Eritmalar konsentrasiyasi. Eruvchanlik. Eritmaning yoki erituvchining ma'lum massa miqdorida yoki ma'lum hajmida erigan modda miqdori eritma konsentrasiyasi deb ataladi. Eritma konsentrasiyasi bir necha usulda ifodalash mumkin:
1.Erigan moddaning massa ulushi yoki foiz konsentrasiyasi Erigan modda massasini eritmaning umumiy massasiga nisbati erigan moddaning massa ulushini tashkil qiladi.
Bu qiymatni 100 ga ko'paytirilsa, massa ulushini foizlar ifodalangan qiymati foiz konsentrasiyasiyasi olinadi.
2.Molyar konsentrasiya
1l (1000ml) eritmada erigan moddaning mollar soni bilan ifodalanadigan konsentrasiyasi molyar konsentrasiya deyiladi.
yoki
bu yerda CM - eritmaning molyar konsentrasiyasi, moll yoki molyarli;
m - erigan moddaning massasi (g);
M - erigan moddaning molekulyar massasi (gG’ mol);
V - eritmaning hajmi (ml);
n - erigan modda miqdori (mol);
V - eritma hajmi (l).
3.Normal konsentrasiya.
1l (1000ml) eritmada erigan moddaning gramm ekvivalentlar soni bilan ifodalanadigan konsentrasiyasi normal konsentrasiya deyiladi.
bu yerda CM -eritmaning normal konsentrasiyasi
E - erigan moddaning ekvivalent masasi (gekv)
M- erigan moddaning masasi
V - eritmaning hajmi (ml).
4.Molyal konsentrasiya. 1000 g erituvchida erigan moddaning gramm molekulalar soniga molyal konsentrasiyasi (molyallik) deyiladi.