Yurak glikozidlari saqlovchi o‘simliklardan ajratma tayyorlash
Rp.: Jnfusi rhizoma et radicibus Valerianae ex 6,0 — 100,0 D.S.
Ko‘rsatilgan miqdordagi damlama yoki qaynatma olish uchun kerak bo‘lgan suv miqdorini
topish uchun o‘simlik xom ashyosi gramm miqdorini suv shimish koeffitsientiga ko‘paytirib, dorixatda ko‘rsatilgan suv miqdoriga qo‘shish kerak. Masalan: yuqoridagi dorixat uchun: 100 q (2,9 * 6) = 100 q 17,4 = 117,4 ml suv. Bu erda 2,9 valeriana ildizining suv shimish koeffitsienti.
Tarkibida yurak glikozidlari yoki alkaloid saqlagan xom ashyodan damlama tayyorlanganda qo‘llaniladigan o‘simlik qismida belgilangan miqdorda alkaloid bo‘lishi va yoki belgilangan biologik ta‘sirga ega bo‘lishi kerak.
Xom ashyo tarkibidagi alkaloid miqdori yoki biologik ta‘sir darajasi belgilangan miqdordan yuqori bo‘lsa, uni miqdori quyidagi hisob bo‘yicha olinadi.
X — dorivor o‘simlikni xom ashyosidan olish kerak bo‘lgan miqdori; A — dorivor o‘simlik xom ashyosini yozilgan miqdori;
B — aniqlangan alkaloid yoki biologik ta‘sir darajasi miqdori;
V — xom ashyo tarkibidagi glikozid va alkaloidlarni standart miqdori;
Xom ashyo tarkibidagi glikozid yoki alkaloid miqdori belgilangandan kam. VIII DF damlamalar — xom ashyoga sovuq suv solib qaynab turgan suv hammomida 15 min damlash bilan tayyorlangan bu usul XI DF da ham qabul qilingan, 15 min qizdirish umuman kam hisoblanadi, chunki bunda xom ashyo endigina yumshab, ta‘sir etuvchi moddalar qisman ajragan bo‘ladi. Ajratmaning harorati asta-sekin ko‘tarilib borgani uchun proteinlar, elimli va pektin moddalar ham bo‘kmasdan eritmaga o‘tad33i.
Rp.: Infusi herbae Adonis vernalis 90 ml Natrii bromidi 2,0
Tincturae Valerianae 3ml
M.D.S.. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Hisoblash:
Bahor adonisi o‘ti (1 : 30) – 3 g
1 – 30
x – 90 x = 3 g S.SH.K. = 2,8
Natriy brom – 2 g Valeriana nastoykasi – 3 ml Tozalangan suv – 98,4 ml 90+(3 x 2,8)=98,4
um. hajmi – 93 ml
Yurak glikozidi saqlovchi dorivor o‘simlik xom ashyolaridan damlama tayyorlaganda shifokor tomonidan mahsulot miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa 1 : 30 nisbatda olinadi.
Tayyorlash: Infundir stakaniga 3 g 5 mm gacha maydalangan bahor adonisi o‘tidan olinadi va uni ustiga 98,4 ml tozalangan suv quyiladi. So‘ngra qaynab turgan infundir apparatiga 15 daqiqa damlab quyiladi va vaqti - vaqti bilan aralashtirib turiladi. Keyin 45 daqiqa xona haroratida sovutiladi, 2 qavatli dokadan o‘tkazib, qoldiq siqiladi. Undan keyin damlamada 3 g natriy brom eritib, qayta suziladi va damlama hajmi 90 ml ga etkaziladi. Oxirida 3 ml valeriana nastoykasi qo‘shiladi. So‘ngra jihozlab bemorga beriladi. ―Ichish uchun‖, ―Salqin joyda saqlansin‖,
―Ishlatishdan oldin chayqatilsin‖ yorliqlar bilan jihozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |