘tkazildi 
Alisher Navoiy. G‘azal va 
qit’alar.   
Alisher 
Navoiy. 
Kichik 
hajmdagi she’rlar  
 
Navoiy g‘azallari 
chiqarildi, Qit’a, 
fardlari kiritildi 
Abdurauf Fitrat. Sh
e’rlar 
 
Dasturdan 
chiqarildi 
G‘afur G‘ulom. “Sog‘inish”, 
«Vaqt” she’rlari 
G‘afur  G‘ulom.  “Sog‘inish”, 
“Vaqt”,  “Bilib  qo‘yki,  seni 
Vatan kutadi”she’rlari  
 
“Bilib qo‘yki, seni 
Vatan kutadi” 
she’ri kiritildi 
M. Shayxzoda. “Mirzo 
Ulug‘bek” tragediyasi 
M.  Shayxzoda.  “Jaloliddin 
Manguberdi” tragediyasi 
O‘zgartirildi 
Usmon Nosir. “Yurak”, “Nil 
va 
Rim
”, 
“Monolog” 
she’rlari 
Usmon Nosir. “Yurak”, “Nil va 
Rim”, 
“Yana 
she’rimga” 
she’rlari  
“Monolog”  she’ri 
o‘rniga 
“Yana 
she’rimga”  she’ri 
kiritildi 
 
Oybek. 
“Na’matak”, 
“O‘zbekiston” she’rlari 
Yangidan kiritildi 
 
Shukur 
Xolmirzaev. 
“Ot 
egasi”,  “Omon  ovchining 
o‘limi” hikoyalar 
Yangidan kiritildi 
Robindranat  Thakur. 
“Nur 
va 
soyalar” hikoyasi 
Robindranat  Thakur.  “Suba” 
hikoyasi  
O‘zgartirildi 
Sergey Yesenin. Sh
e’rlari  Sergey Yesenin. She’rlari 
“It haqida doston” 
she’ri kiritildi 
9-
sinf Adabiyot darsligidagi o‘zgarishlar 
Nosiriddin 
Rabg‘uziy. 
“Qisasi Rabg‘uziy” asari 
 
11  sinfga 
o‘tkazildi 
Z.M.Bobur. 
Lirika. 
“Boburnoma”  
 
10 sinfga 
o‘tkazildi 
 
Xoja. Hikoyatlar 
Yangidan kiritildi 
Boborahim 
Mashrab. 
G‘azallar 
 
11-sinfga 
o‘tkazildi 
 
Imom al-Buxoriy. Hadislar 
Yangidan kiritildi 
A.Qodiriy.  “O‘tkan  kunlar”   
10-sinfga 

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI  
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
2019 YIL AVGUST KENGASHLARI MATERIALLARI TO‘PLAMI 
 
25 
romani 
o‘tkazildi 
Cho‘lpon. She’rlar. “Kecha 
va 
kunduz” romani 
 
11-sinfga 
o‘tkazildi 
Oybek. 
“Qutlug‘ 
qon” 
romani 
Oybek. 
“Navoiy”romani 
O‘zgartirildi 
Abdulla  Oripov.  Sh
e’rlar. 
“Sohibqiron”   
Abdulla  Oripov.  “Sohibqiron” 
dramasi  
She’rlar chiqarildi 
 
Shavkat Rahmon.  She’rlar. 
Yangidan kiritildi 
 
Omon Matjon. She’rlar 
Yangidan kiritildi 
 
Halima 
Xudoyberdieva. 
She’rlar.  
Yangidan kiritildi 
 
Sh.  Boshbekov 
“Temir xotin” 
dramasi 
Yangidan kiritildi 
 
 
O‘ljas Sulaymonov. She’rlar  Yangidan kiritildi 
V.
Shekspir.“Otello” 
tragediyasi 
V.Shekspir. 
“Gamlet” 
tragediyasi 
O‘zgartirildi 
Henrih 
Heyne. She’rlar 
 
Dasturdan 
chiqarildi 
A.  S.  Pushkin  “Yevgeniy 
Onegin” 
 
Dasturdan 
chiqarildi 
Mustaqillik davri adabiyoti 
 
11 sinfga 
o‘tkazildi 
Ma’lumki, har yili amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan ta’lim sifatini 
oshirish,  darsliklarni  zamon  talablari  asosida  yaratish  maqsadida 
darsliklar  ekspertizadan  o‘tkaziladi.  Adabiyot  darsliklari  ekspert  qilish 
jarayonida o‘qituvchilar taklifiga muvofiq, 8-, 9-sinf darsliklari            1 
qismda chop etildi. 
2019-
2020  o‘quv  yilida  maktablarga  yetkazilgan  adabiyot 
darsliklaridagi  bu  shakl  o‘zgarishlar  bilan  bir  qatorda  mazmunidagi 
ayrim  tak
ror  o‘rinlar,  ba’zi  nazariy  ma’lumotlar  mualliflar  tomonidan 
o‘quvchilarga tushuntirish maqsadida kiritildi:  
8-sinf  72-
betda  keltirilgan  “Bo‘lmas  emish”  radifli  ruboyi  boshqa 
sinflarda    mazmunini  anglatish  uchun  berilgan  bo‘lsa,  bu  sinfda  asl 
manbasi, yoz
ilgan davri, to‘liq tahlili bilan berildi; 
8-
sinfdan  boshlab  o‘quv  dasturida  g‘azallar  kiritilganligi  uchun 
darslikda  aruz  ilmidan  “Arzu  vazni”  mavzusidagi  (57-bet)  nazariy 
ma’lumotlar berildi. Ta’kidlash joizki, aruz ilmi       8-sinf o‘quvchilari 
uchun m
urakkablik qilishini nazarda tutib, o‘quv dasturida berilmagan, 
ammo  g‘azallarni  o‘qish  va  yod  olishlarida  bu  ma’lumotlar  zarurati 
tug‘ilganligi sababli nazariy ma’lumot shaklida (o‘quvchilarga boshidan 
tushuntirishlar berib borish maqsadida) kiritildi; 

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI  
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
2019 YIL AVGUST KENGASHLARI MATERIALLARI TO‘PLAMI 
 
26 
8-
sinf  darsligidagi  g‘azallarning  vazni,  taqte’si  murakkab  degan 
fikrlar  bildirilgan,  ammo  bu  darsliklardan  umumiy  o‘rta  ta’lim 
muassasalari  bilan  birgalikda  ixtisoslashtirilgan  davlat  umumta’lim 
maktablari  ham  foydalanishlarini  nazarda  tutgan  holda  bu  o‘rinlar 
qoldirildi,  she’r, g‘azallar soni 4 tagacha kiritildi; 
8-sinf  darslik  muallifi  S.  Olimovning  ilmiy  talqinlari  asosida 
Ozarbayjon  so‘zi  Ozarboyjon,  Ya’qub  so‘zi  Yoqub  shaklida 
yozildi(manbalarda bu so‘z ikki (Ya’qub, Yoqub) variantda uchraydi); 
9-sinfd
a Oybekning “Navoiy” romanida Bu kungi (117-bet) so‘zi asl 
manbada  Bukungi  tarzda  qo‘shib  yozilgan.  Darslikda  ham  aynan, 
shunday berildi; 
 5-
sinf  darsligidan  bir  yil  foydalanishini  e’tiborga  olib,  9-sinf 
darsligiga  Imom  al-Buxoriyning  ayrim  hadislari  takror  kiritildi.  Sababi, 
tarbiya  bir  marta  aytiladigan,  kunlik  ish  emas,  bunday  hadislar 
mazmunini 
yaxshi 
anglab 
olish 
hamda 
 
ixtisoslashtirilgan 
maktablarning soatlari ko‘pligini nazarda tutgan holda odob-axloq, ota-
onani  hurmat  qilish,  qadriyatlarni  e’zozlashga  undash  maqsadida 
xadislar ko‘proq kiritildi; 
savol  va  topshiriqlarning  mantiqiy  fikrlashga  yo‘naltirilgan 
bo‘lishiga e’tibor qaratildi. 
Ta’kidlash  joizki,  o‘qituvchilar  darslikda  berilgan  barcha  she’r, 
g‘azallarni yoddan bilishlari shart degan fikrdan yiroq bo‘lishlarini, she’r, 
g‘azallarning  birortasini  yoddan  ifodali  ayta  olsa,  muhimi  mazmunini 
tushunsa, o‘quv tahlilini qila olsa, fanlararo aloqadorlikni, ijodkorlarning 
asarlarini  bilsa,  asarlardagi  ezgu  g‘oyalarni,  qahramonlarning  yaxshi 
sifatlarini 
anglasa, shunday fazilatlar sari intilsa, adabiyot o‘qituvchisi 
o‘z maqsadiga erishadi.  
Ona  tili  va  adabiyot  sho‘bada  fandagi  yangiliklar  sifatida  bu 
masalalar muhokama etilishi hamda pedagog xodimlariga yangi o‘quv 
yili oldidan o‘quvchilar savodxonligini oshirish, adabiy ta’limni qanday 
o‘qitish,  mantiqiy  fikrlash  ko‘nikmalarini  rivojlantirish  metodikasi 
masalalari  hamda  o‘quvchilar  bilim  sifatini  oshirish  yo‘llari  yuzasidan 
tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.  
Buning  uchun  avvalo,  har  bir  sho‘ba    ta’lim  mazmuni 
samaradorligini ta’minlash nuqtai nazaridan o‘tgan o‘quv yili yakunlarini 
tahlil  etish,  yo‘l  qo‘yilgan  kamchilik  va  aniqlangan  ehtiyojlar, 
muammolarning  sabablarini  aniqlash,  yangi  o‘quv  yilida  ularning 
takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.  
Bu  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqishda  quyidagi  yechimini 
kutayotgan muammolarga e’tibor qaratilishi lozim: 

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI  
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
2019 YIL AVGUST KENGASHLARI MATERIALLARI TO‘PLAMI 
 
27 
• o‘quvchilarni  savodxonligini  oshirish,  ona  tilidan  mavzularni 
yetkazish, nazorat ishlarida xatolar ustida is
hlash,  lug‘atlardan (imlo, 
izohli) foydalanish ishlarining tizimli yuritilmasligi; 
• asarlarning  mazmunini  yetkazishda  (mantiqiy,  tanqidiy  fikrlash, 
tahlil qilish) o‘qituvchilarda malakalar yetishmasligi; 
• darslarda  ijodkor  haqida  umumiy  ma’lumot  berish,  she’rlarni 
yodlatish bilan chegaralanib qolayotganligi: 
• dastur  tavqim  mavzu  rejalarni  o‘quvchilar  o‘zlashtirish  asosida 
ishlab  chiqmasligi  hamda  hujjatlarni  (dars  ishlanma,  jurnal,  to‘garak 
ishlari)  to‘g‘ri  rasmiylashtirish  va  ulardan  foydalanish  yo‘llari  haqida 
turlicha ko‘rsatmalar berilishi kabi qator muammolar mavjud. 
Bu muammolar qatorida adabiy o‘qish, kitobxonlik muammosining  
yanada dolzarblik kasb etishi sir emas. Zero, kitobxonlik inson ma’naviy 
olamining  ajralmas  qismi  bo‘lib,  buning  provardi-da,  sog‘lom  va 
barkamol  avlodni  tarbiyalash,  aqlan,  ma’nan,  ruhan  sog‘lom 
yoshlarning  o‘z  ijodiy  va  intellektual  salohiyatini  ro‘yobga  chiqarish, 
zamon 
talablariga 
javob 
beradigan 
raqobatbardosh 
kadrlar 
tayyorlashdan iboratdir. 
Avgust kengashlari sho‘basini mazmuni tashkil etishda  shunday 
aniq  vazifalarni qo‘yish zarurki, unda ishtirok etgan har bir o‘qituvchi 
ko‘tarilgan  masalalarni  o‘zi  ishlayotgan  pedagogik  jamoaga  batafsil 
yetkazilishi, uning yakuniy tavsiya va qaror, vazifalari har bir muassasa, 
metodbirlashmalarning  2019-
2020  o‘quv  yili  istiqbol  rejalariga  asos 
qilib  olinishi  lozim.  Masalan,  Ona  tili  va  adabiyoti  fan  sho‘basi  o‘z 
dasturini quyidagicha tuzish mumkin: 
Sessiyalar 
№ 
Amalga oshiriladigan ishlar 
O‘tkazish 
shakli 
1-sessiya 
 
1.    Ona tili va adabiyot fan 
o‘qituvchilarning 2018-2019 o‘quv 
yilida erishgan yutuqlari (ilg‘or tajribali  
o‘qituvchilarni rag‘batlantirish), 
muammolari, yechimi, vazifalari. 
Fandagi yangiliklar. 
Davra 
suhbati 
2.   
O‘qituvchilarning zamonaviy axborot-
kommunikatsion texnologiyalar, 
elektron ta’lim resurslari (elektron 
darsliklar, proeksion-multimedia) va 
interne
tdan foydalanish yo‘llari  
Seminar 
–trening 
 

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI  
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
2019 YIL AVGUST KENGASHLARI MATERIALLARI TO‘PLAMI 
 
28 
3.   
O‘qish savodxonligi bo‘yicha (xalqaro 
baholash dasturlari asosida) 
o‘quvchilarning bilimini oshirishda 
o‘qituvchilarning asosiy ishlari   
Suhbat 
2-sessiya 
 
4.    Ona tili darslarida grammatik 
mavzularni yetkazishning noan’anaviy 
usullari, adabiyot orqali ma’naviyatini 
yuksaltirish, yoshlarni axborot 
xuruj
laridan himoyalash yo‘llar haqida 
darslarni tashkil etish  (master klass) 
Mahorat 
darsi  
5.   
O‘tkazilgan  ko‘rik-tanlovlar  natijalari 
asosida 
aniqlangan 
ehtiyojlar 
va 
tahlillar asosidagi hisobot taqdimotlarini 
o‘tkazish  va  yangi  o‘quv  yilida  amalga 
oshirilis
hi  lozim  bo‘lgan  ish  shakllari 
(bo‘shliqlarni 
to‘ldirish 
yuzasidan 
tavsiyalar qabul qilish). 
Amaliy 
6.   
Ta’lim  jarayoniga  ona  tili  va  adabiyot 
fanining  uzviyligini  ta’minlash,  xalqaro 
dasturlar  asosida  nazorat  materiallari, 
taqvim  mavzu  rejalarni  ishlab  chiqish, 
o‘z  ustida  mustaqil  ishlash  va  dars 
tahlili 
bo‘yicha 
metodik 
tomondan   
qurollantirish  
Amaliy 
Shuningdek,  darsliklarga  yangi  kiritilgan  mavzular  muhokama 
etilishi, o‘zaro tajribalar almashinishi ham muhim sanaladi.  
9-sinf  darsligiga  Shavkat  Rahmon
ning  “Tong  ochar  ko‘zlarin...”, 
“Turkiylar”,  “Jangda  o‘lgan  emas  biror  bahodir”,  “Baxt  so‘zi”  she’rlari 
yangidan  kiritilgan  bo‘lib,  “Tong  ochar  ko‘zlarin...”  she’ridagi  lirik 
qahramon  tabiati;  “Turkiylar”  she’rida  o‘zlikni  tanish,  Vatan  tuyg‘usi, 
millat qa
yg‘usi kabi tushuncha va kechinmalar ifodasi; “Jangda o‘lgan 
emas  biror  bahodir”,  “Baxt  so‘zi”  she’rlarida  shoirning  o‘ziga  xos 
egzulik, insonparvarlik g‘oyalari ifodalangan.  
O‘qituvchi  2  soatga  mo‘ljallangan  Sh.  Rahmonning  she’rlari  
mavzusida qaysi she’rni yodlashlari o‘quvchilar ixtiyoriga qoldirilgani va  
shoir  hayoti  va  ijodini  o‘quvchilarning  o‘zlari  mustaqil  o‘qish  uchun 
topshiriq berib, butun darsni badiiy, o‘quv tahlillarini o‘tkazish tavsiya 
etiladi. “Tong ochar ko‘zlarin...” she’ri ifodali o‘qiladi. 
Tong ochar ko‘zlarin erinib, 
sevinchdan yig‘laydi qiyoqlar, 
Qurbaqa varaqlar bayozin, 
guldan bol so‘radi arilar, 

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI  
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
2019 YIL AVGUST KENGASHLARI MATERIALLARI TO‘PLAMI 
 
29 
chechaklar jilmayar sevinib, 
shamolda cho‘milar giyohlar. 
chigirtka qayraydi ovozin, 
parvozda ninachi 
— parilar. 
O‘ynoqi shu’lalar — bolalar 
jimgina tarqalar sayhonga, 
o‘rgimchak to‘qiydi tolalar, 
xonqizi boradi mehmonga. 
Chumoli, mehnatkash chumoli, 
kuyinma, atrofga bir qara ¬– 
maysalar, oh, qanday himoli, 
dunyoni qilma ko‘p masxara. 
O‘quv tahlili o‘tkaziladi:  
Shavkat  Rahmonning  «Tong  ochar  ko‘zlarin...»  she’rida  shoir 
tabiat tasviri orqali o‘simlik va jonzotlarning tabiatidan ajoyib o‘xshatish 
yaratgan:  
Tong ochar ko‘zlarin erinib,  
sevinchdan yig‘laydi qiyoqlar, 
chechaklar jilmayar sevinib, 
shamolda cho‘milar giyohlar. 
Osmonning  bir  burchida  otayotgan  tongning  tasvirini    majoziy 
xarakterda nurga qiyoslaydi. Tong nuri odimlab chiqib keladi. Tongning 
otishini  kuzatgan  kishi  borki,  erinib  so‘zini  yaxshi  tushunadi.  Shoir 
o‘sadigan  qiyoq  o‘simligini  nurdan  sevinib  yig‘lashini,  chechaklar 
jilmayishini  tasviriy  jonlantiradi,  giyohlarning  shamolda  tebranishini 
cho‘milishga o‘xshatadi.  
1-topshiriq
. Lug‘at ustida ishlash:  
T/r 
She’riy parchalar  
Mazmuni 
So‘zning  lug‘aviy 
ma’nosi 

Tong  ochar  ko‘zlarin 
erinib, 
sevinchdan 
yig‘laydi 
qiyoqlar 
Tong  yorishishi  bilan 
yorug‘lik, 
issiqlik 
taftidan 
qiyoq 
o‘simligining  sevinib 
yig‘lashi tasvirlanadi 
Tong  -kun  chiqish 
payti, 
subhidam, 
sahar, azon; 
Qiyoq-
o‘simlik turi 
 
O‘ynoqi shu’lalar — 
bolalar 
 jimgina 
tarqalar 
sayhonga 
 
Shu’la-olov, 
alanga, 
mash’al, 
biror 
jismdan 
taraluvchi 
nurli 
energiya; 
Sayhon-katta  tekis 
ochiq joy, maydon 
 
Qurbaqa varaqlar 
bayozin,  
guldan bol so‘radi arilar 
Qurbaqa 
she’rlar 
to‘plamini  varaqlar, 
gulning  totini(nektar) 
so‘radi arilar 
Bayoz-
she’rlar 
to‘plami; 
Bol-asal, totli,  

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI  
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
2019 YIL AVGUST KENGASHLARI MATERIALLARI TO‘PLAMI 
 
30 
O‘quvchilar she’rlardagi lug‘attalab so‘zlarni lug‘at asosida mazmunini 
tushunib  olar  ekan,  o‘quv  tahlilida  qiynalmay  mazmunini  yaxshi 
tushunib olishadi. 
2-topshiriq: 
She’rda keltirilgan jonzodlar nomlarini biologiyadan olgan 
bilimingizga tayanib jadvalga joylashtiring. 
 
Farqli jihati 
Oziq 
lanishi  
Insonga 
ahamiyati 
Shoir izohi 
o‘rgimch
ak 
  
o‘rgimchak bezlaridagi 
suyuqlik havoda qotib 
ipga aylanadi, bu ipdan 
(to‘r) o‘ziga in to‘qiydi.  
pashsha 
kapalak 
 
o‘rgimchak 
to‘qiydi 
tolalar 
qurbaqa  sakraydi 
chivin, 
o‘rgimch
ak, 
pashsha 
 
qurbaqa 
varaqlar 
bayozin 
ari 
o‘ta harakatchan tez 
uchadi, qizil rangni 
sezmaydi, turli 
harakatlari bu uning 
axborot almashishini 
bildiradi 
gul 
nektari 
so‘radi 
asal- inson 
sog‘ligi 
uchun 
foydali, 
o‘simliklarni 
changlantira
di  
guldan bol 
so‘radi 
arilar 
chigirtka  sakraydi 
hashorat   
chigirtka 
qayraydi 
ovozin 
ninachi 
uchadi 
 
suvdagi 
hashoratlar 
bilan 
oziqlanadi 
parvozda 
ninachi 
— 
parilar 
Izoh: Bu jadvalning to‘ldirilishi namuna uchun berildi. O‘quvchilar 
ko‘plab asoslar, izohlar keltirish mumkin. Muhimi, o‘quvchlar  jadvalni 
to‘ldirishda she’rni beixtiyor o‘qiydi, shoir talqinlarini qiyoslaydi. 
Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish