67. Svetoforlar harakat yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda yoki ular to’sayotgan yo’lning
o’qi ustida o’rnatiladi.
Peregonlarda poezdlar uchun temir yo’l kesishmalari oldida o’rnatiladigan to’suvchi va
ularga nisbatan ogohlantiruvchi svetoforlar harakat yo’nalishining chap tomonida ham
joylashishi mumkin.
Svetoforlar shunday o’rnatilishi kerakki, poezddan ularning uzatayotgan signallarini
qo’shni yo’lga tegishli deb qabul qilmaslik kerak.
Yo’lning gabaritlari svetoforlarni o’ng tomonga o’rnatishga imkon bermaydigan hollarda
DATK boshqaruvi raisining ruxsati bilan quyidagi svetoforlarni chap tomondan joylashtirish
mumkin:
stansiyaga noto’g’ri yo’ldan qaytayotgan poezdlarni qabul qilish uchun o’rnatiladigan,
shuningdek, peregonda noto’g’ri yo’l bilan qaytayotgan suruvchi lokomotivlar va xo’jalik
poezdlarining kirish va unga tegishli ogohlantirish svetoforlarini;
ikkinchi yo’llar qurilishi davrida vaqtincha o’rnatiladigan kirish va o’tish svetoforlarini.
Manyovr ishlarining texnologik shartlari taqazo etgan joylarda DATK boshqaruvi raisi
ruxsati bilan ayrim stansiyalarda tepacha svetoforlarini chap tomondan o’rnatish mumkin.
68. Qoida bo’yicha signal chiroqlari normal yonayotgan svetoforlar qo’llaniladi.
Avtoblokirovkali liniyalarda o’tish svetoforlarida, ular oldidagi blok-uchastkaga poezd
kirishi bilan yonadigan, signal chiroqlari yonmaydigan svetoforlarni qo’llashga ruxsat etiladi.
69. Qurilmalarda nosozlik paydo bo’lganda svetoforlar avtomatik ravishda taqiqlovchi
ko’rsatma beradigan holatga, ogohlantirish svetoforlari esa ularga bog’liq asosiy svetoforlarning
ko’rsatmasiga muvofiq bo’lgan holatga o’tishi lozim.
70. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda o’tish svetoforlari uchun ruxsat
ko’rsatmasi, kirish, marshrut va chiqish svetoforlari uchun esa taqiqlovchi ko’rsatma normal
hisoblanadi.
Stansiyadan to’xtovsiz o’tish uchun marshrut svetoforlari avtomat harakatga keltirishga
o’tkazilishi mumkin bo’lgan temir yo’l uchastkalarida, ular avtomatik harakatga keltirishga
o’tkazilganda ruxsat berish ko’rsatmasi normal hisoblanadi.
Avtoblokirovka bilan jihozlanmagan uchaskalarda kirish, chiqish va o’tish svetoforlari
uchun taqiq ko’rsatmasi normal hisoblanadi.
To’sish svetoforlarining normal holati DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
71. Kirish svetoforlari birinchi kirish strelkali o’tkazgichdan kamida 50 m uzoqlikda
o’rnatilishi lozim, bu masofa strelkali o’tkazgichning qarama-qarshi yo’nalish ostryagidan yoki
yo’nalish bo’ylab chegara ustunchasidan hisoblanadi.
19
Ilgari strelkali o’tkazgichdan 50 m dan kam, ammo 15 m dan ko’p uzoqlikda
joylashtirilgan kirish svetoforlarini qayta o’rnatmaslik mumkin.
Elektrlashtirilgan uchastkalardagi kirish svetoforlari, shuningdek «Stansiya chegarasi»
signal belgilari peregon tomondan stansiyaning kontakt tarmog’ini peregonning kontakt
tarmog’idan ajratib turuvchi havo oralig’i oldidan o’rnatilishi lozim.
72. Har bir jo’natish yo’li uchun chiqish svetoforlari jo’natilayotgan poezdning
lokomotivi turishi mo’ljallangan joyning oldida joylashtirilishi kerak.
Stansiyada etarlicha uzunlikka ega bo’lmagan yo’llardan poezd jo’natilayotganda,
qachonki poezdning boshi chiqish svetoforidan o’tib joylashgan holda, ushbu svetoforning orqa
tomonidan takrorlovchi kallagini o’rnatishga ruxsat etiladi. Chiqish svetoforlarida takrorlash
kallagini o’rnatish ruxsat etilgan stansiyalarning ro’yxati hamda bunday hollarda signallardan
foydalanish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
Poezdlarning to’xtovsiz o’tishi amalga oshiriladigan yo’llardan mustasno, bir guruh yo’l
uchun chiqish va marshrut svetoforlari guruhini o’rnatishga ruxsat etiladi. Chiqish va marshrut
svetoforlari guruhi poezdning jo’natilishi ruxsat etiladigan yo’lning raqamini ko’rsatadigan
marshrut ko’rsatkichlari bilan to’ldirilishi lozim.
73. Avtomatik blokirovkaning o’tish svetoforlari blok-uchatskalarning o’zaro
chegaralarida, yarim avtomatik blokirovkaning o’tish svetoforlari esa postlararo peregonlarning
chegaralarida o’rnatiladi.
Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida
qo’llanadigan uchastkalarda, blok-uchastkalarning chegaralarida «Blok-uchastka chegarasi»
signal belgilari o’rnatiladi.
Ikki yo’lli peregonlarda lokomotiv svetoforining signallari bo’yicha noto’g’ri yo’ldan
harakatlanganda to’g’ri yo’ldan harakatlanishi uchun o’rnatilgan avtoblokirovka svetofori blok-
uchastka chegarasi bo’ladi.
74. Stansiyalardagi poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutiga kiruvchi strelkalar,
kirish, chiqish va marshrut svetoforlari bilan o’zaro bog’liq bo’lishi lozim.
75. Yo’l blokirovka qurilmalari yoki elektr jezl tizimi mavjud bo’lgan peregonlardagi
asosiy yo’lning shahobchalari strelkalari ushbu qurilmalar bilan shu tarzda bog’lanishi lozimki,
eng yaqin o’tish yoki chiqish svetoforining ochilishi yoki jezlning olinishi faqat strelkaning
asosiy yo’ldagi normal holatidagina mumkin bo’lsin.
76. Bir sathdagi temir yo’l kesishmalari va liniyalarning tutashuvlari, shuningdek,
ko’tarma ko’priklar, mos ravishda chegaraviy ustunchalar yoki ko’prik boshlanishining ikki
tomonidan kamida 50 m masofada o’rnatilgan yo’lni berkitish svetoforlari bilan to’silishi kerak.
Bir sathdagi kesishuvlar va liniyalarning tutashuvida yo’lni berkitish svetoforlari shunday
o’zaro bog’liklikka ega bo’lishi kerakki, unda bir svetoforning ochilishi qarshi marshrut
svetoforlarining man etuvchi ko’rsatkichlarida mumkin bo’lishi kerak.
Ko’tarma ko’priklarda berkitish svetoforlarini ochish ko’prikning bir-biriga jips turishi
holatidagina mumkin bo’lishi kerak.
77. Asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llari bo’ylab poezdlarning to’xtovsiz o’tishi
ko’zda tutilgan avtomat yoki yarim avtomat blokirovkali uchastkalarda joylashgan stansiyalarda
kirish va marshrut svetoforlarida ushbu yo’llarda poezdlarni to’xtovsiz o’tkazish signalizatsiyasi
qo’llanilishi kerak.
78. Svetoforlarning joylashish sxemasi, shuningdek, stansiyalarda marshrutlardagi signal
svetoforlarining ko’rsatkichlari va strelka holatining o’zaro bog’liqlik jadvali DATK boshqaruvi
raisi tomonidan tasdiqlanadi.
79. Doimiy signallarni o’rnatish joylari DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i
tayinlaydigan hay’at tomonidan aniqlanadi.
(79 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son
ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).
20
Avtomatik va yarim avtomatik yo’l blokirovkasi
80. Peregonlar, odatda, yo’l blokirovkasi bilan, ayrim uchastkalarda esa aloqa va
signalizatsiyaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi
bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Bunda poezdlarning peregon bo’ylab ikki yo’nalishda
harakatlanishi lokomotiv svetoforlarining signallari bo’yicha amalga oshiriladi.
81. Avtomatik va yarim avomatik blokirovka qurilmalari ular ajratayotgan blok-uchastka
(stansiyalararo yoki postlararo peregon) ning harakat tarkibidan bo’shamaguniga qadar chiqish
va o’tish svetoforining ochilishiga, shuningdek, asosiy elektr ta’minotdan zahiraviysiga yoki
aksincha o’zgarishlar natijasida svetoforning o’z-o’zidan yopilishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
82. Avtomat va yarim avtomat blokirovka bilan jihozlangan bir yo’lli peregonlarda,
stansiyada chiqish svetofori ochilgandan keyin, ushbu peregonga qarama-qarshi tarafdan poezd
jo’natish uchun qo’shni stansiyaning chiqish va o’tish svetoforlarini ochish imkoniyati istisno
qilinishi kerak.
Xuddi shunday signallarning o’zaro bog’liqligi har bir yo’lda ikki taraflama harakatlanish
uchun avtomat va yarim avtomat blokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli va ko’p yo’lli
peregonlarda ham bo’lishi kerak.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli qo’ymali bir yo’lli uchastkalarda,
shuningdek, avtoblokirovka ko’rsatkichiga binoan harakat bir yo’nalishda amalga oshiriladigan
yuk hajmi katta liniyalarning ikki yo’lli va ko’p yo’lli peregonlarida (noto’g’ri yo’l bo’ylab)
qarama-qarshi yo’nalishda lokomotiv svetofor signallari bo’yicha harakatlanishni ta’minlovchi
qurilmalar ko’zda tutilishi mumkin. Bu qurilmalar qo’llaniladigan texnik qarorlarga ko’ra doimo
ishlaydi yoki ta’mirlash, qurilish va tiklash ishlari davrida yoqiladi.
83. Avtomat blokirovkada barcha svetoforlar ular ajratgan blok-uchastkaga poezdning
kirib kelganida, shuningdek, ushbu uchastkalarning rels zanjirlari butligi buzilganda avtomat
ravishda man etish ko’rsatkichini ko’rsatishlari kerak.
84. Yo’l blokirovkasi bilan jihozlangan uchatskalarda joylashgan stansiyalarda bu
qurilmalar xo’jalik poezdlari uchun kalit-jezllarga, poezdlarni surish yana orqasiga qaytib
keluvchi suruvchi lokomotivlar bilan amalga oshiriladigan yarim avtomat blokirovkali
uchastkalarning stansiyalarida esa – ular uchun ham kalit-jezllarga ega bo’lishi kerak.
Avtomat blokirovkali bir yo’lli liniyalarda, shuningdek, har bir yo’lda ikki taraflama
avtoblokirovkali ikki yo’lli peregonlarda, manyovr tarkibning stansiya chegaralaridan tashqariga
chiqishi mumkin bo’lgan manyovr ishlari amalga oshiriladigan stansiyalarda avtomatik
blokirovka qurilmalari ularga bog’liq manyovr svetoforlari bilan to’ldiriladi.
85. Avtomatik va yarim avtomatik blokirovka bilan jihozlangan liniyalarda joylashgan
stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi kerak:
band yo’l uchun belgilangan marshrutda kirish svetoforining ochilishiga yo’l
qo’ymaydigan qurilma;
boshqarish apparatida yo’l va strelkalarning bandligini nazoratini ta’minlovchi
qurilmalar.
Yarim avtomatik blokirovkada, stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi mumkin:
jo’natish marshrutidagi ajratilgan strelka uchastkalarining bo’shlik nazoratini, ularning
nosozligi tufayli o’chirishga imkon beruvchi;
yopilib qolgan svetoforning qayta ochilishini ta’minlovchi, agar poezd amalda undan
o’tib ketmagan bo’lsa;
poezdning to’liq tarkibda kelishini avtomat tarzdagi nazoratini ta’minlovchi.
86. Avtomatik blokirovka avtomatik lokomotiv signalizatsiya va dispetcherlik nazorati
qurilmalari bilan, yarim avtomatik blokirovka esa yaqinlashish uchastkalarida avtomatik
lokomotiv signalizatsiya bilan to’ldirilishi kerak.
87. Poezdlar harakatining dispetcherlik nazorati qurilmalari avtoblokirovka bilan
jihozlangan uchastkalarda (bir yo’lli peregonlarda) belgilangan harakat yo’nalishi, blok-
21
uchastkalarning, oraliq stansiyalarda asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llarining bandligi, kirish
va chiqish svetoforlari ko’rsatkichlarining nazoratini ta’minlashi kerak.
Ushbu bandda sanab o’tilgan talablardan tashqari, yangidan tatbiq etilayotgan
dispetcherlik nazorati tizimlari SSB qurilmalari texnik holatini nazoratini ta’minlashi kerak.
Signal va strelkalarni elektr markazlashtirish
88. Elektr markazlashtirish qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak:
strelka va svetoforlarning o’zaro tutashuvi;
strelka kesilishi nazoratini, mazkur marshrutni chegaralovchi svetoforni yopish bilan
amalga oshirishni;
boshqaruv appraratida strelkalar holatini, strelka seksiyalari va yo’l bandligini nazorat
qilishni;
strelka va svetoforlarni marshrut yoki alohida boshqarish, manyovr svetoforlari
ko’rsatkichlari bo’yicha manyovr harakatlarini amalga oshirish, kerak paytda strelkalarni
mahalliy boshqaruvga o’tkazish imkoniyatini.
89. Elektr markazlashtirish qurilmalari quyidagilarga yo’l qo’ymasligi kerak:
band yo’lga belgilangan marshrutda kirish svetoforini ochish;
harakat tarkibi ostida strelkani o’tkazish;
strelkalar kerakli holatga qo’yilmaganda, berilgan marshrutga tegishli svetoforni ochish;
belgilangan marshrutni chegaralovchi svetofor ochiqligida, qarshi svetoforni ochish yoki
marshrutga kiruvchi strelkani o’tkazish.
90. Markazlashtirilgan strelkalarning uzatma va tutashmalari quyidagilarni ta’minlashi
kerak:
strelkalarning eng chetki holatlarida krestovina qo’zg’aluvchan o’zagini usovikka,
ostryakning rama relsiga qattiq jipslashuvini;
jipslashgan ostryak va rama relsi yoki qo’zg’aluvchan o’zak va usovik orasidagi tirqish 4
mm va undan ortiq bo’lganida strelka ostryaklari yoki krestovina qo’zg’aluvchan o’zagining
tutashishiga yo’l qo’ymaslikni;
rama relsi yaqinidagi ostryakni kamida 125 mm masofaga surishni.
Markazlashtirilgan dispetcherlik
91. Markazlashtirilgan dispetcherlik qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak:
qator stansiya va peregon yo’llarining strelka va signallarini bitta punktdan boshqarish;
peregonlar, stansiya yo’llari va ularga yaqin blok-uchastkalarning holati va bandligini
boshqaruv apparatida nazorat qilish, shuningdek, kirish, marshrut va chiqish svetoforlarining
ko’rsatkichlarini takrorlash;
poezdlarni qabul qilish, jo’natish va manyovrlarni amalga oshirish bo’yicha strelka va
signallarni boshqarishni stansiyalarda zahiraviy boshqaruvga o’tkazish yoki manyovrlarni
amalga oshirish uchun strelkalarni mahalliy boshqaruvga o’tkazish;
poezdlar harakatining bajarilgan grafigini avtomatik tarzda yozib olish;
elektr markazlashtirish, avtomatik blokirovka, signalizatsiya va aloqaning mustaqil
vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyaga qo’yiladigan talablarni
bajarishni.
Markazlashtirilgan dispetcherlikning yangi tizimlari blok-uchastkaning xaqiqiy band
emasligida, harakat yo’nalishini poezd dispetcheri tomonidan o’zgartirish imkoniyatini
ta’minlashi kerak.
22
Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi va avtostoplar
92. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyada lokomotiv svetoforlari poezd yaqinlashib
kelayotgan yo’l svetoforlari ko’rsatkichlariga mos keladigan ko’rsatkichlarni uzatishi kerak.
Faqatgina lokomotiv svetoforlari ko’rsatkichlari bo’yicha harakatlanishda bu svetofor
oldinda yotgan blok-uchastkalarning bo’shligi yoki bandligiga ko’ra tegishli ko’rsatkichlar
uzatishi kerak.
Lokomotiv svetoforlari lokomotiv (motorvagon poezd) larning boshqaruv kabinasida
o’rnatilib, signal ko’rsatkichlarini bevosita mashinist va mashinist yordamchisiga etkazadilar.
Lokomotivlar, motorvagon poezdlari va o’ziyurar harakat tarkibidagi lokomotiv
signalizatsiyasi: harakatning belgilangan tezliklarini, poezdning o’z-o’zidan ketib qolishi va
mashinist hushyorligini vaqti-vaqti bilan tekshirish nazoratlarini ta’minlovchi xavfsizlik
qurilmalari bilan to’ldirilishi kerak. Lokomotiv, motorvagon poezdi, maxsus o’ziyurar harakat
tarkibini boshqarish qobiliyatini mashinist, drezinada esa – drezina haydovchisi yo’qotgan
hollarda ko’rsatib o’tilgan qurilmalar poezdni taqiqlovchi ko’rsatmali svetofor qarshisida
avtomat tarzda to’xtashini ta’minlashlari kerak.
Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomat yoki yarim
avtomat lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda
asosiy yo’llar, yo’lovchi poezdlarni qabul qilish-jo’natish yo’llari, shuningdek, poezdlarning
to’xtovsiz o’tib ketishi uchun qabul qilish-jo’natish yo’llari avtomatik signalizatsiyaning yo’l
qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Ayrim stansiyalarda avtomatik lokomotiv signalizatsiya qurilmalarining mavjud
emasligiga faqat DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi.
Yarim avtomatik blokirovkada avtomatik lokomotiv signalizatsiya qurilmalari bilan
stansiyalarning yaqinlashish uchastkalari va asosiy yo’llari jihozlanadi.
93. Avtostoplar poezdni yopiq svetofor oldida avtomat tarzda to’xtatishi kerak.
Strelka va signallarning o’zaro kalitli bog’liqligi
94. Kalitli bog’liqlik qurilmalari nazorat qulflari vositasida strelka va signallarning o’zaro
tutashuvini ta’minlashi kerak.
95. Strelka nazorat qulflari quyidagilarni bajarishi kerak:
kalitni faqat qulflangan strelkadan chiqarishga yo’l qo’yish;
ostryakning rama relsiga qattiq yopishib turishi sharti bilan strelkani qulfdan chiqarilgan
kalitda ko’rsatilgan holatda qulflash;
bir-biriga yopishgan ostryak va rama relsi orasidagi tirqish 4 mm va undan katta
bo’lganda strelkani qulflash imkoniga yo’l qo’ymaslik.
Bir rusumli strelka nazorat qulflarini bir stansiya chegarasida, katta stansiyalarda esa bitta
strelka rayoni va unga qo’shni boshqa rayon strelka postlari chegarasida qo’llash taqiqlanandi.
Stansiya blokirovkasi
96. Stansiya blokirovkasi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
postlarning poezdlarni qabul qilish va jo’natish hamda stansiyalar ichidagi
marshrutlarning to’g’ri tayyorlaganligini stansiya navbatchisi tomonidan nazorat qilish;
har xil postlardan boshqariladigan strelka va signallarning o’zaro tutashuvi.
Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari
97. Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari, tarkiblarni
tarqatishning hisob (loyihaviy) tezligi bilan uzluksiz, to’xtalishlarsiz va xavfsiz tarqatilishini
23
ta’minlashi kerak, bunda har bir tormozlash vaziyatida tormoz vositalarining quvvati ushbu
tezlikni amalga oshirishni va vagonlarni xavfsiz saralashni ta’minlashi kerak.
Mexanizatsiyalashtirilgan saralash tepachalarida tarkiblarning saralash yo’llari bo’ylab
tarqatilishida qatnashayotgan strelka o’tkazgichlari, tepachaning elektr yoki tepachaning avtomat
markazlashuviga kiritilgan bo’lishi kerak.
Tepacha markazlashuvi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
strelkalarni individual boshqarishni;
tarkibning tarqatilishi amalga oshiriladigan harakat yo’nalishidagi strelkalarning,
shuningdek harakat tarkibining tarqatish hududiga chiqishini istisno qiluvchi muhofaza
strelkalarining elektr tutashuvini;
boshqarish pultida strelkalar holati va strelka seksiyalari bandligini nazorat qilishni.
Tepacha markazlashuvi harakat tarkibining ostida strelkani o’tkazishga yo’l qo’ymasligi
kerak.
Strelkalarning tepacha avtomatik markazlashuvi, bundan tashqari, quyidagilarni
ta’minlashi kerak:
dastur yoki marshrut ish tartibida ajratilgan vagonlarni tepachadan tushirish jarayonida
saralash tepaligining tarqatuvchi hududi strelkalarini avtomatik boshqarish;
ostryak va ramali rels orasida o’tkazish vaqtida to’siq paydo bo’lib qolsa, ajratilgan
vagon izolyasiyalangan seksiyaga kirmasidan avval strelkani nazorat holatiga avtomatik ravishda
qaytarish;
tarqatish jarayonida strelkalarni individual boshqarishga o’tkazish imkoniyati.
Avtomatlashtirilgan saralash tepacha qurilmalari tepacha avtomat markazlashuviga ega
bo’lgan mexanizatsiyalashtirilgan tepachalarga qo’yilgan talablar bilan bir qatorda quyidagilarni
ta’minlashi kerak:
tarkiblarni yaqinlashtirish va tarqatishni nazorat qilish va boshqarish;
ajratilgan vagonlarni tepachadan tushirish tezligini avtomatik tartibga solish;
tarkibni tarqatish natijalarining nazorati;
saralash stansiyasining axborot-reja tizimi bilan axborot almashish.
Pereezd avtomatik signalizatsiyasi va
avtomatik shlagbaumlar
98. Pereezd avtomatik signalizatsiyasi poezdning pereezdga etib kelguniga qadar o’tish
joyini transport vositalaridan bo’shatish uchun ketadigan vaqtdan avval avtomobil yo’li tomon
to’xtash signalini uzatishi, avtomatik shlagbaumlar esa yopiq holatga o’tishi kerak.
Poezd pereezdni butunlay bo’shatmaguncha kesishma avtomatik signalizatsiya ishlab
turishi, shlagbaumlar esa yopiq holatda bo’lishi kerak.
Poezd yaqinlashayotgani xaqida avtomatik xabar beruvchi tizimlar
99. Avtoblokirovkali peregonlar va strelkalari elektr markazlashtirilgan stansiyalar
DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan rejalarga binoan, yo’lda ish bajarayotgan
ishchilarni poezd yaqinlashayotgani xaqida xabarlovchi avtomatik tizim bilan jihozlanishi kerak.
Qizigan buksalarni avtomat tarzda aniqlash qurilmalari
100. O’tayotgan poezdlarda qizigan buksalarni avtomat tarzda aniqlash qurilmalari
quyidagilarni ta’minlashi kerak:
lokomotiv mashinisti va oldinda joylashgan stansiya navbatchisiga poezdda qizigan
buksa borligi xaqida ma’lumot etkazishni;
uzatilayotgan ma’lumotni maxsus lentada qayd etishni.
24
Ko’rsatilgan qurilmalarni joylashtirish, ulardan foydalanish va xizmat ko’rsatish tartibi
DATK tomonidan o‘rnatiladi.
Poezd ketib borayotgan marshrutga harakat tarkibining o’z-o’zidan chiqishini oldini olish
qurilmalari
Do'stlaringiz bilan baham: |