Tayanch atama va iboralar: suvli ajratmalarning, maydalik darajasi, xom-ashyo suv shimish koeffitsienti, maxsulot nisbati, konsentratsiyalar farqi, xarorat tasiri, molekulyar diffuziya, konvent diffuziya.
Alkaloid saqlovchi o’simliklardan damlama va qaynatma tayyorlash
31 I.I. Krasnyuk, G.V. Mixaylova, L. I. Muradova Farmatsevtichesaya texnologiya texnologiya lekarstvennqx form.-
«GEOTAR-Media».- Moskva.-2011. (558 bet)
rasm. Suvli ajratmalar olinishining texnologik jarayoni.32
Alkaloidlar o‘simliklarda asos holida bo‘ladi. Tuz holidagi alkaloidlar suvda yaxshi eriydi. Asos holidagi alkaloidlarni eruvchanligini oshirish uchun tuz holiga o‘tkaziladi va bu maqsadda 0,83% xlorid kislotasi 1% limon kislotasi va vino kislotasidan foydalaniladi.
Xin o‘simligi po‘slog‘idan damlama tayyorlashda boshqalarga nisbatan 0,8% xlorid kislotasidan foydalangan ma‘kul. SHoxkuyadan damlama tayyorlanganda shu kislotadan xom ashyo tarkibidagi alkaloid miqdoriga 4 barobar ko‘p miqdorda qo‘shiladi. SHoxkuyadan (sporыnya) suvli ajratma olish uchun A. L. Ledneva ko‘rsatmasi bo‘yicha qaynayotgan suv hammomiga 30 min davomida qo‘yiladi va tezlik bilan sovutiladi, chunki shoxkuya alkaloidlari issiqlikka chidamli emas. Shuning uchun ham shoxkuyadan damlama emas, qaynatma tayyorlanadi. SHoxkuyaning yangi maydalangani ishlatilishi kerak, chunki uni tarkibidagi yog‘lar tez achish xususiyatiga ega. Termopsis o‘simligidan damlama tayyorlashda uning tarkibidagi alkaloidni tuz holiga o‘tkazish
32 Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (760 bet)
shart emas, chunki bu o‘simlikda alkaloidlar asos holdagisi ham, tuz holdagisi ham suvda yaxshi eriydi. Agar o‘simlik XI DF da ko‘rsatilgan miqdordan ya‘ni 1,5% dan ko‘p alkaloid saqlasa, olingan o‘simlik miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Masalan: 200 ml termopsis damlamasi tayyorlash kerak bo‘lsin. Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 200 ml
D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
O‘simlik o‘z tarkibida 1,6% alkaloid saqlaydi. Buning uchun o‘simlik miqdori topiladi.
Termopsis 1:400 nisbatda tayyorlanadi. 200 ml damlama uchun 0,5 g olish kerak.
Alkaloid miqdori ko‘p bo‘lgani uchun bu miqdor qaytadan hisoblanadi.
X 0,15 1,5 0,47
1,6
0,5 — olinishi kerak bo‘lgan o‘simlik miqdori.
1,5% — DF bo‘yicha o‘simlik saqlash kerak bo‘lgan miqdor. 1,6% — o‘simlik saqlagan alkaloid miqdori.
0,47 — qaytadan hisoblangan o‘simlik miqdori.
Agar o‘simlik 1,5% dan kam alkaloid saqlasa, bunday xom ashyodan damlama va qaynatma tayyorlanmaydi.
Alkaloid saqlagan o‘simliklardan suvli ajratma tayyorlashda qo‘shiladigan kislota miqdori xom ashyo tarkibidagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda olinadi.
100,0 — 1,6
0,47 — x x = 0,0075 g alkaloid
0,83 — 100,0
0,0075 — x x = 0,9 ml suyultirilgan xlorid kislota kiritiladi.
Hisoblash:
Termopsis o‘ti (1 : 400) – 0,5 g
x 200 1 0,5г 400
Xlorid kislota eritmasi (1 : 10) – 0,9 ml (18 tomchi) alk. DF X buyicha 1,5%
1,5 – 100
x – 0,5 x = 0,0075 g (alkaloid) 0,83 – 100
0,0075 – x x = 0,9 ml (18tomchi) Tozalangan suv – 200 ml
Um. hajmi – 204 ml
Termopsis o‘ti tarkibida alkaloid bo‘lib, kuchli ta‘sir etuvchi dorivor o‘simliklar guruhiga kiradi. DF X ko‘rsatmasiga binoan 1,5% alkaloid saqlaydi. SHifokor ko‘rsatmasi bo‘lmaganda
1 : 400 nisbatda damlama tayyorlanadi.
Tayyorlash: Infundir stakaniga 0,5 g, 5 mm gacha maydalangan termopsis o‘ti solinadi. Ustiga 200 ml tozalangan suv va 0,9 ml (18 tomchi) 1 : 10 nisbatdagi xlorid kislota eritmasi qo‘shiladi, so‘ngra qaynab turgan infundir apparatida 15 daqiqa damlab quyiladi, vaqti - vaqti bilan aralashtirib turiladi. Keyin 45 daqiqa xona haroratida sovutiladi. Ikki qavatli dokadan o‘tkazib, qoldiq siqiladi. Damlama hajmi 200 ml ga etkaziladi. ―Ichish uchun‖ yoki ―Mikstura‖, ―Salqin joyda saqlansin‖, ―Ishlatishdan oldin chayqatilsin‖ yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |