O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


XX asr boshida Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarida rus nufusi joylashuvi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

XX asr boshida Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarida rus nufusi joylashuvi
(1 9 1 5 y ild a g i y a k u n la r)
Yillar
Jovlashtirilgan erkaklar soni
0 ‘sish miqdori
Etgisuv
Sirdaryo
Jami
Foiz hisobida
1907
332
2332
100
1908
650
2400
3050
130
1909
4755
1053
5808
249
1910
11005
107
11112
476
1911
13732
1542
15274
655
1913
7729
5818
13547
580
1914
8629
2931
11560
495
1915
5977
1635
7612
326
1 0 ‘zR M D A , 1-jam g‘arm a, 1-ro‘yxat, 670-ish, 4-varaq.
2 Галузо П.Г.
А грарн ы е отн ош ения на ю ге К азахстана в 1 8 6 7 -1 9 1 4 гг. 
А лм а-А та, 1965, стр. 226.
301
www.ziyouz.com kutubxonasi


K o iin ib turibdiki, ayniqsa Yettisuv viloyatida rus kelgindilari 
salm og‘i kuchli edi. Bu viloyatda mahalliy aholining 4193,5 ming 
tanob yeri musodara qilinib, undan 667,2 ming tanob yer kazak 
qo'shinlari ixtiyoriga berilgan edi. 1912 yilga kelib Turkiston 
oik asid a foydalanishga yaroqli 17,6 million tanob yeming 11,7 
million tanobi davlat o ‘rmon xo'jaligi ixtiyoriga berildi. Turkiston 
o ‘lkasida eng yirik zamindor rus imperatori Nikolay II ning oilasi 
edi. Mari viloyatining Bayram Ali tumanida 104 ming desyatina 
eng yaxshi sug'oriladigan yerdan Murg‘ob davlat imeniyasi tashkil 
etildi. Rus kelgindilari o ‘zlariga berilgan yerlaming to ‘la x o ‘jayin- 
lari bo ‘lib olib, bu yerlami meros tariqasida qoldirishlari mumkin 
bo'lib qoldi. Mahalliy aholiga tegishli yerlar esa davlat mulki deb 
hisoblandi.
Turkistonda rus nufusini ko'paytirishga markaz katta e ’tibor 
berib, bunga m ablag‘ni ayamadi. 1908-1910 yillarda o ik a n i taftish 
qilgan markaz vakili senator graf K.K.Palen Turkistondagi rus 
xukmronligining asosiy vositasi o ik a d a o ‘ziga to ‘q rus dehqonlarini 
ko‘paytirish deb hisobladi. Senatoming fikricha, ana shunday mujik- 
lar imperiya bilan mustamlakani o ‘zaro bogio vch i va yaqinlashti- 
ruvehi «ishonchli» unsur b o iib qoldi. 1906-1915 yillarda Sirdaryo- 
Farg‘ona ko‘chiruv hududi b o ‘yicha rus mujiklari uchun mahalliy 
aholiga qarashli 744,9 ming tanob yer musodara qilindi. Mustabid 
hokimiyatning bunday talonchilik siyosati haqida Rossiya parla- 
menti - Davlat Dumasida knyaz Mansurov gapirib, Turkistonda 
m ain uriy at yerli aholi ustidan «krepostnoy huquqni amalda 
qoilayotganini» alohida uqtirib o ig a n i bejiz emas edi. Davlat 
Dumasining 1910 yil 7 apreldagi majlisida Qozon gubemiyasidan 
kelgan noib ana shu ko‘chiruv boshqarmasining faoliyatini tanqid 
qilib, podshohlik agrar siyosatini shunday so‘zlar bilan fosh 
qildi: «Turkiston ruslar uchun! Bu shior qisqa, lekin tushunarsiz. 
Buni qabul qilish do‘stlami dushmanlarga aylantirish demakdir. 
Turkistonni saylov huquqidan. o ‘z-o‘zini boshqarish huquqidan 
maxrum qilganingizda ham o'lka xotirjamlikni saqlar deb o ‘ylang. 
Mayli, balki siz uni tushunmaydi, deb hisoblang. Ammo siz uning 
erlarini tortib ola boshlasangiz, bu holda shu vaqtgacha osoyishta 
b o iib kelayotgan o ik a harakatga kelib qo‘zg‘olishi mum kin»1. 
Ammo podshoh hukumati parlament minbarida turib qilingan bun­
day ogohlantirishlarga quloq solmadi. 1912 yili Ziroat va davlat 
mulklari vaziri Krivoshein Turkiston safari haqida imperatorga
1 Г осударственная Д ум а. С тен о гр аф и ч ески й отчет. С озы в IV, сесси я V, 
закр ы то е засед ан и е 15 декаб ря 1916 г. стр. 130-131.
302
www.ziyouz.com kutubxonasi


yo‘llagan hisobotida oik ad ag i 3 million tanob sug‘oriladigan yer- 
larni rus xo‘jaliklari foydasiga musodara qilish taklifmi ilgari surdi. 
Ana shu yerlar 300 ming to ‘q rus xo‘jaliklari ixtiyoriga berilishi 
lozim edi. 3 million tanob yeming bir millioni g 'o ‘za maydonlariga 
aylanishi kerak edi.
«Musulmonlarga!» deb atalgan bir xitobnomada imperiyadagi
1905-1907 yillardagi siyosiy voqealarga sharh berilib, podshohlik 
Rossiyasining Turkistondagi mustamlakachilik va ruslashtirish 
siyosati fosh qilingan. Xitobnomada o ‘qiymiz: «Zolim hukumat 
zulmi ostida necha yillar ezilib yotgan rus ishchilari va dehqonlari 
so'nggi yillarda baxt-saodatga erishish uchun hukumatga yon bosish 
emas, aksincha unga qarshi kurashish zarurligini tushundilar. Ikki yil 
muqaddam barcha xalqlar tomonidan teng asosda vakillar saylanib, 
podshoh Nikolayga xalq ahvolini bayon qilishga kirishildi. Amaldor- 
lar va boylar tomonidan qoilab-quvvatlangan podshoh Nikolayga 
bu yoqmadi. Ammo xalq talabidan qo‘rqib, xalq vakillari y ig in in i 
chaqirishga majbur bo‘ldi. Xalqning tang boTgani va qashshoqligi- 
ning bosh sababi podshoh eng yaxshi yerlami o ‘zining yaqin amal­
dorlari va knyazlarga b o iib berib, butun Rossiya xalqlarini soliqlar 
yuki ostida ezib tashlaganidan edi. Aynan shu xalq yerdan ham, 
huquqdan ham mahrum b o ig a n i uchun xalq vakillari yigilishib, 
uni asoratdan va ochlikdan xalos qilish uchun yerni o ‘z mulki deb 
hisoblagan amaldorlar va knyazlardan uni tortib olib, haqiqiy x oiayin 
b o ig a n xalqqa b o i ib berishni talab qildilar... X alqning bunday ado- 
latli talabi podsho Nikolayga yoqmadi va u Dumani tarqatib yubordi. 
Ammo Duma tarqatilgan b o is a ham xalq tinchimadi va o ‘z maqsa- 
diga erishish uchun kurashni davom ettirdi. Shunda podsho Nikolay 
noiloj ikkinchi Dumani chaqirishga majbur b o id i. Ikkinchi Duma 
deputatlari ham huquqsiz va yersiz xalqqa yer va erk talab qildi. 
Nikolay nima qilishini bilmay xalq vakillariga vaziri Stolipin orqali 
quyidagi javobni yoiladi: «Agar kam bag'al va yersiz dehqonlarga 
yer kerak b o is a men ularga shunday yerni, pomeshchik va katta 
boylarnikidan tashqari, topib beraman. Mana, Turkiston oik asid a 
yerlar ko‘p, yerga muhtoj mujiklar o'sha yerga ko‘chib boraverishsin, 
men esa o ‘z tarafimdan bu ziroatchilarga yordam ko'rsataman». 
Vazirning so'zlarini eshitgan Turkiston vakillari o iin laridan turib 
e ’tiroz bildirdilar: «Ey, vatandosh birodarlar! Vaziming so‘zlari 
to‘g ‘ri emas, chunki Turkiston yerlariga jon ato qilishga butun 
kuch-quvvatlarini bagishlagan q irg izlar va sartlarga ham yer 
yetishmaydi». Shunda Dumada ishtirok qilayotgan rus va boshqa 
deputatlar «bechora turkistonliklarning yerlarini tortib olish, o'zla-
303
www.ziyouz.com kutubxonasi


riga ham yetishmayotgan yerdan mahrum qilish yaxshi ish emas», 
degan fikrga kelishdi. «Bizga pomeshchiklar qo‘l ostidagi o ‘zimizning 
yerlar kerak. Shuning uchun jaziram a Turkistonga q o ‘chib bormay shu 
joydagi 
o 'z
yerlarimizni olamiz», deyishdi. Deputatlaming bunday 
bayonotini eshitgan podshoh Nikolay jahli chiqib yana deputatlami 
haydab yubordi. Rus mujiklari esa Turkiston deputatlarining so‘z- 
larini eshitib, pomeshchiklaming yerlarini tortib olishga jiddiy 
kirishdilar.
Podsho endi uchinchi Dumani chaqirib, unga turkiston!ik vakil- 
lami kirish huquqidan mahrum qildi. Endi ular Rossiyaga o ‘z ah- 
volini bildirish imkoniyatini y o ‘qotdilar... Podshoh Nikolay Tur­
kistonda er kam, qirg‘iz va sartlarga ham yetishmasligini bilgani 
holda, buni rus deputatlari ham bilishini istamadi. Zolim podshoh 
yersiz dehqonlami aldab, Turkistonda yer ko‘p demoqda va ulami 
bu yerga joylashtirmoqda, uning amaldorlari zo‘rlik bilan qirg‘iz 
va sartlardan yerini tortib olib mujiklarga bermoqda... Hozirgi 
kunda bu yerga ko‘chib kelayotgan mujiklar zolim podshoh va 
uning amaldorlarining puch so‘zlariga ishonib, Turkistonning 
chinakam ahvolini bilmay, qirg'iz yerlariga joylashmoqda. Natijada 
ular bilan qirg'izlar o ‘rtasida qonli to ‘qnashuvlar sodir bo ‘lmoqda. 
Podshohning bu to ‘qnashuvlar haqida xabari bor, lekin bu hoi uni 
tashvishlantirayotgani y o ‘q, chunki bu to ‘qnashuvlar unga ham, 
pomeshchiklarga ham foydalidir. Chunki bechora sartlar va qirg'izlar 
bilan ersiz, huquqsiz va qashshoq mujiklar o ‘rtasidagi to'qnashuvlar 
ular o ‘rtasiga dushmanlik soladi, o ‘zaro kurashda hukumatga qarshi 
kurash uchun zam r kuchlar zaiflashadi. Podshoh Nikolay mujiklami 
Turkistonga ko'chirishda xuddi shu maqsadni ko ‘zlaydi. Ular bilan 
yerli xalq o ‘rtasida qonli to ‘qnashuvlar bo‘lishini istaydi... Musul­
monlar, agar Sizlar peshona teringiz bilan ishlanadigan erlaringizni 
q o id a n berishni istamasangiz, pomeshchiklaming yerlarini tortib 
olish uchun kurashayotgan ms dehqonlari va ishchilariga yordamga 
keling, b o ‘lmasa Nikolay podshoh o ‘z amaldorlari orqali barcha 
yerlaringizni tortib olib, mujiklarga taqsimlab beradi. Shunda so‘nggi 
pushaymonlaringiz o'zlaringizga dushman bo‘lib, sizlarga hech kim 
yordam berolmaydi. Shuning uchun sizlar boshqa millatlar bilan 
birgalashib podshoh hukumatiga qarshi kurashmog‘ingiz kerak. Bu 
kurashga zam r m ablag‘ va vositalami tayyorlang»1. Turkistondagi 
eserlar partiyasi 1908 yilda chiqargan bu xitobnomada tarixiy 
haqiqat o ‘z aksini topgan. Turkiston xalqlarining ota meros erlari ms
1 0 ‘zR M D A , 4 6 1 -ja m g ‘arm a, 1-ro‘yxat. 1988-ish, 141-143-varaqlar.
304
www.ziyouz.com kutubxonasi


kelgindilariga zo‘ravonlik bilan taqsimlab berilayotgani aniq dalillar 
asosida ko‘rsatilgan.
Chorizm turli yo‘llar va vositalar bilan mahalliy xalqning 
yerlarini rus mujiklari foydasiga musodara qilishga urindi. Yerga 
soliqlar miqdorini haddan tashqari oshirib yuborish ana shunday 
vositalardan biri b o ‘ldi. Natijada aholi o ‘z yerlarini sotishga yoki 
undan butkul voz kechishga majbur bo'ldi. Birgina M arg‘ilon 
tumanida shu tariqa o ‘zbeklaming 11,5 ming tanob yen musodara 
qilindi. Jalolquduq volostida esa solig‘ini to ‘lolmay eridan voz 
kechgan o ‘zbek dehqonlariga qarashli joyda 3 rus posyolkasi, 
Andijon tumanida 2, 0 ‘shda esa 1 posyolka barpo etildi. Shu tariqa
1906-1913 yillar mobaynida Turkistonda 116 rus posyolkasi qurildi. 
«Har bir rus posyolkasi,- deb yozgan edi Sirdaryo viloyati harbiy 
gubematori N. Grodekov, - ms qo‘shinlarining bir bataloniga teng 
harbiy salohiyatga egadir»1. 1912 yilga kelib, o'zbek tuprog‘ida 
barpo etilgan ras posyolkalari ikki kun davomida ras qo‘shinlari 
safiga 31 ming qurolli askar hozirlab berishga tayyor edi.
Podshohlik agrar siyosati 1916 yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘alo- 
nidan so‘ng ochiqdan-ochiq zo ‘ravonlik tusini oldi. General- 
gubemator A.N.Kuropatkinning buyrag‘ i bilan birgina Jizzax tumanida 
o'zbek dehqonlarining 1810 tanob yeri ras mujiklari foydasiga 
tortib olindi. Sankt-Peterburgning hukmdor doiralari Turkistonda 
«siyosiy nuqtai nazardan» raslardan katta yer egalari - plantatorlar, 
fermerlar xo‘jaliklarini tashkil etishni, nihoyat, «zarur ehtiyoj» 
deb hisoblagan holda o ‘lkada ras xususiy mulk egaligining ustivor 
bo'lishiga doir barcha chora-tadbirlami amalga oshirdilar. «Ikkinchi 
ras Turkistoni»ni yaratish g ‘oyasi podshohlik agrar siyosatining 
tugal maqsadiga aylandi. Paxta yakka hokimligini Turkiston qishloq 
xo'jaligida o ‘matish, Sankt-Peterburg hukmron doiralari fikricha, bu 
siyosat asosini tashkil qilishi kerak edi. O ik ag a qimmatga tushsa 
ham, Rossiyadan g ‘alla keltirish va o ‘lka xalqining ras doniga 
mutelik ehtiyojining doimiy tus olishini ta ’minlash, shuningdek, 
Turkiston dehqonlarini dalalarda nuqul g ‘o ‘za o ‘stirishga majbur 
etish - bu sohada ta’sirchan vositaligini Peterburg alohida uqtirdi va 
shu yo'nalishda izchil faoliyat ko‘rsatdi.
Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash lozimki, podsho huku- 
matining agrar siyosati va uning o ‘tkir tig‘i b o ig a n ko‘chiravchilik 
tadbirlari oxir-oqibatda o ‘lkada ruslami ko‘paytirishga olib keldi,


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish